). Ayollar bluzkasini ko’krak vitochkasini joyini o’zgartirish




Download 9.08 Mb.
bet49/71
Sana24.02.2023
Hajmi9.08 Mb.
#43395
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
3). Ayollar bluzkasini ko’krak vitochkasini joyini o’zgartirish.
Ko‘krak vitochkasini ko‘chirish qoidasi. Ko‘ylak fasoniga binoan ko‘krak vitochkasi detalning istalgan qirqimida bo‘lishi mumkin. Bu vitochkani ko‘krak chizig‘i bo‘ylab old bo‘lak o‘rtasi, yeng o‘mizi qirqimi, yoqa o‘mizi qirqimi, yon qirqimi tomon va hokazo yo‘naltirish mumkin.
Vitochkani fasonga muvofiq, yangi holatga ko‘chirish uchun vitochkaning ko‘chirilish chizig‘i o‘tkazilishi kerak. Bu chiziq doim ko‘krak vitochkaning uchidan, ya’ni ko‘krak markazi bilan vitochka ko‘chiriladigan qirqimdagi nuqtadan o‘tishi kerak. Old bo‘lak andazasining shabloni belgi chiziq buylab qirqiladida,
ko‘krak vitochkasi yopiladigan qilib suriladi. Vitochka tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘naladi. Qirqilgan chiziq bo‘ylab xuddi asosiy vitochka kengligiga teng yangi vitochka hosil bo‘ladi.
Bu vitochka birmuncha kalta yoki uzun bo‘lishi mumkin, lekin bu vitochka xuddi asosiy vitochka hosil qilganidek, hajm hosil qiladi. Ko‘krak vitochkasini yon qirqim chizig‘iga ko‘chirish. Yon qirqim chizig‘ida nuqta belgalab olinadi. Nuqtaning o‘rni yon chiziqning belgacha bo‘lgan uzunligining taxminan 1/3 qismida belgilanadi. Bu nuqtani ko‘krak vitochka uchi bilan birlashtirib,
yangi vitochka chizig‘i o‘tkaziladi (30-rasm, a). Shu belgilangan chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi. Ko‘krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to‘g‘ri keltirib berkitiladi va yelim surtiladi

30-rasm. Vitochka chizig’ini o’tkazish.

30-rasm. Ko’krak vitochkasini yon qirqimga ko’chirish.
yoki to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘nab qo‘yiladi. Yangi vitochkaning uchi markazdan
3—5 sm yon tomon suriladi. Bu yangi vitochkaning uchi bo‘ladi. Bu uchini vitochkaning qirqimlari bilan tekis qilib
tutashtiriladi. Shuningdek, vitachkani yon qirqimning istalgan eriga
ham ko‘chirish mumkin (52-rasm, b).
Ko‘krak vitochkasini bel chizig‘iga ko‘chirish. Asos chizmasidagi bel vitochkasi qirqib olinadi. Bel vitochkaning uchi ko‘krak vitochkasining uchi bilan tutashtiriladi. Shu tutashtirilgan chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi. Ko‘krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab berkitiladi. Model bo‘yicha bel vitochkasi tikiladigan bo‘lsa, u holda, vitochkaning uchi 3—5 smga qisqartiriladi
(33-rasm).



32-rasm. Ko‘krak vitochkasini bel chizig‘iga ko‘chirish.

33-rasm.Ko’krak vitochkasini bo’yin o’mizi chizig’iga ko’chirish.

Ko‘krak vitochkasini old bo‘lak bo‘yin o‘mizi chizig‘iga ko‘chirish. Vitochka bo‘yin o‘mizi chizig‘ining istalgan joyiga ko‘chirilishi mumkin. Buning uchun old bo‘lak bo‘yin o‘mizi chizig‘ida nuqta belgilab olamiz. Shu nuqta bilan ko‘krak vitochkasi uchi tutashtiriladi.


Shu chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi (34-rasm). Ko‘krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi. Ko‘krak vitochkani old bo‘lak yoqa o‘miziga ikki qismga bo‘lib ko‘chirsa ham bo‘ladi. Bunda vitochkani ko‘chirish uchun ikkita chiziq o‘tkaziladi. Vitochkani uchigacha, old bo‘lak bo‘yin o‘mizi bo‘ylab ochiq mayda taxlama hosil qilish ham mumkin. Ko‘krak vitochkasini yeng o‘mizi chizig‘iga ko‘chirish. Vitochkani boshlanish nuqtasi topiladi. Yeng o‘mizi chizig‘ida belgilangan nuqta ko‘krak vitochkasi uchi bilan birlashtiriladi. Shu chiziq bo‘ylab qirqma hosil qilinadi. Ko‘krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi.

34-rasm. Ko’krak vitochkasini old bo’lak o’rta chizig’iga ko’chirish.
Ko‘krak vitochkasini old bo‘lak o‘rta chizig‘iga ko‘chirish. Ko‘chiriladigan vitochka chizig‘i belgilanadi (34-rasm). Birinchi chiziq ko‘krak vitochka uchidan, ikkinchisi beldagi vitochka uchidan o‘tadi. Ikkala chiziq ham simmetriya chizig‘iga perpendikulyar o‘tkaziladi. Belgilangan chiziqlar bo‘ylab qirqma hosil qilib, ko‘krak va beldagi vitochkalar berkitiladi, yangi vitochka ochiladi. Hosil qilingan vitochkalar odatda tikilmaydi. Yangi vitochkalarning kengligi o‘rta chiziq bo‘ylab burma hosil qilishga yoki mayda taxlamalar hosil qilishga ketadi. Ko‘krak vitochkasini istalgan chiziqlarga ko‘chirib modellar hosil qilinadi. (4-ilova).

Download 9.08 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Download 9.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



). Ayollar bluzkasini ko’krak vitochkasini joyini o’zgartirish

Download 9.08 Mb.