Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi




Download 0.79 Mb.
bet6/10
Sana31.12.2019
Hajmi0.79 Mb.
#6702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

A2

geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish.



A2+

Internet-saytlardan ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topa olish va ularni tahlil qila bilish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

muntazam ravishda o‘z bilimini oshirishda geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish.



A2+

atrofidagi tabiat manzaralari va madaniy landshaftlarni estetik xis etish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish.



A2+

o‘z o‘lkasining noyob tabiat ob’ektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish tadbirlarida o‘z fikrlarini bayon eta oladi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2

umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik dunyoqarash va tafakkur asosida atrofimizdagi olamni ob’ektiv holda, sabab-oqibat bog‘liqliklari orqali yaxlitligini va ayni paytda xilma-xilligini anglash.



A2+

geografik sayohat va kashfiyotlar tarixi insoniyat tarixining ajralmas qismi ekanligini, o‘z o‘lkasining qadimiy madaniyat markazlaridan biri ekanligini anglash.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va grafiklarni tuzish.



A2+

mavzuga doir tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va grafiklarni tuzish va ularning mazmunini tahlil qila olish.


I- BO‘LIM

O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi
1- bob. O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, chegaralari va tabiiy geografik o‘lka sifatida o‘ziga xos xususiyatlari (4 soat (A2+: 8 soat))

1-mavzu: O‘rta Osiyo tabiiy geogrfik o‘lkasi haqida tushuncha (1 soat (A2+: 2 soat))

Kursning mazmuni. Kursni o‘rganishning ilmiy, ma’naviy va amaliy ahamiyati. O‘rta Osiyo Yevrosiyoning tabiiy o‘lkalaridan biri ekanligi. O‘lka hududining ekvatorga, boshlang‘ich meridianga, okeanlarga nisbatan geografik joylashuvi. Tabiiy geografik chegaralar o‘tkazish prinsiplari. Shimoli-g‘arbiy va shimoliy chegaralarining xususiyatlari. O‘lkaning sharqiy va janubiy chegarasining tog‘larning suvayirg‘ichlaridan, g‘arbiy chegarasining dengiz qirg‘og‘idan o‘tkazilishi.



2-mavzu: Tabiiy geografik o‘lka sifatida o‘ziga xos xususiyatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy geografik o‘lka sifatida o‘ziga xos xususiyatlari: okeanlardan uzoqda, eng katta materik o‘rtasida, mo‘tadil va subtropik kengliklarda joylashganligi, undan kelib chiqadigan oqibatlar, ekologik sharoiti jihatdan ham berk havza ekani, relyefining o‘ziga xosligi va uning tabiiy geografik oqibatlari, O‘rta Osiyoning jahon fani va ma’naviyatiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar vatani ekanligi.



3-mavzu:O‘rta Osiyoning geografik o‘rganilish tarixi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyo juda qadimiy madaniyat markazlaridan biri ekanligi. O‘lkani geografik o‘rganish tarixi bosqichlari: «Buyuk ipak yo‘li» tashkil bo‘lguncha, «Buyuk ipak yo‘li» davri, Rossiyaning O‘rta Osiyoni istilo qilgan va istilodan keyingi davrlar, sovet davri va hozirgi davr. Uning qisqacha tahlili. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonni geografik o‘rganshda Xitoy, arab tadqiqotchilari, mahaliy olimlar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Maxmud Qoshg‘ariy va boshqa olimlarning xizmatlari. Rus harbiylari va olimlarining geografik ishlari. Geograf olimlar – N.A.Kogay, L.N.Babushkin, K.Zokirov, M.Qoriev, N.Dolimov, H.Hasanov, Z.Akromov, A.Rafiqov va boshqalarning ishlari. Hozirgi davrdagi geografik tadqiqotlar.



4-mavzu: O‘rta Osiyo aholisi va siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Aholisining ko‘p millatli: o‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz, uyg‘ur, tojik, afg‘on, fors, rus, ukrain, koreyslar va boshqalar yashashi. Aholining soni (davlatlar bo‘yicha) va zichligi. O‘rta Osiyoda aholining hududiy joylashishida o‘ziga xos xususiyatlar. O‘rta Osiyo siyosiy-ma’muriy xaritasi, o‘lka hududida butunligicha va qisman joylashgan davlatlar.


2-bob. Geografik xaritalar. Vaqt hisobi (6 soat. Geografik nomlar

(A2+: 10 soat))

5-mavzu: : Geografik xaritalar. Xarita andozalari (proeksiyalar) haqida tushuncha (1 soat (A2+: 1 soat))

Xaritalardagi xatoliklar va kartografik andozalar (proeksiyalar). Xaritalardagi xatoliklar va kartografik andozalar (proeksiyalar) haqida umumiy tushuncha. Azimutal, konusli, silindrli, turli andozalardagi xatoliklar.



6-mavzu: Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari (1 soat (A2+: 1 soat))

Geografik xaritalar, aero va kosmik fotosuratlar, joy plani, ular orasidagi farqlar. Kartografik tasvirlash usullari.



7-mavzu: Xaritalarning turlari ulardan foydalanish. Xaritalardan ilmiy ishlarda foydalanish. Xaritalar yordamida geografik kesmalar tuzish. Atlaslar va ularning turlari. (1 soat (A2+: 1 soat))

8-mavzu:Topografik xaritalar (1 soat (A2+: 1 soat))

Topografik xaritalar. Topografik xaritalar haqida tushuncha, ularning geografik xaritalardan farqi. Topografik xaritalarning gradusli va kilometrli to‘rlari, shartli belgilari. Topografik xaritalarda relyefni tasvirlash usullari, gorizontallarni o‘qish, ular yordamida relyef shakllari va elementlarini aniqlash. Topografik xaritalarning amaliy ahamiyati.



9- mavzu: Topografik xaritalar bilan ishlash. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 1 soat))

Topografik xaritalar yordamida orientirlash, azimutlarni aniqlash tartibi, geografik (haqiqiy) va magnit azimutlar haqida tushuncha.



10-mavzu: Vaqt o‘lchovi, soat mintaqalari, taqvimlar (1 soat (A2+: 1 soat))

Mahalliy vaqt. Dunyoning soat mintaqalariga bo‘linishi. Mintaqa vaqti va uning farqlanishi. Taqvim. Grigoriy taqvimi. Hijriy taqvim.



11-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 1 soat))

1. Xaritalardagi masofalarning haqiqiy, ya’ni joydagi qiymatlarini masshtab yordamida aniqlash.

2. Joydagi masofalarning nisbatini hisoblab, xarita masshtabini aniqlash.

3. Soat mintaqalari orasidagi vaqt farqini aniqlash.


Geografik nomlar (A2+: 4 soat)

Toponimika va geografiya. Toponimik atama va tushunchalar. (A2+: 1 soat)

Geografik nomlarning paydo bo‘lishi (A2+: 1 soat)

Geografik nomlarning turlari (A2+: 2 soat)


3-bob. O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari

va relyefi (3 soat (A2+: 6 soat))

12-mavzu: Geologik vaqt hisobi (1 soat (A2+: 2 soat))

Geologik vaqt hisobi. Geologik sana. Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi, tog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Geoxronologik jadval.



13-mavzu:O‘rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va geologik tuzilishi. Foydali qazilmalari (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va geologik tuzilishi. Turli eralarda sodir bo‘lgan tektonik jarayonlar, dengiz bosishi va chekinishlari. Ularning ta’sirida vujudga kelgan tog‘lar, platolar, tekisliklar. Geologik tuzilishi. Zilzilalar. Foydali qazilmalar, ularning turlari va joylashish qonuniyatlari. Eng muhim foydali qazilma konlari.



14-mavzu: Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari. Sharqiy va janubiy qismlarining tog‘li, g‘arbiy va shimoliy qismlarining tekislik ekanligi. Kaledon, gersin, alp burmalanishlarida hosil bo‘lgan tog‘lar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, yirik tekisliklar, qirlar, tog‘ oralig‘idagi vodiylar. Inson xo‘jalik faoliyatining Yer yuzasi tuzilishiga bog‘liqligi. Insonning relyefga ta’siri.



Amaliy mashg‘ulot: Yozuvsiz xaritaga O‘rta Osiyodagi eng muhim tog‘lar, platolar, botiqlar, tekisliklar, cho‘llar va yirik foydali qazilma konlarini tushirish.
4-bob. O‘rta Osiyo iqlimi (5 soat (A2+: 10 soat))

15-mavzu: O‘rta Osiyo iqlimi. Iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar

(1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. O‘lkaning geografik o‘rni va quyosh radiatsiyasi taqsimlanishining O‘rta Osiyo iqlimi hosil bo‘lishidagi ahamiyati. To‘g‘ri, yalpi va tarqoq radiatsiya.



16-mavzu: Havo massalari, siklon va antisiklonlar. Nazorat ishi

(1 soat (A2+: 2 soat))

Havo massalari, siklon va antisiklonlar. O‘rta Osiyo hududida atmosfera sirkulyatsiyasi, havo massalari, atmosfera frontlari, siklon va antisiklonlar. Siklon va antisiklonlarda ob-havo.



17-mavzu: O‘rta Osiyo iqlimining tavsifi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyo iqlimining umumiy xususiyatlari. Tekisliklar iqlimi va uning umumiy tavsifi. Turli fasllardagi ob-havo. Havo harorati, mutlaq haroratlar, yog‘inlar.



18-mavzu: O‘rta Osiyodagi tog‘larining iqlimi (1 soat (A2+: 1 soat))

Relyef va yer usti tuzilishining o‘lka iqlimiga ta’siri. Yassitog‘lar va baland tog‘lar, tog‘ oraliq botiqlarining iqlimga ta’siri. Quruqlik, suvlik, qumli, tosh-shag‘alli, gipsli yuzalarning iqlimga ta’siri.



19- mavzu: O‘rta Osiyodagi iqlimiy tafovutlar. (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyoning iqlimiy mintaqalanishi. Turon va Qozog‘iston iqlimlari ta’rifi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘rta Osiyo tog‘larining iqlimi.



Amaliy mashg‘ulot: 1. Geografik o‘quv atlasi yordamida O‘rta Osiyoning turli joylari uchun tarqoq va yalpi radiatsiya miqdorini aniqlang va daftaringizga yozing.

2. O‘qituvchingiz bergan ma’lumotlar asosida O‘rta Osiyodagi 2 ta shaharning yillik o‘rtacha harorati va amplitudasini aniqlang.


5-bob. O‘rta Osiyoning suvlari (4 soat (A2+: 8 soat))

20-mavzu: O‘rta Osiyo suvlari haqida umumiy tushuncha (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyoning bir butun geografik, gidrogeologik havza ekanligi. Yer usti suvlarining iqlimga bog‘liq ravishda kamsuvliligi va siyrakligi, hududda juda notekis tarqalganligi. Yer osti suvlari, xususan artezian suvlarining yirik havzalar hosil qilib joylashganligi, o‘lkaning quyi kengliklarda va qurg‘oqchil mintaqada joylashganiga qaramasdan tog‘larda yirik muzliklarning mavjudligi.



21-mavzu: O‘rta Osiyo daryolari (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘lka daryolari. O‘rta Osiyodagi daryolarning to‘yinishi turlari va gidrologik rejimi, to‘yinish va rejim orasidagi bog‘liqlik, ularning daryo havzasining o‘rtacha balandiligiga bog‘liqligi. Daryolarning ishi. Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari.



22-mavzu: Ko‘llari va suv omborlari (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyo ko‘llari va yer osti suvlari. Ko‘llarning hududiy taqsimlanishida o‘ziga xos xususiyatlar. Ko‘llarning hosil bo‘lishiga ko‘ra turlari. Ko‘llardan xalq xo‘jaligida foydalanish. Ko‘llarda ro‘y berayotgan antropogen o‘zgarishlar. Orol muammosi. Balxash, Olako‘l, Issiqko‘l, Aydarko‘l, Qorako‘l, Sarichelak. O‘lkamizdagi suv omborlari va kanallar. Ularning xo‘jalik maqsadlariga ko‘ra turlari. Atrof-muhit ekologik holatga ta’siri. Eng yirik suv omborlari va kanallar tavsifi. Boshqa sug‘orish inshootlari, sardobalar.



23-mavzu: O‘rta Osiyo yer osti suvlari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyo yer osti suvlari. Yer osti suvlarining tarkib topish sharoiti. Grunt suvlari, bosimli suvlar, artezian suv havzalari. Yer osti suvlarini gidrokimyoviy xususiyatlari. Mineral, termal, shifobaxsh suvlar, grunt suvlarining atrof-muhit ekologik holatiga ta’siri.


6-bob. O‘rta Osiyo tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari (7 soat(A2+: 14 soat))

24-mavzu: Tuproqlar haqida tushuncha (1 soat (A2+: 2 soat))

Tuproq hosil qiluvchi omillar, tuproqning tuzilishi, mexanik tarkibi, unumdorligi. Tuproq kesmasi. Tuproqning tarkibiy qismlari. Ona jinsi, organik tarkibi, chirindi, tuproq eritmasi. Tabiiy va madaniy tuproqlar.



25-mavzu: O‘rta Osiyo tuproqlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Tuproq zonalari. Dasht, chalacho‘l, cho‘l, adir, tog‘, yaylov tuproqlari. Ularning xususiyatlari, turlari. Tuproqlardan foydalanish. Tuproq meliorativ holatini yaxshilash. O‘z joyining tuproqlari va ulardan foydalanish holati.



26-mavzu: O‘rta Osiyo o‘simliklari (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyo o‘simliklari haqida umumiy tushuncha. O‘rta Osiyo o‘simliklarining tarkib topishi. Tubjoy o‘simliklari, boshqa joylardan kelgan o‘simliklar. Dasht, chala-cho‘l o‘simliklari.



27-mavzu: Cho‘l o‘simliklari. (1 soat (A2+: 2 soat))

Cho‘l o‘simliklari. Qumli cho‘l, sho‘rxok, efemer cho‘l, to‘qay o‘simliklari. Ayrim o‘simliklar - qum akatsiyasi, yulg‘un, saksovul.



28-mavzu: Adir, tog‘ va yaylov o‘simliklari (1 soat (A2+: 2 soat))

Adir, tog‘ va yaylov o‘simliklari. Chinor, archa, o‘tlardan yantoq, kavil, butalardan na’matak, qoraqand ta’rifi. Dorivor o‘simliklar. “Qizil kitob” ga kiritilgan o‘simliklar. O‘simliklarni muhofaza qilish.



29- mavzu: Hayvonot dunyosi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyo hayvonot dunyosi haqida umumiy ma’lumotlar. Hayvonot dunyosining tabiiy sharoitga moslashganligi. Dasht, cho‘l va chalacho‘llar, adir, tog‘, yaylov hayvonot dunyosi. Hayvonlarning inson uchun ahamiyati. Insonning hayvonot dunyosiga ta’siri. «Qizil kitob» ga kiritilgan hayvonlar. Iqlimlashtirilgan hayvonlar.



30-mavzu: O‘rta Ociyo tabiat zonalari (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Osiyoda tekislik tabiat komplekslarining geografik kenglikka qarab o‘zgarishi. O‘rta Osiyo tekislik qismining tabiat zonalari: dasht, chala cho‘l, cho‘l – Qozog‘iston va Turon cho‘llari.



Amaliy mashg‘ulot: 1. O‘quv atlasidan, O‘rta Osiyo hududida tarqalgan asosiy tuproq turlarini aniqlash.

2. O‘rta Osiyo cho‘llarining turlari va ularga xos o‘simliklarni alohida jadval tarzida ifodalash.

3. O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasiga xos bo‘lgan asosiy o‘simlik turlarini aniqlab, nomlarini daftarga yozish.

4.O‘rta Osiyo tabiat zonalari va balandlik mintaqalarida uchraydigan hayvonlarni aniqlab, nomlarini daftarga yozish.


7-bob. O‘rta Osiyoning hududiy tavsifi (3 soat (A2+:6 soat))
31-mavzu: Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy geografik rayonlashtirishning ahamiyati, prinsiplari, tasnifiy birliklari. Turon va Qozog‘iston kichik ulkalari, ularning chegaralari va landshaft jihatidan farqlanishi.



32-mavzu: O‘rta Osiyo kichik o‘lkalari va tabiiy rayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi. Kichik o‘lka tabiatiga qisqacha ta’rif. Kichik o‘lka hududida mavjud bo‘lgan umumiylik va tafovutlar. Ana shu tabiiy tafovutlar asosida kichik o‘lka doirasida ikkita tabiiy geografik rayonlar guruhlarning ajratilishi. Tog‘li tabiiy geografik rayonlar guruhi va tekislik tabiiy geografik rayonlar guruhi. Tabiiy rayonlar guruhi tarkibidagi hududlar.

Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasi, uning geografik o‘rni va chegaralari. Tarkibiga kiruvchi tabiiy geografik rayonlar, ularning ikki guruhga ajratilishi. Kichik o‘lka tabiatidagi umumiy xususiyatlar va turli qismlardagi tafovutlar. Kichik o‘lka doirasida o‘lkalar guruhining ajratilishi hamda buni asoslash.

Amaliy mashg‘ulot: 1. O‘rta Osiyoning yozuvsiz xaritasiga O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi, Qozog‘iston, Turon tabiiy geografik kichik o‘lkalari chegaralarini atlasdan foydalanib tushirish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A2

O‘rta Osiyo o‘lkasining joylashgan o‘rni, chegaralari va tabiatining xususiyatlarini, tabiatini o‘rganilish tarixi, aholisi, siyosiy-ma’muriy tuzilishini tushunadi va tushuntirib bera oladi. Yer yuzida vaqt o‘lchovi va soat mintaqalari unga doir topshiriqlarni bajara oladi. Geologik vaqt hisobi, o‘lkaning yer yuzasi tuzilishi, seysmikligi, foydali qazilmalari haqida biladi va mohiyatini tushunadi. O‘lka iqlimini hosil qiluvchi omillarni, iqlim elementlarining hudud bo‘yicha taqsimlanishi, O‘rta Osiyoda qozog‘iston va turon tipidagi iqlim shakllanishi va uning sabablarini tushunadi. Daryo va ko‘llarini, daryolarning to‘yinish manbalarini, ko‘llarning hosil bo‘lishiga ko‘ra turlari, daryo va ko‘llarning xo‘jalikdagi ahamiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini, tabiat komplekslarining vujudga kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning mohiyatini tushunadi va o‘lkada bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira oladi.



A2+

O‘z o‘lkasining tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini, tabiat komplekslarining vujudga kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning mohiyatini tushunadi va o‘lkada bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira oladi.


Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A2

O‘rta Osiyoda davlatlari, ularning poytaxtlari nomlarini to‘g‘ri ayta va yoza oladi. Foydali qazilma konlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. O‘lka iqlimiga ta’sir etuvchi siklon va antisiklonlarning, daryolar, ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.



A2+

O‘zi yashaydigan (viloyat (shahar), tuman, qishloq, mahallasi)dagi joy nomlarini toponimini ayta oladi.


Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A2

Globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘rta Osiyo geografik o‘rni, chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini davlat chegaralarini va poytaxtlarini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Kartografik andozalar turlarini biladi va farqlay oladi. Xaritalarning tasniflanishi tushunadi va tushuntira oladi; topografik xaritalarning mazmuni, ularda relyefni tasvirlash usullari, ular yordamida orientirlash tartibi haqida biladi va ularni tushuntira oladi. Atlas va xarita masshtablaridan foydalanib geografik ob’ektlar orasidagi masofani, iqlim (joylardagi havo harorati, yog‘inlarni taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik va zoogeografik xaritalarining mazmun-mohiyatini tushunadi, aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. xaritalarining mazmun-mohiyatini tushunadi, ularni yozuvsiz xaritalarda aks ettira oladi.



A2+

o‘z hududini (joylardagi havo harorati, yog‘inlarni taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik qoplamini aiqlay oladi va tahlil qiladi.


Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A2

insonning relyefga va joyning seysmikligiga (joylardagi zilzilalar misolida) antropogen zilzilalarning kelib chiqish omillarini anglaydi. Insonning suvdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni jumladan, Orol fojiasining kelib chiqish sabablarini, suv tanqisligi va uning aholi turmush tarziga ta’sirini anglab yetadi va o‘z fikrini ayta oladi.



A2+

insonning suv, o‘simlik va hayvonot olamiga ko‘rsatadigan ta’sirining salbiy oqibatlarini va uni oldini olish maqsadida olib borilayotgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik tadbirlarida ishtirok eta oladi.


33-mavzu: O‘rta Osiyoning ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish. (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar inson hayotining manbai ekani. O‘rta Osiyoda tabiiy muhitni ifloslantiruvchi antropogen omillar, sanoat ta’sirida buzilgan yerlar. Tabiat ifloslanishining aholi va xo‘jalik uchun salbiy oqibatlari. O‘lkada suvni muhofaza qilishning zarurligi. Orol fojeasi. O‘rta Osiyo hududi tabiiy geografik jihatdan bir butunligining tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishdagi ahamiyati. Kamayib ketayotgan o‘simlik va hayvonlar, turi va soni, ularni hamda noyob tabiat yodgorliklarini saqlab qolishda O‘rta Osiyodagi qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati. Ayrim qo‘riqxonalar haqida ma’lumot, ulardagi organik dunyo va landshaftlarning noyobligi.



34-mavzu: O‘tilgan mavzular yuzasidan takrorlash. (1 soat (A2+: 2 soat))
II- BO‘LIM

O‘zbekiston tabiiy geografiyasi

8 - bob. O‘zbekiston tabiatining umumiy tavsifi (10 soat (A2+: 20 soat))

35-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni va chegaralari (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, chegaralari, maydoni, aholisi, ma’muriy-hududiy bo‘linishi.



36-mavzu: O‘zbekiston yer yuzasi tuzilishi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston relyefi va orografiyasi. Relyefining asosiy xususiyatlari. Tekisliklar, tog‘lar, tog‘ oraliq botiqlari.



37-mavzu: O‘zbekiston geologik tuzilishi. Foydali qazilmalari (1 soat (A2+: 2soat))

Geologik tuzilishi, seysmikligi va foydali qazilmalari. Tyanshan orogeni, Turon plitasi, tog‘ hosil bo‘lish bosqichlari, dengiz suvi bosishi va chekinishlari. Tektonik harakatlar, seysmik faol hududlar, zilzilalar. Asosiy foydali qazilmalar, ularning hosil bo‘lishi va yirik konlarining tarqalishi.



38-mavzu: O‘zbekiston iqlimi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston iqlimining umumiy tavsifi. Iqlim hosil qiluvchi omillar, haroratning taqsimlanishi, yog‘inlarning taqsimlanishi, shamollar.



39-mavzu: Yil fasllari. Iqlim resurslari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Yil fasllari va ularning tavsifi. Iqlim elementlarining aholi yashash sharoiti, qishloq xo‘jaligi, rekreatsiya sohasiga ta’siri.



40-mavzu: O‘zbekistonning ichki suvlari va suv resurslari (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekistonning ichki suvlari va suv resurslari. Daryolari, ularning tarqalishi, to‘yinishi, ayrim yirik daryolarning tavsifi. Suv resurslari, ularning daryo havzalari bo‘yicha taqsimlanishi.



41-mavzu: O‘zbekistonning ko‘llari va yer osti suvlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Ko‘llari, ularning turlari va tarqalishi. Yer osti suvlari, ularning tarqalishi, turlari va xususiyatlari.



42-mavzu: O‘zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish (1 soat (A2+: 2 soat))

Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish. Suvlardan qishloq xo‘jaligida va sanoatda, gidroelektrostansiyalarda foydalanish. Kanallar, kollektor-zovur suvlari. Suv omborlari.



43-mavzu: O‘zbekiston tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olami (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishi. Cho‘l, adir, tog‘ va yaylov balandik mintaqalarining tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olami.



44-mavzu: O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar shakllari-milliy tabiat bog‘i, qo‘riqxona, buyurtmaxona, biosfera rezervati, parvarishxonalar. O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. O‘zbekiston “Qizil kitob”i.



Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

Download 0.79 Mb.