-bob. O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari tavsifi (24 soat




Download 0.79 Mb.
bet7/10
Sana31.12.2019
Hajmi0.79 Mb.
#6702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

9-bob. O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari tavsifi (24 soat (A2+: 48 soat))

45-mavzu:O‘zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi

(1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston hududining yer yuzasi tuzilishi, iqlim va tabiatining boshqa xususiyatiga ko‘ra avvalo yirik tabiiy geografik kompleks hisoblangan tekislik va tog‘oldi-tog‘ kichik provinsiyalariga bo‘linishi. Ularning ham, o‘z navbatida, tabiiy geografik okruglarga bo‘linishi. Tekislik tabiiy geografik kichik provinsiyasi Ustyurt, Quyi Amudaryo, Orol, Qizilqum va Quyi Zarafshon tabiiy geografik okruglariga; Tog‘oldi-tog‘ kichik provinsiyasi esa Chirchiq-Ohangaron, Farg‘ona, O‘rta Zarafshon, Mirzacho‘l, Qashqadaryo, Surxondaryo tabiiy geografik okruglariga bo‘linishi.



Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekistonning tabiiy geografik provinsiya va kichik provinsiyalari hamda ular tarkibidagi tabiiy geografik okruglarini yozuvsiz xaritaga chegaralari bilan tushirib, nomlarini yozib qo‘yish.

46-mavzu: Chirchiq- Ohangaron tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni, chegaralari va umumiy tavsifi. Yer yuzasining tuzilishi, geologik taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Gersin va alp burmalanishida hosil bo‘lgan relyef shakllari. Hududini dengiz bosishi va chekinganligi. Zilzilalar. Foydali qazilmalari.



47-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Harorat va issiqlikning taqsimlanishi, shamollari. Ichki suvlari, daryolar, ularning to‘yinish manbalari. Suv omborlari va kanalari, suv resurslaridan foydalanish. Yer osti suvlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, Chotqol biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol Davlat tabiat Milliy bog‘i.



Amaliy mashg‘ulot: Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o‘lkasidagi tog‘lar, platolar, daryolar, suv omborlari, kanallarning ro‘yxatini tuzish.

48-mavzu: Farg‘ona tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni, chegaralari va umumiy tavsifi. Geologik tuzilishining asosiy xususiyatlari. Vodiy va uni o‘rab olgan tog‘larning gersin burmalanishida ko‘tarilishi, so‘ngra peneplenlashishi, alp bosqichida qayta ko‘tarilishi va adirlarning vujudga kelishi. Zilzilalar. Asosiy foydali qazilmalari. Yer usti tuzilishi. Okrugdagi vodiy uning atrofidagi adir va tog‘larning asosiy relyef shakllari.



49-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining o‘ziga xosligi va iqlim hosil qiluvchi omillar. Bekobod va Qo‘qon shamollarning vujudga kelish sabablari. Asosiy daryo va soylari, ularning to‘yinish manbalari. Yer osti suvlari. Suv omborlari va kanallari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi, ularning balandlik mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari.



Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekistonning relyef, iqlim, tuproq va o‘simlik xaritalari yordamida okrugning biror qismini kompleks tabiiy geografik profilini tuzish.

50-mavzu: Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni, chegaralari. Geologik tuzilishi. O‘lka janubidagi tog‘larning gersin burmalanishida ko‘tarilib, so‘ngra pasayib qolganligi, alp bosqichida qayta ko‘tarilganligi. Mirzacho‘l tekislik qismidan dengiz suvi neogenda chekinganligi. Foydali qazilmalari. Yer usti tuzilishi, uning shimol va shimoli-g‘arbdan janub va janubi-sharq tomon ko‘tarilib borishi. Tekislik qismining yer usti tuzilishi. Janubdagi tog‘lar, ular relyefining asosiy xususiyatlari.



51-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining o‘ziga xos tomonlari va uning shakllanishida yer usti tuzilishining o‘rni. Hudud bo‘yicha issiqlik va yog‘inlarning taqsimlanishi. Shamollari. Daryo va soylari hamda yer osti suvlari. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tuproqlarining sho‘rlanishi sabablari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Tabiatini muhofaza qilishda Zomin tog‘-o‘rmon va Nurota tog‘-yong‘oqzor qo‘riqxonalarining hamda Zomin Davlat tabiat Milliy bog‘ining ahamiyati.



Amaliy mashg‘ulot: Zomin tog‘-o‘rmon va Nurota tog‘-yong‘oqzor qo‘riqxonalarining hamda Zomin Davlat tabiat Milliy bog‘ida muhofazaga olingan o‘simlik va hayvonlar ro‘yxatini tuzish.

52-mavzu: O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni va chegaralari. Geologik tuzilishi. Zarafshon vodiysini o‘rab turgan tog‘lar hosil bo‘lishining asosiy bosqichlari. Zarafshon vodiysining antropogen davrdagi tarixi. Zilzilalari. Foydali qazilma boyliklari. Zarafshon vodiysi va uni o‘rab turgan tog‘larning yer usti tuzilishi. Zarafshon tog‘ oraliq botig‘ining yer usti tuzilishi va relyefi.



53-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlimiga okrugni shimol tomondan o‘rab olgan Turkiston-Nurota-Oqtog‘larning ta’siri. Issiqlik va namlikning g‘arbdan sharq tomon, pastdan yuqoriga ko‘tarilgan sari o‘zgarishi. Zarafshon daryosi va uning gidrologik xususiyatlari. Undan boshlanuvchi kanallar. Vodiyning atrofidagi tog‘lardan boshlanuvchi daryo va soylar. Yer osti suvlari va suv omborlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tuproqlarning eroziyaga uchrashi, jarlanish. To‘qay o‘simlik va hayvonlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish. Zarafshon vodiy-to‘qay davlat qo‘riqxonasi.



Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston tuproq va o‘simlik xaritalarining shartli belgilari yordamida Zarafshon vodiysida qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini tahlil qilish.

54-mavzu: Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni, chegaralari. Geologik tuzilishi. Tog‘ tizmalari rivojlanishining asosiy bosqichlari. Tekislik qismini sharqdan va shimoldan o‘rab olgan tog‘lari. Ularning relyef shakllari. Okrug adirlari va ularning Farg‘ona adirlaridan farqi. Tekislik qismining neogen davr tarixi. Yer yuzasining tuzilishi. Qarshi, Jom, Malik, Qarnob, Nishon cho‘llari.



55-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining asosiy xususiyatlari. Iqlim elementlarining xususiyatlari va hududiy tafovutlari. Daryolari, soylari, kanallari va suv omborlari. Cho‘l, adir, tog‘, yaylov mintaqalari va ularning tuproq-o‘simlik qoplami hamda hayvonot dunyosi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari. Tabiatini muhofaza qilish. Kitob geologik va Hisor tog‘-o‘rmon qo‘riqxonalari, Kitob kenglik stansiyasi, Maydanak observatoriyasi.



Amaliy mashg‘ulot:Qashqadaryo viloyati tabiiy xaritasi yordamida tabiiy geografik okrugdagi tog‘larning orografik sxemasini mustaqil ravishda tuzish.

56-mavzu: Surxondaryo tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni va chegaralari. Yer yuzasining geologik tuzilishi va rivojlanish bosqichlari. Zilzilalar. Qazilma boyliklari. Tog‘ tizimlari va ularga tavsif. Surxon-Sherobod botig‘i, u yerdagi tepaliklar, qumliklar, relyefning boshqa shakllari.



57-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Okrug O‘zbekistonning eng janubida joylashganligi, atrofini sovuq havo oqimidan to‘sib turuvchi tog‘lar tufayli quruq subtropik iqlimning vujudga kelganligi. Iqlim elementlarining xususiyatlari va hududiy tafovutlari. Afg‘on shamoli va uning vujudga kelish sabablari. Asosiy daryolari, ularning to‘yinishi va suv rejimi. Yer osti suvlari, suv omborlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolari, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi ekologik vaziyat. Surxon qo‘riqxonasi va Denov o‘simliklar stansiyasi.



Amaliy mashg‘ulot: Surxondaryo viloyati tabiiy xaritasi va darslikdan foydalanib, o‘lka tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini daftarga mustaqil ravishda yozib kelish.

58-mavzu: Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni va chegaralari. Geologik tuzilishi. O‘lkaning kaynozoy erasidagi rivojlanishi, antropogen davrdagi paleogeografiyasi. Zilzilalari. Foydali qazilmalari. O‘lkaning yer usti tuzilishi. Buxoro va Qorako‘l vohalari relyefi. Iqlimi



59-mavzu: Suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlim elementlarining hududiy o‘zgarishi. Qumli, toshloqli cho‘llar va vohalar iqlimi. Zarafshon daryosi va uning gidrologik xususiyatlari. Undan boshlanuvchi kanallar. Amu-Buxoro magistral kanali. Suv omborlari. Yer osti suvlari. Tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari, Buxoro, Qorako‘l vohalarida tuproqlarning sho‘rlanish sabablari. To‘qay o‘simlik va hayvonlari, ularni muhofaza qilish.



Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston tuproq va o‘simlik xaritalarining shartli belgilari yordamida okrugda qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini, Buxoro hamda Qorako‘l vohasi tuproqlarining sho‘rlanganligi sababini tahlil qilish.

60-mavzu: Qizilqum tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni va chegaralari. Relyefining taraqqiyot tarixi. Yer usti tuzilishining o‘ziga xos tomonlari. Eng muhim relyef shakllari: qoldiq tog‘lari, botiqlari, qum rel’ef shakllari. Foydali qazilmalari.



61-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlim elementlarining xususiyatlari va hududiy farqlanishi. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi. O‘simlik va hayvonot dunyosining iqlimiy sharoitga moslashuvi. Qum va to‘qay landshafti. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari. O‘simlik va hayvonlarning muhofazasida Qizilqum qo‘riqxonasining ahamiyati.



Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston tabiiy xaritasidan va darslikdan foydalanib, Qizilqumdagi qoldiq tog‘lar, botiqlar va qumliklar ro‘yxatini tuzish.

62-mavzu: Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni va chegaralari. Amudaryoning ko‘hna (eski) va yangi delta tekisliklarining vujudga kelishi. Okrugning yer usti tuzilishi.



63-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.(1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimi va uning shakllanishida yer usti tuzilishining (shimolning ochiqligi tufayli sovuq havo massalarining to‘siqsiz va o‘zgarishsiz kirishligi) holati. Iqlim elementlarining xususiyatlari va ularning hududiy tarqalishi. Orol suv sathi pasayishining okrug iqlimiga ta’siri. Amudaryo, uning eski va yangi o‘zanlari, asosiy kanallari. Eng muhim ko‘llari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. To‘qay o‘simlik va hayvonlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari, havoning chang-to‘zon va tuzlar bilan ifloslanishi, tuproqlarning sho‘rlanishi. To‘qay landshaftlari va u yerdagi o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati.



Amaliy mashg‘ulot: Darslik tuproq va o‘simlik xaritalaridan foydalanib Quyi Amudaryo okrugida qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini, ularning Qizilqum okrugi tuproq va o‘simliklaridan farqini aniqlash.

64-mavzu: Orol tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni va chegaralari. Orol va Orolbo‘yini tabiiy geografik o‘rganilish tarixi. Orol dengizi suvi sathining pasayishi hamda Orol va Orolbo‘yi muammosining yuzaga kelishi va rivojlanishi. Okrugning yer usti tuzilishi. Iqlimi. Iqlim elementlarining xususiyatlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. Landshaftlari. Havoning chang-to‘zon va tuzlar bilan ifloslanishi, tuproqlarning sho‘rlanishi. Orol tabiiy geografik okrugi hududidan foydalanish istiqbollari va tabiatini muhofaza qilish muammolari.



Amaliy mashg‘ulot: Darslik, o‘quv atlasidagi ichki suvlar, tuproq va o‘simlik xaritalaridan foydalanib Orol tabiiy geografik okrugining chegarasini aniqlash.

65-mavzu: Ustyurt tabiiy geografik okrugi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik o‘rni va chegaralari. O‘lka relyefining shakllanish tarixi. Yer yuzasi relyefi: qirlar, tekisliklar, botiqlar va chinklar. Foydali qazilmalari.



66-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonning qishi eng sovuq, yozi eng issiq hududi ekanligi. Yer osti suvlari. Tuproq - o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi. Muhofazaga olingan va «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvon turlari. “Sayg‘oqli” davlat kompleks buyurtmaxonasi.



Amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, okrugdagi qirlar, sho‘rxok, botiq va chinklarning ro‘yxatini tuzish.

67-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy geografik okruglarga qiyosiy-geografik tavsif berish.



68-mavzu: Umumlashtiruvchi takrorlash (1 soat (A2+: 2 soat))
Mavzularni o‘rganish uchun- 68 soat (A1+: 102 soat))
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A2

O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, chegaralari, ma’muriy-hududiy tuzilishini tushunadi va tavsiflab bera oladi. Yer yuzasi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini, ichki suvlari, daryolarining to‘yinishi va rejimi, suv resurslaridan qishloq xo‘jaligida va sanoatda, gidroelektrostansiyalarda foydalanish ahamiyatini; tuproq, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini; tabiiy geografik okruglarga bo‘linishini va ularning geografik o‘rni, tabiatining muhim xususiyatlarini kuzatadi tushunadi va aytib bera oladi.



A2+ o‘z mamlakatini tuproq, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini tahlil qila oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A2

O‘zbekistondagi geografik ob’ektlar, joy nomlarini, foydali qazilma konlari, daryolar, ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.



A2+

o‘z mamlakatidagi joy nomlarini toponimini aytib bera oladi.



Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A2

globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘zbekistonning geografik o‘rni, chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini davlat chegaralarini va poytaxtlarini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishini yozuvsiz xaritaga tushira oladi.



A2+

xaritalardan foydalanib o‘z o‘lkasining iqlimiga, suv resurslariga, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosini tavsif bera oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi.



Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A2

O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududida ro‘y berayotgan ekologik-geografik jarayonlar, ularning aholi va xo‘jalikka ko‘rsatadigan ta’sirini kuzatadi va tushuntira oladi. O‘zbekiston tabiiy geografik okruglarining dolzarb ekologik muammolari, alohida muhofaza etiladigan hududlari haqida, Orol va Orolbo‘yi ekologik muammosining mazmun-mohiyatini tushunadi.



A2+

o‘zi yashaydigan joy tabiatini muhofaza qilish haqida anglab yetadi va tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzulariga doir tadbirlarida ishtirok eta oladi.


8- SINF

(O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi)

(68 soat haftasiga 2 soat, (A2+:102 soat haftasiga 3 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A2

o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘z g‘oyalarini taqdim va himoya qila olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, loyihalarni tuzish va himoya qila olish.



A2+

iqtisodiy tayanch so‘z va atamalarni xorijiy tillarda ayta olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

A2

geografiyaga oid adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, geografik xarita va atlaslardan ma’lumot manbalari sifatida foydalana olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila bilish, kundalik hayotda duch keladigan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar jumladan, mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish.



A2+

internet-saytlaridan mamlakat iqtisodiyotiga doir yangiliklar haqidagi lavhalarni topa olish va mohiyatini tushuntirib bera olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

muntazam ravishda o‘z ustida ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, o‘zining tabiiy-ilmiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.



A2+

maktabda, mahallasida o‘tkaziladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtiok etish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari:

A2

yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligini bosh maqsad qilib belgilagan milliy istiqlol g‘oyasi mustaqil O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yuksak ma’naviy negizi ekanligini anglash, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qila olish.



A2+

zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intilish, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish; geografik dunyoqarash va tafakkur asosida atrofimizdagi olamni ob’ektiv holda, sabab-oqibat bog‘liqliklari orqali, yaxlitligini va ayni paytda xilma-xilligini tizimli holda anglash.



A2+

manbalardan foydalanib o‘z mamlakatida yetishib chiqqan olimlar haqida ma’lumotlar to‘play olish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

statistik ma’lumotlar bilan ishlay olish, ularni to‘g‘ri solishtira olish, proporsiyalar tuzish orqali nisbiy ulushlarni aniqlay olish, jadval, diagramma va grafiklarni tuzish, ularning mazmunini tahlil qila olish.



A2+

statistik ma’lumotlar asosida aholi migratsiyasini tahlil qila olish.


1-mavzu: Kirish (1soat (A2+: 2 soat))

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani, uning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti, tarkibiy qismlari, tarmoqlari, beriladigan bilimlar tizimi. Tabiiy geografiya bilan bog‘liqligi.


1-bob. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining umumgeografik ta’rifi

(9 soat (A2+: 18 soat))

2-mavzu: O‘zbekistonning geografik o‘rni (1 soat (A2+: 2 soat))

Geografik (tabiiy geografik, iqtisodiy-geografik, siyosiy-geografik) o‘rin haqida tushuncha. O‘zbekiston Respublikasining maydoni, chegaralari, chekka nuqtalari, iqtisodiy-geografik va siyosiy-geografik o‘rni. Jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, xalqaro tashkilotlariga a’zoligi.



3-mavzu: O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Ma’muriy-hududiy tuzilish tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishining pog‘onasimonligi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri. Qishloq tumanlari. Shaharlar va ularning ma’muriy maqomi. Qishloq fuqarolar yig‘inlari. Mahalla fuqarolar yig‘inlari.



4-mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar (1 soat (A2+: 2 soat))

Siyosiy-ma’muriy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar, ularning shartli belgilari.



5-mavzu: Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar ta’rifi, ularning aholi turmushi va xo‘jalikka ta’siri. Tabiiy resurslarning turlari: mineral, suv, Yer, biologik va iqlimiy resurslari. Tugaydigan, tugamaydigan, tiklanadigan, tiklanmaydigan, ko‘p maqsadli, sanoatda va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan resurslar.



6-mavzu: O‘zbekiston tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarining iqtisodiy ahamiyati (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston tabiiy sharoiti va resurslarini xo‘jalik jihatdan baholash (balandlik mintaqalari bo‘yicha). Tabiiy resurlardan oqilona foydalanish va ekologik muammolar.



7-mavzu: O‘zbekiston aholisi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston aholisi, uning zichligi va joylanish xususiyatlari, tabiiy va mexanik harakati. Tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, tabiiy ko‘payish. Tashqi va ichki migratsiya.



8-mavzu: O‘zbekiston aholisining tarkibi (1 soat (A2+: 2 soat))

Mamlakat aholisining jinsiy, yosh bo‘yicha tarkibi. Inson omili, ularning iqtisodiyot sohalarida bandligi. Aholining milliy va diniy tarkibi.



9-mavzu: Shahar aholi manzilgohlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Aholi manzilgohlari: shahar va shaharchalar, ularning ta’rifi va mezonlari. Shahar manzilgohlarining tasniflanishi va funksional tipologiyasi. Urbanizatsiya jarayoni haqida tushuncha. Shahar aglomeratsiyalari.



10-mavzu: Qishloq aholi manzilgohlari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Qishloq aholi manzilgohlari, O‘zbekistonda ularning joylanish xususiyatlari va geografik tiplari.


2-bob. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi

( 35 soat (A2+: 70 soat))

11-mavzu: O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining tuzilishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Milliy iqtisodiyotimizning o‘sish va rivojlanishining o‘ziga xosligi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va ularning milliy iqtisodiyotimizga ta’siri. Yangi ishlab chiqarishlarning barpo etilishi. Ekstensiv va intensiv rivojlanish, resurslarni tejash ahamiyati. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining tarmoq tuzilishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari haqida tushuncha. Davlat statistika hisobi haqida tushuncha.



12-mavzu: Sanoat - milliy iqtisodiyotning tayanch tarmog‘i (1 soat (A2+: 2 soat))

Sanoatning tarmoq tarkibi, joylashtirish omillari va qonuniyatlari. Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatlashuv.



13-mavzu: Yoqilg‘i-energetika majmuasi (1 soat (A2+: 2 soat))

YoEM tushunchasi, yoqilg‘i-energetika balansi, shartli yoqilg‘i, mahsulot tannarxi. YoEM tarkibiy qismlari.



14-mavzu: Neft va gaz sanoati (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekistonda neft va gazning qazib olinishi miqdori va dinamikasi. Neft va gaz sanoatining asosiy korxonalari, ular joylashgan manzilgoh va hududlar. Neft va gazdan foydalanish.




Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari tavsifi (24 soat

Download 0.79 Mb.