• 1-bob. Yer qanday o‘rganilgan (2 soat(A2+: 4 soat))
  • 7-mavzu: Azimut va masofani o‘lchash. Nazorat ishi (2 soat )
  • -mavzu: Geografiya nimani o‘rganadi? (1 soat (A2+: 2 soat))




    Download 0.79 Mb.
    bet4/10
    Sana31.12.2019
    Hajmi0.79 Mb.
    #6702
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    1-mavzu: Geografiya nimani o‘rganadi? (1 soat (A2+: 2 soat))


    Geografiya, uning tarmoqlari, o‘rganish ob’ekti va predmeti haqida tushuncha. Geografiya fanining paydo bo‘lishi. Eratosfen. Geografiya fanining tabiatni bilish, undan foydalanish, muhofaza qilishdagi ahamiyati. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida nimalar o‘rganiladi?

    1-bob. Yer qanday o‘rganilgan? (2 soat(A2+: 4 soat))


    2-mavzu: Qadim zamonda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan (1soat(A2+: 2 soat))

    Qadim zamonlarda kishilar Yer shaklini qanday faraz qilganlar? Yerning shakli haqidagi fikrlarning yig‘ilishi. Yerning sharsimon shaklida ekanligini isbotlash. Eratosfen, Ptolemey, vatandoshlarimiz Muxammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur tadqiqotlari, tuzgan xaritalari.



    3-mavzu: Buyuk geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi (1soat(A2+: 2 soat))

    Buyuk geografik kashfiyotlar. Nosir Xisrav, X.Kolumb, A.Vespuchchi, V. da Gama, F.Magellan, F.Bellinsgauzen va M.Lazarevlarning sayohat hamda geografik kashfiyotlari. Hozirgi zamon geografiyasi nimani o‘rganadi? Geografik tadqiqotlarda ilmiy sayohatlarning, kosmik kemalardan olingan fotosuratlarning ahamiyati. Geografiya va tabiatdan foydalanish.



    Amaliy mashg‘ulot: Yarimsharlarning yozuvsiz xaritalariga F.Magellan, X.Kolumb va Nosir Hisravning sayohat yo‘llarini chizish.
    2-bob. Yer-Quyosh sistemasidagi sayyora (3 soat(A2+: 6 soat))
    4-mavzu: Quyosh, Oy va yulduzlar (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yulduzlar. Yulduz turkumlari: Yetti og‘ayni (Katta ayiq), Yetti qaroqchi (Kichik ayiq) turkumlari. Qutb yulduzi. Quyosh, uning o‘lchamlari. Quyosh - Yerdagi hayot manbai. Quyosh sistemasi. Sayyoralar. Oy-Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Oy fazalari. Quyosh va oy tutilishlari. Osmon jismlarining sayyoramiz tabiatiga ko‘rsatadigan ta’siri.



    5-mavzu: Yerning shakli va o‘lchamlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yerning shakli - sharsimon. Globus. Ekvator va qutblar. Yerning o‘lchamlari, qutbiy va ekvatorial radiuslar. Geoid haqida eng oddiy tushuncha. Parallellar, meridianlar, daraja to‘ri. Geografik koordinatalar, geografik kenglik, geografik uzunlik.



    6-mavzu: Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi. (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yerning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi. Bularning oqibatlari, sayyoramiz tabiati va insoniyat hayotiga ta’siri. Kabisa yili. Fasllar almashinishi. Quyosh turishi va tengkunlik kunlari. Yerning notekis yoritilishi. Qutbiy, tropik doiralar. Yerning yoritilish va issiqlik mintaqalari.



    Amaliy mashg‘ulot: osmon gumbazini kuzatib, unda Yetti og‘ayni yulduz turkumini, Qutb yulduzini, Somon yo‘lini topish. Oy fazalarini kuzatish.
    3-bob. Joy plani va geografik xaritalar (6 soat(A2+: 12 soat))

    7-mavzu: Azimut va masofani o‘lchash. Nazorat ishi (2 soat )


    Ufq tomonlari va ularni joyda aniqlash. Azimut va uni kompas yordamida aniqlash. Masofani o‘lchash. Azimut bo‘yicha yurish.

    8-mavzu: Masshtab (1soat (A2+: 2 soat))

    Masshtab va uning turlari. Nisbiy va mutlaq balandliklar. Nivelir.



    9-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 2 soat))

    Masshtab bilan ishlash. Nomli va sonli masshtablarni biridan ikkinchisiga o‘tkazish. Masshtab yordamida masofalarni aniqlash. Ufq tomonlarini aniqlash. Globus, dunyo, yarim sharlar xaritasi, O‘zbekiston xaritasidan ufq tomonlarini aniqlash.



    10-mavzu: Geografik xaritalar (1soat(A2+: 2 soat))

    Geografik xaritalar. Globus va geografik xaritalarda Yerning tasvirlanishi. Xaritalarda turli kattalikdagi hududlarning tasvirlanishi. Xaritalarning asosiy 2 ta turi – tabiiy va siyosiy xaritalar. Ulardagi shartli belgilar. Yozuvsiz xaritalar.



    11-mavzu: Joy plani (1soat(A2+: 2 soat))

    Joy plani. Joy plani va uning geografik xaritadan farqi. Shartli belgilari. Joy planini qutb usulida tuzish. Gorizontallar yordamida relyefni tasvirlash. Bergshtrix.



    12-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 2 soat))

    Geografik koordinatalarni daraja to‘ri yordamida aniqlash. Toshkent, Nyu-York, Sidney va Rio-de-Janeyro shaharlari koordinatalarini yarimsharlar tabiiy xaritasi yordamida aniqlash. Berilgan koordinatalarga qarab yarimsharlar tabiiy xaritasida nuqtalarni belgilash.


    4-bob. Yerning tosh qobig‘i - Litosfera (5 soat (A2+: 10 soat))

    13-mavzu: Yerning ichki tuzilishi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yerning tashqi va ichki qobiqlari. Yerning ichki qismiga tushilgan sari moddalar tarkibi va holatining, harorat va bosimning o‘zgarishi. Yer po‘sti. Mantiya. Yadro.



    14-mavzu: Litosfera (1 soat (A2+: 2 soat))

    Litosfera. Yer po‘sti, uning qatlamlari va ularni hosil qilgan tog‘ jinslari. Magmatik, cho‘kindi tog‘ jinslari, tog‘ jinslarining o‘zgarishi, metamorfik tog‘ jinslari.



    15-mavzu: Yer po‘stining harakatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yer po‘stining harakatlari. Litosfera plitalari haqida tushuncha. Litosfera plitalari harakati, uning oqibatlari. Tektonik harakatlar, burmalar va yoriqlar hosil bo‘lishi. Zilzila. Seysmik mintaqalar. Vulqonlar va ularning tuzilishi. Issiq buloqlar.



    Amaliy mashg‘ulot: tog‘ jinslari namunalarini (magmatik, cho‘kindi, metamorfik tog‘ jinslari) o‘rganish.

    16-mavzu: Yer yuzasi relyefining asosiy shakllari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yer yuzasi relyefi va unga ta’sir qiluvchi tabiiy kuchlar. Materiklar va okeanlar. Orollar, yarimorollar. Quruqlikdagi tog‘lar, tog‘larning balandlik jihatidan farqlanishi, tog‘larning asta-sekin o‘zgarishi. Tog‘ cho‘qqilari, tizmalari va o‘lkalari. Dunyodagi va O‘zbekistondagi eng baland tog‘ cho‘qqilari. Tekisliklar. Tekisliklarning balandligiga ko‘ra farq qilishi. Dunyodagi eng katta tekisliklar. O‘zbekistondagi tekisliklar, tog‘ oralig‘idagi botiqlar.



    17-mavzu: Yer po‘sti qazilma boyliklari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yer po‘sti qazilma boyliklari. Yoqilg‘i, rudali, noruda foydali qazilmalar (mineral resurslar), ularning shartli belgilari.



    Amaliy mashg‘ulot: balandlik va chuqurlik shkalalari yordamida eng baland tog‘larni va eng chuqur cho‘kma hamda botiqlarni xaritadan topish. O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqilarni, eng chuqur botiqlarni aniqlash. O‘z yashash joyi relyefi va u yerda tarqalgan tog‘ jinslarini o‘rganish.
    5-bob. Yerning suv qobig‘i - Gidrosfera (5 soat (A2+: 10 soat))

    18-mavzu: Gidrosferaning tarkibi. Dunyo okeani (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yerning suv qobig‘i, uning tarkibiy qismlari. Yerdagi suv turli holatlarda bo‘lishi, suvning tabiatda aylanishi. Dunyo okeani va uning qismlari. Dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlar.



    19-mavzu: Okean suvlarining xususiyatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Okean suvlarining xususiyatlari: tiniqligi, harorati, sho‘rligi, okean oqimlari, qalqish, to‘lqinlar. Okeanlardagi o‘simlik va hayvonot, okean va dengizlardan foydalanish hamda muhofaza qilish.



    Amaliy mashg‘ulot: yozuvsiz xaritaga materik va okeanlarni, eng yirik dengiz, qo‘ltiq hamda bo‘g‘izlarni, orol va yarimorollarning nomini yozish.

    20-mavzu: Daryolar (1 soat (A2+: 2 soat))

    Daryo ta’rifi, daryolar manbai, mansabi, bosh daryo va irmoqlar, daryo havzasi, suvayirg‘ich. Tog‘ daryolari va tekislik daryolari, sharsharalar, vodiylar tuzilishi. Daryolarning to‘yinishi va rejimi haqida umumiy tushuncha. Daryolar suvidan foydalanish va muhofaza qilish.



    21-mavzu: Ko‘llar va muzliklar (1 soat (A2+: 2 soat))

    Ko‘l nima? Oqar, oqmas, sho‘r, chuchuk suvli ko‘llar. Kaspiy dengizi, Baykal ko‘li. Orol dengizi. Suv omborlari. Muzliklar. Muzliklarning hosil bo‘lishi, qor chizig‘i, muzliklarning turlari. Tog‘ muzliklari, ularning ahamiyati.



    22-mavzu: Yer osti suvlari Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yer osti suvlari, suv o‘tkazadigan, suv o‘tkazmaydigan jinslar, grunt suvlari va qatlamlararo suvlar. Buloqlar, artezian suvlar. Yer osti suvlaridan foydalanish va muhofaza qilish.



    Amaliy mashg‘ulot: dunyodagi eng yirik daryo va ko‘llarning ro‘yxatini daftarga yozish.
    6- bob. Yerning havo qobig‘i – Atmosfera (7 soat (A2+: 14 soat))

    23-mavzu: Atmosferaning tuzilishi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yerning havo qobig‘i, havoning tarkibi, atmosferaning qatlamli tuzilganligi. Atmosferaning ahamiyati, atmosferani o‘rganish usullari.



    24-mavzu: Havo harorati va bosimi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Havo harorati, termometr. Havo haroratining kecha-kunduz, yil davomida o‘zgarib turishi, havo harorat sutkalik va yillik amplitudasi. O‘rtacha sutkalik, oylik, yillik haroratlar. Havo bosimi, barometr. Havo bosimi va haroratining balandlik bo‘yicha o‘zgarishi.



    25-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 2 soat))

    Havoning o‘rtacha sutkalik haroratini berilgan qiymatlar asosida hisoblash. Havo harorati yillik amplitudasini hisoblash. Havo harorati va bosimining balandlik ortishi bilan o‘zgarishiga oid masalalar.



    26-mavzu: Shamol (1 soat (A2+: 2 soat))

    Shamol, shamolning hosil bo‘lishi. Briz shamoli. Sayyoraviy doimiy shamollar: passatlar, g‘arbiy shamollar va mussonlar. Mahalliy shamollar, tog‘-vodiy shamollari. Shamolning yo‘nalishi va kuchini aniqlash. Flyuger. Anemometr. Shamol kuchidan foydalanish va shamoldan dalalarni muhofaza qilish.



    27-mavzu: Havo namligi va yog‘inlar (1 soat (A2+: 2 soat))

    Havodagi suv bug‘i, mutlaq va nisbiy namlik. Tuman, shudring, qirovning hosil bo‘lishi. Bulutlar va ularning turlari. Yog‘inlar. Yog‘in turlari, yog‘in miqdorini o‘lchash. O‘zbekistonda yog‘in miqdori. Namlanish koeffitsienti.



    28-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 2 soat))

    Havo namligini hisoblashga oid masalalar yechish. Namlanish koeffitsientini hisoblash.



    29-mavzu: Ob-havo va iqlim (1 soat (A2+: 2 soat))

    Ob-havo nima? Ob-havo hodisalari. Ob-havo bashorati va uning amaliy ahamiyati. Iqlim nima? Iqlimning asosiy 2ta tavsifi: issiqlik va namlik darajasi. Yer yuzida sayyoramiz sharsimonligi tufayli Quyosh yorug‘ligi va issiqligining notekis taqsimlanishi, iqlimning geografik kenglikka bog‘liqligi. Havo massalari. Dengiz va kontinental havo massalari va shularga mos keladigan iqlim tiplari. Iqlimga relyefning ta’siri. O‘zbekiston iqlimi o‘ziga xosligi va uning hosil bo‘lish sabablari haqida dastlabki tushuncha.


    7-bob. Yerning hayot qobig‘i – Biosfera (2 soat (A2+: 4 soat))
    30-mavzu: Tirik organizmlarning tabiatdagi o‘rni. (1 soat (A2+: 2 soat))

    Tirik organizmlarning tabiatdagi o‘rni, Yerning biosfera qobig‘i, uning mohiyati va chegaralari. Yer yuzida o‘simlik va hayvonlarning turli-tumanligi, ularning o‘zaro aloqada ekanligi va ta’sir etib turishi. Tirik organizmlarning Yer yuzida notekis tarqalganligi va buning tabiiy sharoitga bog‘liqligi. O‘simlik va hayvonlarga insonning ta’siri.



    31-mavzu: Tirik organizmlarning Yer qobiqlariga ta’siri. Tuproq (1 soat (A2+: 2 soat))

    O‘simlik va hayvonlarning Yer qobiqlariga – atmosfera, gidrosfera va litosferaga ta’siri. Tuproq. Uning ahamiyati. Tuproqning o‘simlik va hayvonlar hayot faoliyati natijasi ekanligi. Chirindi (gumus) va uning ahamiyati. Tuproqni muhofaza qilish.



    Amaliy mashg‘ulot: o‘z yashash joyida o‘sadigan o‘simliklarning o‘tlar, butalar, daraxtlar, madaniy o‘simliklar ro‘yxatini tuzish. O‘z yashash joyidagi hayvonlarni hashorotlar, qushlar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar ro‘yxatini tuzish. O‘z yashash joyidagi o‘simlik va hayvonlarga inson ta’sirini o‘rganish.
    8-bob. Tabiat komplekslari. Inson va tabiat (3 soat (A2+: 6 soat))

    32-mavzu: Geografik qobiq va tabiat komplekslari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Geografik qobiq. Yer qobiqlarining o‘zaro ta’siri va geografik qobiqni tashkil etishi, tabiat komponentlari va ularning uyg‘unligi, tabiat komplekslari.



    33-mavzu: Tabiat zonalari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Tabiat komplekslarining kenglik zonalligi va balandlik mintaqalanishi. Tabiat zonalarining vujudga kelishi, yer yuzida almashinishi. Tog‘larda balandlik mintaqalanishi qonuniyati va uning sabablari. O‘zbekiston asosan cho‘l va chalacho‘llar zonasida joylashganligi, bu zonalar tabiati. O‘zbekistondagi tog‘larda balandlik mintaqalanishning ro‘y berishi.



    Amaliy mashg‘ulot: o‘z yashash joyining tabiat komplekslarini, unga inson ta’sirini kuzatish, tabiat kompleksini yaxshilash va tabiatdan to‘g‘ri foydalanish haqida takliflar tayyorlash.

    34-mavzu: Inson va tabiat (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yer yuzi aholisi, uning tabiiy sharoitga bog‘liq ravishda joylanishi. Tabiatning inson hayotidagi o‘rni, tabiiy resurslar haqida dastlabki tushuncha. Insonning tabiatga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’siri, tabiat komplekslarining o‘zgarishi, tabiatni muhofaza qilish.


    Mavzularni o‘rganish uchun- 34 soat (A2+: 68 soat))
    O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
    Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

    A2

    Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofidagi harakatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi. Kompas bilan ufq tomonlarni aniqlaydi, masofani ruletka yordamida yoki qadamlab o‘lchay oladi. Zilzila va vulqon hodisalari vujudga kelish sabablarini, zilzila paytida o‘zini tutish qoidalarini; gidrosferaning qismlarini, suvning tabiatda aylanishiniga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Ob-havo daftarida qayd qilib borilgan ma’lumotlar asosida sutkalik, oylik, yillik o‘rtacha havo harorati, havo harorati amplitudasini topa oladi; termometr, va barometr yordamida havo harorati va havo bosimini, shamol yo‘nalishi va tezligini fluger va anemometr asboblari yordamida o‘lchashni tushunadi va tushuntira oladi. Tabiatning inson hayotidagi o‘rni, insonning tabiatga ko‘rsatadigan ta’sirini kuzatadi, tushunadi va aytib bera oladi.



    A2+

    termometr, va barometr yordamida havo harorati va havo bosimini, shamol yo‘nalishi va tezligini fluger va anemometr asboblari yordamida o‘lchaydi va aniqlay oladi.



    Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

    A2

    materiklar, okeanlar, dengizlar, dunyodagi yirik orol va yarimorollar, tog‘ va tekisliklar, daryo va ko‘llar, tabiat zonalarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.



    A2+

    materiklar, okeanlar, dengizlar, dunyodagi yirik orol va yarimorollarni yozuvsiz xaritaga tushuradi va ularni nomlarini to‘g‘ri yoza oladi.


    Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

    A2

    xarita masshtabi asosida yer yuzidagi haqiqiy masofani aniqlay oladi. Joy plani bilan geografik xarita farqini tushunadi. Geografik xaritalardagi daraja to‘ri (meridian va parallellar) yordamida geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini aniqlay oladi. Globus va geografik xaritalardan materik, okean, eng yirik dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘iz, orol va yarimorollarni; Yer yuzidagi eng baland tog‘ va yirik tekisliklarni, katta daryo va ko‘llarni topa oladi.



    A2+

    geografik xaritalardan materik, okean, eng yirik dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘iz, orol va yarimorollarni; Yer yuzidagi eng baland tog‘ va yirik tekisliklarni, katta daryo va ko‘llarni aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushura oladi.


    Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

    A2

    suvni tejash va uni muhofaza qilishni, shamolning inson xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyatini; o‘simlik va hayvonot olamidan oqilona foydalanishni; tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni; o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlarning havo, suv va tuproqqa ta’sirini, tabiat komponentlarining uyg‘unligini, ularning bir biriga ta’sirini tushunadi, misollar bilan izohlaydi.



    A2+

    tabiatni muhofaza qilish va ekologik tadbirlarida ishtirok eta oladi.



    6-sinf

    GEOGRAFIYa

    (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)

    (68 soat haftasiga 2 soat (A2+:102 soat haftasiga 3 soat))
    O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

    Kommunikativ kompetensiya:

    A2

    mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish.

    A2+


    materiklar va okeanlar tabiatiga doir turli manbalardan foydalanib ma’lumotlar topish.

    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

    A2

    geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topish va ularni tahlil qila olish, media-madaniyatga rioya qilish.



    A2+

    Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topish va mavzularga doir qizikarli referatlar tayyorlash.



    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    A2

    bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; halol va to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, do‘stona tanqidni to‘g‘ri qabul qilish, atrofidagi tabiat manzaralari va madaniy landshaftlarni estetik xis etish.



    A2+

    tabiat manzaralari va madaniy landshaftlari o‘zgartirilgan hududlarni manbalardan topa olish.



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

    A2

    maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish.



    A2+

    Tabiatni muxofaza qilishga oid tadbirlarda o‘z fikrini dadil bayon etish.



    Milliy va umummadaniy kompetensiya:

    A2

    umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik sayohat va kashfiyotlar tarixini insoniyat tarixining ajralmas qismi sifatida angilash, o‘zgalarning milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish.



    A2+

    Yer yuzining kashf etilishida o‘z hissasini qo‘shgan geograf sayohatchi va kashfiyotchilar haqida ma’lumotlar to‘plash.



    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

    A2

    Yer yuzi tabiati, aholisining hayoti va ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etishning zamonaviy usul va texnik vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish, hisob-kitob bilan ish yuritish.



    A2+

    Globus va xaritalardan materiklar va okeanlarning joylashgan o‘rnini, geografik koordinatalarini aniqlab topish.


    1-mavzu: “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” nimani o‘rganadi? (1 soat (A2+: 2 soat))

    Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o‘rganiladi. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining maqsadi va vazifalari, tarkibiy tuzilishi. Yer yuzining quruqlik va okeanlarga bo‘linishi, materiklar va qit’alar, okeanlar haqida tushuncha, ularning tarkibiy qismlari. Qirg‘oq chizig‘i.



    2-mavzu: Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar va globuslar (2soat)

    Globus, uning yaratilish tarixi, globuslarning masshtablari. Geografik xaritalar, hududining katta-kichikligi, masshtabi, mazmuni, maqsadiga ko‘ra turlari. Geografik atlaslar va ularning turlari.



    Amaliy mashg‘ulot: Atlasdagi dunyoning tabiiy xaritasidan materik, qit’a va okeanlarni topish, ularni geografiya daftariga yozish.
    1-bob. Geografik qobiq (10 soat (A2+: 20 soat))

    3-mavzu: Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Geografik qobiqning tavsifi, yuqori va quyi chegaralari. Ozon qatlami. Geografik qobiqning xususiyatlari, tuzilishi, tarkibiy qismlari.



    4-5-mavzu: Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlari ( 2soat (A2+: 4 soat))

    Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari: nobiogen, biogen, antropogen bosqichlar. Geoxronologik jadval. Eralar va burmalanishlar haqida dastlabki tushuncha.

    Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari: bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi.

    6-mavzu: Litosfera va Yer relyefi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Litosfera va Yer po‘sti tushunchalari, qalinligi. Yer po‘stining kontinental (materik) va okean tiplari. Litosfera plitalari va ularning harakatlari. Platforma va geosinklinallar. Yer po‘stining tektonik xaritasi. Yer yuzasi relyefi, asosiy relyef shakllari, tog‘ va tekisliklar.



    7-mavzu: Materik va okeanlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi

    (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yer va litosferaning paydo bo‘lishi. Dekart-Kant-Laplas gipotezasi. Materiklar va okean botiqlarining paydo bo‘lishi. Mobilizm. A.Vegener ta’limoti, litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi. Litosfera plitalarining harakat mexanizmi.



    8-mavzu: Gidrosfera uning tarkibiy qismlari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Gidrosfera. Uning tarkibiy qismlari, tavsifi, bir butunligi va tarkibiy qismlari. Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muzlik va yer osti suvlari, ko‘p yillik muzloq yerlar.



    9-10-mavzu: Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari (2 soat (A2+: 4 soat))

    Atmosfera tavsifi, tarkibi, qalinligi, qatlamlari. Troposferaning o‘ziga xos jihatlari. Iqlim va iqlimni hosil qiluvchi omillar: geografik kenglik, havo massalari (ekvatorial, tropik, mo‘tadil va qutbiy), relyef, yer yuzasi holati, okean oqimlari. Iqlim xaritalari va iqlim diagrammalari.

    Iqlim mintaqalari, ularning shakllanish sabablari: issiqlikning Yer yuzida notekis taqsimlanishi va havo massalarining xilma-xilligi. Asosiy va oraliq iqlim mintaqalarining xususiyatlari.

    11-mavzu: Tabiat komplekslari va ularning almashinishi va zonalligi (1 soat (A2+: 2 soat))

    Tabiat komponentlari, tabiat komplekslari (landshaftlar), tabiiy va antropogen landshaftlar. Kenglik va uzunlik bo‘yicha tabiat komplekslarining almashinishi.Tog‘ va okeanlarda tabiat komplekslarining almashinishi.



    12-mavzu: Yer yuzi aholisi, irqlar (1 soat (A2+: 2 soat))

    Yer yuzi aholisi, irqlar. Aholining joylanish xususiyatlari, tabiat bilan aloqadorligi, antropogen landshaftlar.


    2-bob. Dunyo okeani (5 soat (A2+: 10 soat))

    13-mavzu: Dunyo okeani va uning qismlari (1 soat (A2+: 2 soat))

    Dunyo okeani, uni o‘rganish tarixi va qismlari. Buyuk geografik kashfiyotlar davri. Mashhur dengizchilar kashfiyoti. Dunyo okeani va uning qismlari haqidagi fikrlar. Uchta-Tinch, Atlantika, Hind okeanlari; to‘rtta-Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari; beshta-Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy okeanlar. Dunyo okeanida 67 ta dengiz mavjudligi.




    Download 0.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Geografiya nimani o‘rganadi? (1 soat (A2+: 2 soat))

    Download 0.79 Mb.