• ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI
  • 1). Ayollar kiyimlarining tavsifi.
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 9.08 Mb.
    bet47/71
    Sana24.02.2023
    Hajmi9.08 Mb.
    #43395
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
    Bog'liq
    a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
    Методичка 1й курс, Besh tashabbus, ish reja yangi matematika tug\'risi, Mexatronika fani haiqda umumiy ma’lumot. Mexatronikaning maqsad -fayllar.org, 2-Mavzu. Mexatronika va robototexnika asoslari haqida tushunchal, Mexatronika va mikrokontrollerlar haqida, Mexatronika va robotlarn-kompy.info, X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar, Amaliy mashg’ulot №1 avtomatlashtirilgan zamonaviy mexatronika v, 1-Doiraviy elastik sterjenning buralma tebranishi masalasi, Parametric Random Excitation of a Damped Mathieu Oscillator, 5-son aniq-2021 (2)
    Topshiriqlar va mustaqil ish:
    Quyidagi “Ayollar belli kiyimlarning tavsifi; Ayollar to’g’ri bichimli yubkalarni loyihalash va modellashtirish.” mavzularini konspekt yozib o’qib o’rganish.
    Qo’shimcha adabiyotlar va boshqa manbalar:
    1. Abdullayeva Q.M., Majidova D. Liboslar davr ruhini ifodalaydi //J. Pedagogik mahorat. — Т.: 2003. — №1. 92—93 b.
    2. Abdullayeva Q.M., Nigmatova F.U., Gaiрova N.S. Тikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Тoshkent, ТDPU. 2007-yil, 240 b.
    3. G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Тoshkent. O‘qituvchi. 1990-yil.
    4. A.P.Rogova. „Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari“. Тoshkent. O'qituvchi. 1988 yil.
    5. А.П.Шершнева. „Основы конструирования женской и детской одежды“. Москва. Легпромбытиздат. 1982 г.
    ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI
    1. www. tdpu. uz
    2. www. pedagog. uz
    3. www. Ziyonet. Uz
    4. www. Kitob.uz
    5. www.yandex.uz
    6. www. edu. uz
    7. tdpu-INTRANET. Ped
    8. www.legprominfo.ru


    7-modul.
    7.Mavzu: Ayollar yelkali kiyimlari tavsifi. Ayollar bluzkasi
    va o’tkazma yengni loyihalash va texnik modellash.
    Reja:
    1). Ayollar kiyimlarining tavsifi.
    2). Ayollar bluzkasini loyihalash.
    3). Ayollar bluzkasini ko’krak vitochkasini joyini o’zgartirish.
    4). Murakkab texnik modellashtirish.
    1). Ayollar kiyimlarining tavsifi.
    Ayollar kiyimlari assortimentiga: ko‘ylaklar, ko‘ylak-xalat, ko‘ylak-palto, ko‘ylak-kostyum, sarafan, tunika, bluzka, bluzkajemper, bluzka-batnik, jilet, jaket, ko‘ylak-kombinezon, kombinezon, shimli kostyum, shim, yubka, yubka-shimlar va hokazolar kiradi.
    Ko‘ylaklar kiyilishiga qarab yelkali kiyimlar turiga kiradi. Ular yaxlit, bel, qismidan, bo‘ksa va ko‘krak qismlaridan qirqma bo‘lishi yengli yoki yengsiz, yoqali yoki yoqasiz xolatda uchrashi mumkin. Ko‘ylaklar kashtalar, burmalar, to‘rlar, tugmalar, tasmalar, taxlamalar va boshqa xil bezaklar bilan bezatilishi mumkin. Ularni turli xil: iр tolali, shoyi, jun, zig‘ir, tolali hamda sun’iy va sintetik tolali gazlamalardan tikish mumkin. Ko‘ylaklarga gazlama tanlashda kiyimning nimaga mo‘ljallanganligiga hamda fasliga qarab e’tibor berish kerak, ya’ni kiyimni uylik, kundalik, bashang kiyim ekanligini unutmaslik lozim. Uylik kiyimlar arzon iр tolali gazlamalardan tikilgani ma’qul bo‘lib, ular keng qulay bo‘lishi bezaklari me’yorida ishlatilishi kerak. Kundalik kiyimlar yoz oylarida yengil yupqa gazlamalardan yorqin rangda yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qish oylarida esa yumshoq, zich to‘qilgan jun tolali sidirg‘a yoki katak yo‘lli, mayda gulli gazlamalardan turli xil fasonlarda uzun yengli yoqali yoki bo‘yin o‘yindisini yopiq qilib yoqasiz tikish mumkin. Bashang kiyimlar chiroyli zarli gulli yoki sidirg‘a gazlamalardan tayyorlanishi mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlarda bo‘lishi hamda ularga chiroyli bezaklar: kashtalar, burmalar, mayda
    taxlamalar sun’iy gullar belbog‘lar ishlatib tikish mumkin. Ko‘ylak fasonlarini tanlashda gazlamaning xususiyatlariga, odam gavdasining tuzilishiga hamda kiyimning vazifasiga qaraladi.
    Yubka, shim, yubka-shim belli kiyimlar turiga kirib ular fasoni bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Ular qanday maqsadda kiyilishiga qarab ularni kostyum bilan va kostyumsiz kiyiladigan turiga ajratish mumkin. Yubkalar to‘g‘ri, etagi kengaygan, bo‘lakli klyoshli qilib tikilishi mumkin. Ular zich to‘qilgan qalin jun gazlamalardan tabiiy va sun’iy tolali sidirg‘a yoki gulli gazlamalardan tayyorlash mumkin.
    Yubka, shim fasonlarini tanlashda gazlamalarning xususiyatiga, kiyimning vazifasiga, mavsumiga va albatta odam gavdasiga e’tibor berish kerak.

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




    Download 9.08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 9.08 Mb.