• Ishdan maqsad
  • Ishni bajarish tartibi
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    8.1-jadval 
    Don toifalari 
    Dondagi ho`l kleykovinaning miqdori, % 
    Yuqori kleykovinali don 
    30 dan yuqori 
    O`rtacha miqdordagi kleykovinali don 
    26…29,9 
    O`rtacha va past miqdordagi kleykovinali don 
    20…25,9 
    Past miqdordagi kleykovinali don 
    20 dan past 
    Ho`l kleykovinaning sifati elastik xususiyatlari bilan baholanadi. Standartda 
    kuzda tutilmagan, ammo amalda kleykovinaning suv yutish imkoniyati va rangi 
    (ochiq, kul rang, qoramtir) aniqlanadi. 
    Ishdan maqsad: Kleykovina miqdori va sifatini aniqlash uslubini o`rganish 
    va bug`doy doni sifatiga baho berish. 
    Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: Texnik tarozi; laboratoriya tegirmoni
    IDK-1 asbobi; o`lchov silindiri; №067 metall simli elak. №38 elak; termometr. 
    Ishni bajarish tartibi: Bug`doy donidan 30-50 g o`lchab olinadi va keraksiz 
    aralashmalardan tozalanadi. Laboratoriya tegirmonida maydalanadi. Maydalashda 
    shunga e`tibor berish kerakki, uni №067 elakdan o`tkazganimizda qoldiq 2% dan 
    oshmasligi va №38 kapron elakdan o`tkazilganda 40 % dan kam bo`lmasligi kerak.
    Maydalangan dondan 25g texnik tarozida o`lchab olinadi va kosachaga 
    joylashtirilib. ustiga 14 ml suv quyiladi (18±2ºS). So`ng xamir qo`lda qoriladi.
    Qorilgan xamir yumaloq shaklga keltiriladi, so`ng 20 daqiqaga tindirishga 
    qo`yiladi. Tindirish davomida don tarkibidagi oqsillar suvni o`ziga yutib, bo`kadi. 
    Vaqt o`tgach, xamir jildirab turgan suv oqimida yoki tog`arachada yuviladi. 
    Bunda don qobig`i qismlari, kraxmal va suvda eriydigan boshqa moddalar yuviladi 
    va yopishqoq kleykovina qoladi. Yuvilgan kleykovina kaftda siqiladi, vaqti-vaqti 
    bilan quruq sochiqda artiladi. Siqilgan kleykovinani tarozida o`lchanadi va yana bir 
    bor 2-3 minut davomida yuviladi, yana siqiladi va tarozida tortiladi. 
    Ikki o`lcham orasidagi farq 0,1g dan oshmasligi kerak. Kleykovina miqdori 
    olingan namunaga nisbatan foizda ifodalanadi. Kleykovinaning sifati IDK-1 asbobi 
    bilan aniqlanadi. Buning uchun yuvilgan kleykovinadan 4g o`lchab olinadi, 
    sharsimon qilib yumaloqlanadi va suvli idishga 15 daqiqaga suvga solib qo`yiladi. 


    178 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish