185
18
0
S bo`lishi kerak. Bijg`itish tugashi bilan sharbat boshqa idishlarga o`tkaziladi.
Tayyor sharob shampan korxonasiga yuboriladi.
Mevalardan olinadigan sharob meva sharbatini achitqi qo`shib bijg`itish yo`li
bilan tayyorlanadi, bunda talabga qarab suv va qand qo`shiladi. Bijg`itishda sharob
tarkibida 5,5% gacha spirt hosil bo`ladi. Sharobning kuchi etil spirti qo`shish yo`li
bilan oshiriladi.
Ishdan maqsad: Sharob ishlab chiqarishda uzumning yetilganligi,
shu uzum
navini qanday tipdagi sharob olish uchun ishlatish mumkinligini aniqlash.
Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: laboratoriya iskanjasi, (press)
refraktometr, areometr,
stakanlar, o`lchov silindri,
texnik tarozi, 100 ml hajmdagi
konussimon kolba.
Nazariy tushunchalar: Uzum sharbatidan olingan sharoblarning sifati sharob
olish uchun qayta ishlangan uzumning yetilganlik darajasiga bog`liq.
Tayyorlash
texnologiyasiga binoan har bir sharob turi uzumni yetilganlik darajasiga kimyoviy
tarkibiga o`ziga xos bo`lgan talablarni qo`yadi.
Uzumning yetilganlik darajasi sharbat tarkibilagi qand miqdori va titrlangan
kislotalilikni ma`lum nisbatlari bilan ifodalanadi.
Ishlab chiqariladigan sharob turi va markasi uchun
texnologik instruksiyada
uzumning optimal konditsiyalari shartli belgilangan bo`ladi. Masalan, nordon va
shampan xom sharoblari uchun uzum tarkibidagi qand miqdori 17-20% va
titrlangan kislotalik 8-11 g/l ga, desert sharoblar uchun esa uzum tarkibidagi qand
miqdori 26% dan kam bo`lmasligi kerak.