). Murakkab texnik modellashtirish




Download 9.08 Mb.
bet50/71
Sana24.02.2023
Hajmi9.08 Mb.
#43395
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
4). Murakkab texnik modellashtirish.
Detallarni parallel va konussimon kengaytirish. Detallarn parallel kengaytirish buyumning butun uzunasi bo‘ylab taxlamala bo‘lgan vaqtda amalga oshirish mumkin. Buning uchun aso chizmasiga taxlama o‘tadigan chiziqlar belgilanadi. Bu chiziqla qirqilib, taxlama sarfiga suriladi. Agar taxlama bir tomonlama bo‘lsa,
ikkita taxlama miqdoriga, ro‘para taxlama bo‘lsa, to‘rtta taxlam miqdoriga suriladi (35-rasm, a).
Detallarni konussimon kengaytirish kiyim razmerlarini o‘zgartirishd ishlatilishi mumkin. Yoki burmalar bo‘lsa, bunday kengaytirish usulidan foydalanish mumkin 35-rasm, b).

35-rasm. Detallarni parallel va konussimon kengaytirish.

36-rasm. Koketkalar hosil qilish.
Koketkalar hosil qilish. Ko‘krak vitachkasi o‘rnini turli shakldagi koketkalar bilan ham almashtirish mumkin. Masalan, yelka chizig‘iga parallel bo‘lgan koketkani hosil qilish uchun ko‘kra vitochkasini berkitib, yelka chizig‘iga parallel chiziq o‘tkaziladi va qirqiladi. Koketka qismida burmalarning joylashish joyini kertimlar
bilan belgilab qo‘yish kerak (37-rasm, a). Ayrim hollarda murakkab
koketkalar, ya’ni old bo‘lak bilan yaxlit bo‘lgan qirqimlar ostida ham mayda burmalar hosil qilish mumkin (37-rasm, b). Burmalar. Bluzkaning bo‘yin o‘yindisi chuqurligini chizib olinadi. Uning uchini vitochka uchi bilan birlashtirilib, so‘ngra
qirqiladi. Vitochkaning yangi holati ochilib, yuqori qismida burma qilish uchun bo‘yin o‘yindisi qirqimi tomonidan burma miqdorini modelga qarab belgilab qo‘yiladi (38-rasm).
Тaxlama hosil qilish. Ko‘krak vitochkasi o‘rnida mayda taxlama hosil qilish uchun yelka chizig‘ida vitochka tomonlaridan o‘ngga va chapga 2—3 sm masofada nuqta belgilanadi. Bu nuqtadan ko‘krak uchi tomon vitochka tomonlariga parallel ravishda model chiziqlari kiritiladi va uch qismi rasmdagidek holatda chiziladi (38-rasm, a).
Chiziq bo‘ylab qirqiladi va qirqilgan vitochka tomonlari bir xil miqdorga suriladi. Yelka qismidan old bo‘lak tomon 2 ta yoki 3 ta mayda taxlama hosil qilish mumkin (38-rasm, b, d).

37-rasm. Burmalar hosil qilish.
Parallel vertikal taxlamalar ko‘pincha ko‘krak nuqtalari ustida joylashtiriladi. Ular old bo‘lakni bezab turadi. Bunday taxlamalarning har birini asosi bo‘yicha butun bo‘yi bo‘ylab bezak baxyaqator berib mahkamlanadi. Ko‘krak vitochkasi oxirigi taxlama bilan birgalikda tikiladi. So‘ngra bu taxlamalarni yeng o‘mizi tomonga
qaratib dazmollanadi va old bo‘lakni andoza bo‘yicha yana bir karra tekshirib chiqiladi.

38-rasm. Mayda taxlama hosil qilish.

39-rasm. Bezak taxlama hosil qilish.
Mazkur modeldagi buyum andozasini hosil qilish uchun 39-rasmda ko‘rsatilgandek model chiziqlarini asos chizmasiga kiritiladi. Yelka chizig‘ida bo‘yin o‘mizidan 1 sm masofa tashlab vertikal chiziq o‘tkaziladi. Keyingi model chiziqlari bu nuqtadan taxlama kengligiga qarab belgilanadi. Hozirgi holatimizda u 2 sm ga teng. Ko‘krak vitochkasi uchini oxirgi taxlama chizig‘iga birlashtirib qo‘yiladi. Andaza detallarini nomerlab chiqishni unutmaslik kerak. Chizilgan
model chiziqlari bo‘ylab qirqiladi va har bir detal taxlama chuqurligi qiymatiga mos ravishda suriladi (bunda taxlama chuqurligi qiymati taxlama kengligidan ikki baravar katta bo‘ladi). Andazaning o‘rta markaziy chizig‘iga taqilma qiymati qo‘shiladi (39-rasm).

Download 9.08 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Download 9.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



). Murakkab texnik modellashtirish

Download 9.08 Mb.