O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Nazorat savollari: 
1 Yormabop donlarning tavsifi. 
2. Yorma ishlab chiqarish texnologiyasini un ishlab chiqarish bilan 
o`xshashligi. 
3 Yorma ishlab chiqarish texnologiyasini un ishlab chiqarishdan farqi.
10-ISH.BUG`DOY UNINING KLEYKOVINASINI ANIQLASH 
_______________________________________________________________ 
Asosiy tushuncha: Unning kuchini kleykovina miqdori va sifatiga qarab yoki 
undan tayyorlangan xamirning reologik xossalarini baholash yo`li bilan aniqlanadi. 
Bu maqsad uchun boshqa yo`llardan ham foydalanish mumkin (unning organik 
kislotalar eritmasida bo`kishi, sinov pishirishi va boshqalar). Amalda 
laboratoriyalarda unning kuchi kleykovinasining miqdori va sifatiga qarab 
aniqlanadi. 
Kleykovinaning miqdori va sifatini aniqlash uslublari standartda va 
laboratoriya ishlarini o`tkazish bo`yicha qo`llanmalarda to`liq yoritilgan. 
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish va o`quv laboratoriyada kleykovinaning 
miqdori va sifati GOST 27839-89 bo`yicha aniqlanadi. 
Unning kuchini nafaqat kleykovinaning miqdoriga, balki uning sifatiga ham 
bog`liqligi oldin bayon etilgan edi. Bu ikki ko`rsatkichni birlashtirish maqsadida 
bir qator mamlakatlarda kleykovinaning kompleks ko`rsatkichidan foydalaniladi. 
Ko`rsatkich ho`l yoki quruq kleykovinaning miqdori va ma`lum asboblarda 
aniqlangan kleykovinaning sifat ko`rsatkichini birlashtiradi. Asboblar sifatida 
IDK-1, avtomatlashtirilgan penetrometrlar va boshqalar qo`llaniladi. Bu 
ko`rsatkichlarning biri bonitatsion son (bonitatsionnoe chislo (qisqacha BCh) deb 
nomlangan. Eng yuqori kleykovinaning miqdori 50 ball bilan, eng kuchli (yuqori 


176 
sifatli) kleykovina sifati ham 50 ball bilan baholanadi. Demak, kleykovina miqdori 
va sifatini baholash uchun eng yuqori baho 100 balni tashkil qiladi. Demak, 
kompleks ko`rsatkichning (BCh) bahosi qanchalik 100 balga yaqin bo`lsa, 
shunchalik bug`doy uni kuchli hisoblanadi.
Kleykovina kompleks ko`rsatkichini aniqlash laboratoriya ishlarini o`tkazish 
bo`yicha qo`llanmalarda to`liq keltirilgan. 
Xamirning reologik xossalarini aniqlash usullari bir vaqtning o`zida un 
kuchini aniqlovchi uslublar hisoblanadi. 
Xamir reologik xossalarini aniqlash uchun bir qator uslublar va asboblardan 
foydalaniladi(18.1-rasm).
Bulardan eng oddiysi xamir sharchasi yoyilishi darajasini aniqlash uslubi 
hisoblanadi. Uslubga ko`ra xamirning belgilangan namligida 30°S haroratda 60, 
120, 180 minut davomida sharchaning yoyilish darajasi aniqlanadi. Buning uchun 
xamir sharchasining o`rtacha diametrlari - boshlang`ich (D
0
), 60 minutdan keyin 
(D
60
), 120 minutdan keyin (D
120
) va 180 minutdan keyin (D
180
) o`lchanadi va mm 
larda ifodalanadi. Bu o`lchamlar qanchalik kichik bo`lsa, yoyilishi darajasi past 
bo`lib, un shunchalik kuchli hisoblanadi. 

Download 5,15 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish