169
Puch donlar yetilishi davomida noqulay sharoitda, masalan qurg`oqchilik
natijasida hosil bo`ladi. Puch donlar doni qayta ishlash davomida mahsulot
chiqishini kamaytiradi.
Sovuq urgan donlar - bunday donlar yashil, burishgan, oqimtir,
deformatsiyalangan yoki to`q rangda bo`ladi.
Sovuq urgan donlar saqlashga chidamsiz bo`lib, tayyor mahsulot chiqishini va
sifatini pasaytiradi.
Yetilmagan donlar - yetilish jarayoni tugallanmagan asosiy o`simlikning
yashil rangli donlaridir. Bunday donlar asosan o`simlik notekis rivojlanayotgan
dalalarda hosil bo`ladi. Bunday donlar qobiqlarida hali xlorofill bo`lib, tarkibida
esa katta miqdorda suvda eriydigan moddalar va fermentlar faol holda bo`ladi.
Yashil donlar yoki xom donlar saqlashga chidamsiz, ishlab chiqarishda esa
unboblik sifatini pasaytiradi hamda nonvoylik xossalariga salbiy ta`sir etadi. Shuni
e`tiborga olish kerakki, ko`pgina javdar navlari, chechevitsa, soya va goroxning
navlari yashil rangli bo`ladi. Bunday donlar to`la yetilgan bo`lib, xom, yetilmagan
yashil donlardan farq qiladi.
Ezilgan donlar - bunday donlar mexanik shikastlanish natijasida hosil
bo`ladi.
Ezilgan donlar hasharotlar uchun oziqa, mikroorganizmlar rivojlanishi uchun
qulay sharoit bo`lib, tayyor mahsulot chiqishini kamaytiradi.
Boshqa donlar - donli aralashmaning bu fraksiyasiga kimyoviy tarkibi va
ishlatilishiga ko`ra bir-biriga yaqin donlar kiritilgan. Masalan: bug`doy tarkibidagi
aralashmalarni aniqlayotganda ―boshqa donlar fraksiyasiga javdar, arpa, polba
kiritiladi.