• 60-mavzu: Janubiy Afrika Respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))
  • 62-mavzu: Okeaniya mamlakatlari. Yangi Zelandiya (1 soat (A2+: 2 soat))
  • 64-mavzu: Amerika Q o‘shma Shtatlari (1 soat (A2+: 2 soat))
  • 66-mavzu: Kanada. Nazorat ishi 1 soat (A2+: 3 soat))
  • 68-mavzu: Umumlashtiruvchi takrorlash (1-soat) Mavzularni o‘rganish uchun- 68 soat (A2+: 102 soat)) O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar
  • Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: A2
  • Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A2
  • O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A2
  • Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2
  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2
  • O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari
  • Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi
  • Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi
  • Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi
  • T / r F.I.Sh Ish joyi va lovozimi
  • Ekspert guruhi a’zolari : T /
  • @ustozlar_uchun +99890 300 02 21 @rishton7
  • -mavzu: Xo‘jaligining ixtisoslashuvi, joylashuvi va hududiy tafovutlari




    Download 0.79 Mb.
    bet10/10
    Sana31.12.2019
    Hajmi0.79 Mb.
    #6702
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    59-mavzu: Xo‘jaligining ixtisoslashuvi, joylashuvi va hududiy tafovutlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Afrikaning dunyo xo‘jaligida tutgan o‘rni. Afrikaning jahon tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi ahamiyati. Sanoatning boshqa tarmoqlari. Afrika mamlakatlarida ishlab chiqarish joylashuvining o‘ziga xosligi. Afrika mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi jihatidan 3ta iqtisodiy mintaqaga bo‘linishi: JAR, O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlar va Tropik Afrika.



    60-mavzu: Janubiy Afrika Respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Davlat tuzumi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi. Xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan sohalari.



    61-mavzu: Avstraliya Ittifoqi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Avstraliya Ittifoqi. Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy tizimi. Tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. Aholisi. Xo‘jalik rivojlanishining asosiy xususiyatlari. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Chorvachilik.



    62-mavzu: Okeaniya mamlakatlari. Yangi Zelandiya (1 soat (A2+: 2 soat))

    Okeaniya mintaqalari va mamlakatlari. Yangi Zelandiyaga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif.



    63-mavzu: Amerika davlatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy geografik bosqichlar, Shimoliy va Lotin Amerika mintaqalari, ularning subregionlari (Markaziy Amerika, Karib xavzasi, Janubiy Amerika).



    64-mavzu: Amerika Qo‘shma Shtatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Maydoni, chegaralari, geografik joylanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Urbanizatsiya darajasi, shaharlari.



    65-mavzu: AQSh xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti va transport magistrallari. AQSh regionlari.



    66-mavzu: Kanada. Nazorat ishi 1 soat (A2+: 3 soat))

    Maydoni, chegaralari, geografik joylanishi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi joylanishidagi tafovutlar. Sanoati va qishloq xo‘jaligi. Ichki tafovutlar



    67-mavzu: Braziliya (1 soat (A2+: 2 soat))

    Maydoni, chegaralari, geografik joylanishi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi joylanishidagi tafovutlar. Sanoati va qishloq xo‘jaligi. Ichki tafovutlar.



    68-mavzu: Umumlashtiruvchi takrorlash (1-soat)
    Mavzularni o‘rganish uchun- 68 soat (A2+: 102 soat))
    O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
    Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

    A2

    Jahonning yirik mintaqalari, Osiyo, va dunyodagi yirik davlatlarning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisini (aholining tabiiy o‘sishi, migratsiyasi, urbanizatsiya darajasini kuzatadi, aniqlaydi), jahon iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘rin va jihatlari haqida tushunadi va tushuntira oladi.



    A2+

    aholining tabiiy o‘sishi, migratsiyasi, urbanizatsiya darajasianiqlashga doir amaliy topshiriqlarni mustaqil yecha oladi.



    Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

    A2

    mintaqa, subregionlar va ulardagi davlatlarning, ularning poytaxtlari, eng yirik shaharlari, muhim suv ob’ektlari, sanoat rayonlari va boshqa geografik ob’ektlarning nomlarini to‘g‘ri aytib yoza oladi.



    A2+

    Davlatlardagi ayrim joy nomlarini toponimi haqida ayta oladi.



    Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

    A2

    Dunyoning siyosiy xaritasidan mamlakatlar, shaharlarning geografik o‘rnini aniqlaydi va unga doir amaliy topshiriqlarni bajara oladi.



    A2+

    umumiqtisodiy xaritalar yordamida mintaqalar va davlatlar xo‘jaligining tarkibi va joylashuvi haqida ma’lumotlar to‘playdi va tahlil qila oladi.


    Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

    A2

    o‘quvchi mintaqa va dunyo mamlakatlaridagi tabiatni muhofaza qilish va dolzarb ekologik muammolar ularni bartaraf etish bo‘yicha xorijiy tajribalar haqida ma’lumotlarni tahlil qiladi va maktab, mahallasida o‘tkaziladigan tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzularidagi tadbirlarda ishtirok etadi va o‘z takliflarini bera oladi.



    A2+

    Respublika miqyosida o‘tkaziladigan tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzularidagi tadbirlarda ishtirok etadi va o‘z takliflarini bera oladi.


    O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:

    Kommunikativ kompetensiya:

    A2

    o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta oladi, o‘z fkirlarini guruhlarda ijodiy tarzda ifoda eta oladi.



    A2+

    mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta oladi, guruhlarda lidirlik qila odadi, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda ayta oladi va yozadi.

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

    A2

    turli geografik adabiyotlardan, xarita va atlaslardan samarali foydalanib ular asosida axborotlarni tayyorlaydi, Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topib ularni tahlil qiladi, kundalik ma’lumotlardan jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay oladi.



    A2+

    Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar asosida jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topib ko‘rsata oladi.



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    A2

    ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay oladi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib boradi.



    A2+

    maktabda, mahallada siyosiy, madaniy, ekologiya mavzulari bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etib o‘z fikrini ayta oladi.



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

    A2

    dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qila oladi, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni bera oladi, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intiladi, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qila oladi.



    A2+ dolzarb global, regional va mahalliy muammolarda o‘z fikri bilan qatnasha oladi.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya:

    A2

    Vatani, oilasi, mahallasining tarixini biladi, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi.



    A2+

    Vatani, oilasi, mahallasining tarixini biladi va bugungi kun bilan taqqoslay oladi; tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.



    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

    A2

    statistik ko‘rsatkichlar asosida jadval, diagramma va grafiklarni tuza oladi, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘ladi va ayta oladi.



    A2+

    fan-texnika yutuqlarini muhimligini tushunib yetadi va tahlil qila oladi, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza oladi.


    O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar elementlari:

    Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

    A2

    Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini anglaydi, tushunadi va tushuntira oladi;

    tabiiy hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, termometr, barometr, flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi;

    materiklar, okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va o‘zaro taqqoslay oladi;

    Yer yuzi tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik omil va qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi;

    jahon xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan mamlakatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi;

    aholi va ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi;

    aholi dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya va aholi migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi;

    dunyoning siyosiy xaritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi;

    geografik bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarga doir amaliy topshiriqlarni yecha oladi.

    A2+

    Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlarida kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini biladi, tushunadi, tushuntira oladi va misollar bilan o‘z o‘lkasi tabiatida namoyon bo‘lish holatlarini tavsiflay oladi;

    tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini (harorat, yog‘in miqdori, aholi soni va hokazolarni) tasvirlovchi grafiklarni tuza oladi;

    statistik ma’lumotlardan foydalanib, jadval va diagrammalarni tuza oladi va ularni tahlil qila oladi;

    turli ma’lumot manbalaridan foydalangan holda hududlarning kompleks tavsifini mustaqil ravishda tuza oladi;

    ishlab chiqarish tarmoq va korxonalarini hududiy tashkil etish omil va qonuniyatlarini ayta oladi, alohida tarmoq yoki korxonalar misolida ularni izohlay oladi.

    Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

    A2

    Materiklar, qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik ob’ektlar nomlarida aks etganligini ayta oladi;

    tabiiy geografik o‘lkalar, davlatlar, poytaxt va yirik shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi;

    geografik xaritalarda shahar, shaharcha va qishloqlarning yozilish qoidalaridagi farqini ayta oladi va amaliyotda qo‘llaydi.

    A2+

    Davlatlar, ularning poytaxti va yirik shaharlari, O‘zbekistondagi ayrim tuman va shaharlar, tabiiy geografik ob’ektlarning tarixda turli nomlanganligini, geografik ob’ektlarning qayta nomlanish holatlarini misollar bilan izohlay oladi;

    geografik ob’ektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, o‘zi yashaydigan joy (hudud)ning toponimikasini ayta oladi.

    Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

    A2

    Globus va geografik xaritalar, o‘quv atlaslari masshtabi, daraja to‘ri (meridian va parallellar) yordamida geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini hamda o‘lchamlarini aniqlay oladi;

    joy tuzilishi va topografik xaritalardan milliy iqtisodiyotning turli sohalarida, joylarda yo‘nalish olish, relyefni o‘rganish maqsadlarida foydalana oladi;

    mavzuli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar yordamida hududlarning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi va xo‘jaligini tavsiflay oladi;

    o‘quv atlasi yordamida yozuvsiz xaritalarga materiklar va okeanlar, davlatlarning siyosiy, tabiiy (iqlim, tabiat zonalari va b.), iqtisodiy-ijtimoiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi va b.) xaritalarini tushira oladi.

    A2+

    xaritalarda qo‘shimcha ma’lumot sifatida berilgan jadval, diagramma va grafiklar bilan ishlay oladi;

    kartografik andozalarni meridian va parallellarning ko‘rinishidan ajrata oladi;

    geografik xaritalardan foydalanib hududlarning kompleks geografik profillarini tuza oladi.

    Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

    A2

    tabiatdan oqilona foydalanish, insonning tabiatga ta’siri, global va mintaqaviy ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini biladi va misollar bilan tushuntira oladi;

    tabiiy resurslarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ayta oladi;

    materiklar, turli mamlakatlar, O‘zbekiston Respublikasidagi muhofaza etiladigan hududlar, ularning turlari, hududiy joylashuvi va amaliy ahamiyatini ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi.

    A2+

    turli tabiiy resurslarning hududiy tarqalish qonuniyatlari haqida ayta oladi va ularni misollar bilan izohlay oladi.



    Ijodiy guruh a’zolari:


    T/r

    F.I.Sh

    Ish joyi va lovozimi

    1.

    Alimqulov Nusrat

    Raxmonqulovich



    Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, g.f.n., dotsent, guruh rahbari.

    2.

    Mirakmalov Mirali

    Turanboyevich



    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geologiya va geografiya fakulteti geografiya kafedrasi dotsenti.

    3.

    Sharipov Shavkat

    Muxamajanovich



    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geologiya va geografiya fakulteti, geografiya kafedrasi dotsenti.

    4.

    Musaev Jahongir

    Payozovich



    O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi Axborot metodik ta’minlash xizmati o‘quv adabiyotlarini yangi avlodini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i, g.f.n., dotsent.

    5.

    Norboev Abduraxmon G‘aybullayevich

    Qori Niyoziy nomli O‘zbekiston pedogogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimi.

    6.

    Nazaralieva Esongul

    Yangiboyevna



    Respublika Ta’lim markazi geografiya fani bosh metodisti

    7.

    Fedorko Viktor

    Nikolaevich



    Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 233-sonli umumta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU “Geografiya” kafedrasi mustaqil-izlanuvchisi.

    8.

    Avezov Muxriddin Maqsud o‘g‘li

    Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 278-sonli maktabning geografiya fani o‘qituvchisi

    9

    Xo‘jaeva Muxarram

    Idrisovna



    Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi



    Ekspert guruhi a’zolari:

    T/r

    F.I.Sh

    Ish joyi va lovozimi

    1.

    Safarova Nasiba Ironqulovna

    Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti.

    2.

    Xolmurodov Shakarbek Abdug‘aniyevich

    Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.

    3.

    Umarova Gavhar Abdullayevna

    Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litseyning geografiya fani o‘qituvchisi.




    @ustozlar_uchun +99890 300 02 21 @rishton7




    Download 0.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Xo‘jaligining ixtisoslashuvi, joylashuvi va hududiy tafovutlari

    Download 0.79 Mb.