189
halqalar kiydiriladi. Tarozi shayni o`ng tomoniga yukli o`lchagich, chap
tomoniga esa tarozi toshlari uchun mo`ljallangan palla osiladi.
Maxsus
yukli
o`lchagich
va
pallaning
bir -biri
bilan
muvozanatlashuvi
tekshiriladi. Agar nomuvozanat holat kuzatilsa,
purka ishga yaroqsiz deb
topiladi.
O`lchagichdan yuk chiqarib olinadi va qutining ustida maxsus
mo`ljallangan moslamaga o`rnatiladi. Uning
tirqichiga raqamli tomonini
yuqoriga qilib, pichoq tiqib qo`yiladi. O`lc hagichga to`ldirgich (2)
kiydiriladi. Voronkali silindrga (1) ehtiyotlik bilan tekis oqimda don
solinadi. Don silindrning ichidagi maxsus chiziqqacha solinadi.
Agar silindrning ichida maxsus chiziq bo`lmasa,
bunday vaziyatda
arpa uning ustki qirrasidan bir santimetr masofa qolgunga qadar solinadi.
Agar voronka qismlariga ajraluvchan bo`lsa, u bilan silindr berkitilib,
ag`dariladi
va voronkasi pastga qaratilib, to`ldirgich ustiga o`rnatiladi.
Voronkali silindr to`ldirgish silindri ustiga o`rnatilgandan so`ng ,
voronkaning to`sgichi barmoq bilan oxista bosib ochiladi. Arpa
to`ldirgichning ichiga to`kilib bo`lgandan keyin voronkali silindr
chiqarib olinadi.