O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi




Download 0.79 Mb.
bet9/10
Sana31.12.2019
Hajmi0.79 Mb.
#6702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

A2

geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish.



A2+

kundalik hayotda duch keladigan geografik mazmunga ega bo‘lgan jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish va tushuntirib bera olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, o‘zining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.



A2+

maktabda, mahallasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik mavzularda o‘tkaziladigan

tadbirlarda ishtirok etish va o‘z fikrini bildira olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qilish, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni ishlab chiqish, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intilish va ahamiyatini anglash.



A2+

tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qilish.


Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.



A2+

geografik dunyoqarash va tafakkur asosida atrofimizdagi olamni ob’ektiv holda baholay olish


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

jadval, diagramma va grafiklarni tuzish, ularning mazmunini tahlil qila olish, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish, fan-texnika yutuqlarini muhimligini anglash.



A2+

mutlaq va nisbiy statistik ko‘rsatkichlar bilan ishlay olish, ularni to‘g‘ri solishtira olish, proporsiyalar tuzish orqali nisbiy ulushlarni aniqlay olish.


I BO‘LIM. Jahonning umumiy ta’rifi

1-bob. Jahonning siyosiy xaritasi (4 soat (A2+: 8 soat))

1-mavzu: Jahonning siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Jahon siyosiy xaritasi tushunchasi. Xozirgi vaqtdagi jahon siyosiy haritasidagi davlatlar soni, ularning maydoni bo‘yicha eng yirik va eng kichiklari. Davlatlarning geografik o‘rni jihatidan tasniflanishi – orol, yarimorol, dengizbo‘yi, ichki kontinental mamlakatlar. Jahon siyosiy xaritasidan ohirgi 25-30 yildagi o‘zgarishlar – Cobiq Ittifoq va Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning bo‘linishi, Germaniyaning birlashishi, Eritreya, Sharqiy Timor, Janubiy Sudanning mustaqillikka erishishi.



2-mavzu: Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bo‘yicha tasnifi (1 soat (A2+: 2 soat))

Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatidan tasniflanish mezonlari. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, ularning asosiy guruhlari. O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar.



3-mavzu: Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi bo‘yicha tasniflanishi. Respublika va monarxiya davlatlari, ularning tiplari. Unitar va federativ davlatlar.



4-mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy va geoekologik xaritalar (1 soat (A2+: 2 soat))

Ijtimoiy-iqtisodiy va geoekologik xaritalar. Ularning turlari va ulardan foydalanish. Geografik axborot tizimlari haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya, kosmik texnologiyalar va geografiya.


2-bob. Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi (6 soat(A2+: 12 soat))

5-mavzu: Dunyo tabiiy resurslari (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy resurslar tushunchasi va ularning tasniflanishi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash haqida tushuncha. Tabiiy resurslarning hududiy majmuasi tushunchasi. Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik tushunchasi va uni hisoblash. Jahon mamlakatlarning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi jihatidan guruhlashtirilishi.



6-mavzu: Mineral resurslar geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Dunyoning yirik yoqilg‘i havzalari. Qora va rangli (ayniqsa qimmatbaho) metallar eng ko‘p tarqalgan hududlar. Asosiy foydali qazilmalar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, temir ruda)ning eng katta zahiralariga ega bo‘lgan davlatlar.



7-mavzu: Tugamaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslar geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Agroiqlim, yer, suv, o‘rmon, biologik, geotermal resurslarning geografiyasi.



8-mavzu: Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro aloqadorligi (1 soat (A2+: 2 soat))

Atrof-muhit va geografik muhit tushunchalari. Geografik muhitning kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi. Insoniyatning sayyoramiz tabiatiga ko‘rsatadigan ta’siri, landshaftlarning antropogenlashuvi va madaniylashuvi, antropogen, madaniy va buzilgan landshaftlar haqida tushuncha. Tabiatdan foydalanish tushunchasi. Ekstensiv va intensiv tabiatdan foydalanish.



9-mavzu: Zamonaviy ekologik muammolar (1 soat (A2+: 2 soat))

Ekologik muammo tushunchasi. Ekologik muammolarning 3 pog‘onasi: global, mintaqaviy va mahalliy. Eng dolzarb global ekologik muammolar: “issiqxona effekti”, ozon “tuynuklari”, cho‘llanish, o‘rmonsizlanish, ichimlik suvi tanqisligi, bioxilmaxillikni saqlash. Ekologik siyosat.



10-mavzu: Ekologik muammolar va geografiya fani. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Ekologik muammolar kelib chiqishida geografik muhitdagi muvozanat buzilishining roli. Ekologik muammolarni hal qilishda geografik bilimlarning ahamiyati, geografiya fanining bu boradagi salohiyati.


3-bob. Jahon aholisi (5 soat(A2+: 10 soat))

11-mavzu: Dunyo axolisining soni va o‘sishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Dunyo axolisining soni va o‘sishi. Tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari. Aholi ko‘payishining turlari. Demografik o‘tish, demografik portlash va demografik siyosat tushunchalari.



12-mavzu: Aholining joylanishi va migratsiyalar (1 soat (A2+: 2 soat))

Aholining notekis joylanishi va zichligi. Jahon aholisining qit’alar kesimida joylanishi. Aholisi eng ko‘p davlatlar. Jahondagi aholi eng zich joylashgan areallar. Jahondagi zamonaviy migratsiya jarayonlari.



13-mavzu: Dunyo aholisining jinsiy, yosh bo‘yicha, irqiy tarkibi (1 soat (A2+: 2 soat))

Dunyo aholisining jinsiy tarkibi. Dunyo aholisining yosh bo‘yicha tarkibi. Yosh-jins piramidalar. Dunyo aholisining irqiy tarkibi. Asosiy va aralash irqlar.



14-mavzu: Dunyo aholisining etnik va diniy tarkibi (1 soat (A2+: 2 soat))

Til oilalari va guruhlari, ularning geografiyasi. Jahondagi eng yirik til oilalari, guruhlari va millatlar. Jahondagi yirik dinlar va ularning geografiyasi.



15-mavzu: Jahon urbanizatsiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Shahar aholisi va uning o‘sishi. Urbanizatsiya tushunchasi, xususiyatlari, urbanizatsiya darajasiga ko‘ra mamlakatlarning toifalarga bo‘linishi. Aglomeratsiya va megalopolislar.


4-bob. Jahon xo‘jaligi (10 soat (A2+: 20 soat))

16-mavzu: Fan-texnika inqilobi (1 soat (A2+: 2 soat))

Fan-texnika inqilobi haqida tushuncha. Asosiy xususiyatlari: ko‘p qirraliligi, qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yuborishi, insonning ishlab chiqarishdagi o‘rnining tubdan o‘zgarishi. Fantalab tarmoqlar. Ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari: elektronlashtirish, kompleks avtomatlashtirish, energetika xo‘jaligini qayta qurish, yangi materiallar ishlab chiqarish, biotexnologiya, koinotni o‘zlashtirish, nanotexnologiyalar.



17-mavzu: Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Jahon xo‘jaligi tushunchasi. Xalqaro mehnat taqsimoti haqida tushuncha. Xalqaro ixtisoslashuv va uning omillari. Jahon xo‘jaligi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi sektorlardan iborat ekanligi. Jahon iqtisodiyoti sektorlar tarkibi, uning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi farqlanishi.



18-mavzu: Jahon iqtisodiyoti markazlari va xalqaro integratsiya jarayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Jahon xo‘jaligining geografik “modeli” ning ko‘p markazlilik xususiyati. Xozirgi zamonda tez o‘sib borayotgan iqtisodiy markaz va qutblar. Xalqaro va regional iqtisodiy integratsiya jarayonlari. Transmilliy korporatsiyalar.



19-mavzu: Jahon energetikasi geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Yoqilg‘i-energetika sanoatining tarkibi. Jahon yoqilg‘i-energetika balansi. Neft va gaz zahiralari joylashgan asosiy hududlar. Neft va gazni qazib oladigan va eksport qiladigan asosiy davlatlar. Neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar ittifoqi – OPEK. Ko‘mir sanoati. Ko‘mir qazib oladigan yirik davlatlar. Elektroenergetika va uning asosiy tarmoqlari: issiqlik energetikasi, gidroenergetika, atom energetikasi, noan’anaviy energiya resurslari (geotermal, shamol, to‘lqin, quyosh, qalqish energetikasi).



20-mavzu: Jahon metallurgiya va kimyo sanoati geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Metallurgiya sanoati: qora metallurgiya. Joylanish turlari: toshko‘mir havzalari, temir ma’dani havzalari, kokslanadigan ko‘mir va temir ma’dani keltirishga, iste’molchiga tayanish. Qora metallurgiya rivojlangan davlatlar. Rangli metallurgiya. Rivojlanayotgan mamlakatlarda metallurgiya sanoatining rivojlanishi. Kimyo sanoati: to‘rt eng asosiy hudud: AQSh, G‘arbiy Yevropa, MDH, Yaponiya. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kimyo sanoatining shakllanishi va rivojlanishidagi asosiy xususiyatlari. Metallurgiya va kimyo sanoatining ekologik omillar ta’sirida rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chib o‘tishi.



21-mavzu: Jahon mashinasozlik va yengil sanoati geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Mashinasozlik. Uning 4 eng asosiy hududi: a) Shimoliy Amerika; b) G‘arbiy Yevropa; v) Sharqiy va Janubiy-sharqiy Osiyo; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi. Mashinasozlik bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlar. Osiyo va Lotin Amerikada mashinasozlikning yuksalib borishi. To‘qimachilik korxonalari rivojlangan rayonlar. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yengil sanoatining rivojlanishidagi o‘zgarishlari. Rivojlanayotgan davlatlarning yengil sanoat mahsulotlarni eksport qiladigan davlatlarga aylanishi.



22-mavzu: Jahon dehqonchiligi geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi ikkinchi tarmog‘i. Iqtisodiy jihatdan turlicha rivojlangan davlatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos rivojlanishi. Tovar va iste’mol qishloq xo‘jaligi. Don ekinlari. Bug‘doy, sholi va makkajo‘xori ekiladigan asosiy rayonlar. G‘alla eksport qiladigan asosiy mamlakatlar: AQSh, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Argentina. Moyli ekinlar, ildizmevali ekinlar. Quvvat beruvchi, tolali o‘simliklar.



23-mavzu: Jahon chorvachilik va baliqchiligi (1 soat (A2+: 2 soat))

Chorvachilik, asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik. Qishloq xo‘jaligi va atrof muhit. Baliqchilik. Dengizlarda, okeanlarda va daryolarda baliq tutish.



24-mavzu: Transport geografiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Transport moddiy ishlab chiqarishning uchinchi yetakchi tarmog‘i. Jahon transport geografiyasi sistemasidagi geografik tafovutlar. Mamlakatlarning ikki guruhi: iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar transporti. Avtomobil va temir yo‘llarning uzunligi va zichligi. Temir yo‘l uzunligiga ko‘ra yetakchi davlatlar. Suv transporti: dengiz transporti, dengiz savdo floti. Jahon portlari. Dengiz kanallari, bo‘gizlari. Ichki suv transporti. Havo transporti. Havo transporti eng rivojlangan davlatlar. Aeroportlar. Transport va atrof-muhit.



25-mavzu: Xalqaro iqtisodiy aloqalar. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Xalqaro savdo. Tovarlar tarkibi. Jahon savdosining geografik taqsimlanishidagi notekislik. Savdo balansi (muvozanati). Kredit-moliya munosabatlari. Xalqaro ishlab chiqarish hamkorligi. Xalqaro xizmat ko‘rsatish sohasi. Xalqaro turizm.


II - BO‘LIM. Jahonning regional tavsifi

5-bob. Yevropa mamlakatlari (11 soat (A2+: 22 soat))

26-mavzu: Yevropaning geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi va undagi so‘nggi o‘zgarishlar. Subregionlarga bo‘linishi (Shimoliy Yevropa, G‘arbiy, yoki O‘rta Yevropa, Janubiy Yevropa va Sharqiy Yevropa)



27-mavzu: Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari (1 soat (A2+: 2 soat))

Yevropa tabiiy sharoiti. Yoqilg‘i, mineral, agroiqlim, suv, o‘rmon resurslari.



28-mavzu: Yevropa mamlakatlarining aholisi (1 soat (A2+: 2 soat))

Aholisi va uning asosiy ko‘rsatkichlari. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari.



29-mavzu: Yevropa mamlakatlarining xo‘jaligi (1 soat (A2+: 2 soat))

Xo‘jaligining umumiy ta’rifi, integratsion jarayonlar. Yevropa Ittifoqi.



30-mavzu: Yevropa sanoati va qishloq xo‘jaligi (1 soat (A2+: 2 soat))

Sanoatning asosiy tarmoqlari: yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, o‘rmon, yengil sanoat. Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligining (Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa va Janubiy Yevropa) turlari. Baliqchilik.



31-mavzu: Yevropa iqtisodiy rayonlari tiplari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqtisodiy rayonlari tiplari. Rivojlanishning “markaziy o‘qi”. Yuksak rivojlangan, eski sanoat, port-sanoat, intensiv agrar, qoloq agrar va yangi o‘zlashtirilayotgan rayonlar.



32-mavzu: Transport, turizm va ekologik muammolari (1 soat (A2+: 2 soat))

Transporti: temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, daryo, dengiz, havo, quvur transporti. Dam olish va turizm hududlari. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolar.


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2

jahon siyosiy xaritasining xozirgi zamondagi holatini va eng yangi tarixiy davrda o‘zgarganligini; rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning asosiy guruhlari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlarni; boshqaruv va davlat tuzilish shakllarini, tabiiy resurslar, davlatlarning resurslar bilan ta’minlanganligini; tabiiy resurslarning geografik tarqalish qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti jarayoni mohiyatini, fan-texnika inqilobi ta’sirida qanday o‘zgarganligini ma’lumotlar asosida izohlay oladi; jahon sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibi, eng asosiy markazlarini; jahon qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining hududiy tarkibi, markazlarini, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini; Yevropa qit’asining geografik o‘rni, siyosiy xaritasi, tabiiy resurslari, aholisi, xo‘jaligining umumiy xususiyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi.



A2+

geografik tarqalish qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muhitning kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, landshaft qobig‘ining antropogenlashuvini; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ro‘y berayotgan demografik va migratsion, urbanizatsiya jarayonlarni kuzatadi va ma’lumotlar asosida tushunadi va tushuntira oladi.



Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A2

jahonning yirik mamlakatlari va ularning poytaxtlarini, xalqaro iqtisodiy va siyosiy tashkilotlarni; yirik aglomeratsiya va megalopolislarni; yirik sanoat rayonlarini, yirik portlar, kanallar, bo‘g‘izlar nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi.



A2+

geografik ob’ektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, (hudud)ning toponimikasini ayta oladi.



Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A2

globus, geografik atlas va xaritalardan davlatlar ularning poytaxtlarini geografik o‘rnini aniqlaydi. Dunyoning siyosiy xaritasini, aholi, sanoat, qishloq xo‘jalik, transport haritalarini yozuvsiz xaritada aks ettira oladi.



A2+

geografik atlas va xaritalardan davlatlar ularning poytaxtlarini geografik o‘rnini aniqlaydi va geografik tadqiqotlarda, turizm, sayohatlarda foydalana oladi.


Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A2

insoniyatning global miqyosidagi tabiiy muhitga ta’sirini, dolzarb global ekologik muammolar, ularning kelib chiqishi, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va yechimini topishda geografiya fanining o‘rnini, zamonaviy sanoat ishlab chiqarishining tabiiy muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini tahlil qila oladi.



A2+

tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etadi va o‘z fikrini bayon eta oladi.


33-mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi.



34-mavzu: GFR xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari.



35-mavzu: Rossiya Federatsiyasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi.



36-mavzu: Rossiya Federatsiyasi xo‘jaligi (1 soat (A2+: 2 soat))

Xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari.


6-bob. Osiyo mamlakatlari (19 soat (A2+: 38 soat))

37-mavzu: Osiyo geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy bosqichlari. Subregionlarga bo‘linishi (Janubi-G‘arbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo).



38-mavzu: Osiyo mamlakatlari tabiiy sharoiti va resurslari (1 soat (A2+: 2 soat))

Osiyo tabiiy sharoiti. Yoqilg‘i, mineral, agroiqlim, suv, o‘rmon resurslari.



39-mavzu: Osiyo mamlakatlari aholisi (1 soat (A2+: 2 soat))

Osiyo aholisining joylashuvi, tarkibi, demografik jarayonlari, urbanizatsiyasi.



40-mavzu: Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi (1soat (A2+: 2 soat))

Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni jihatidan guruhlashtirish.



41-mavzu: Markaziy Osiyo mamlakatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Markaziy Osiyo tushunchasining siyosiy-geografik mazmuni, tabiiy geografiyada ishlatiladigan “Markaziy Osiyo” tushunchasidan farqlanishi. Mintaqa mamlakatlariga umumiy iqtisodiy geografik tavsif. Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlari.



42-mavzu: Qozog‘iston Respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Qozog‘istonning hududiy chegaralari, aholisi, tabiiy sharoitiga, tabiiy resurslariga xo‘jalik va siyosiy jihatdan baho berish. Xo‘jaligiga umumiy tavsif, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, siyosiy va iqtisodiy aloqalari, O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari



43-mavzu: Qirg‘iziston Respublikasi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Qirg‘izistonning hududiy chegaralari, aholisi, tabiiy sharoitiga, tabiiy resurslariga xo‘jalik va siyosiy jihatdan baho berish. Xo‘jaligiga umumiy tavsif, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, siyosiy va iqtisodiy aloqalari, O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari.



44-mavzu: Turkmaniston va Tojikiston Respublikalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Ikki mamlakatning geografik o‘rni, hududiy chegaralari haqida ma’lumotlar. Tabiiy resurs salohiyati, aholi joylashuvi, xo‘jaligining tarkibi va ixtisoslashuvi, bu jihatdan o‘zaro farqlanishi va bunga mamlakatlar tekislik yoki tog‘larda joylashganligining ta’siri. O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalari.



45-mavzu: Amaliy ish (1 soat (A2+: 2 soat))

Amaliy ish – mintaqa mamlakatlarining qiyosiy-geografik tavsifi.



46-mavzu: Turkiya (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, tabiiy sharoiti va resurslariga xo‘jalik jihatdan tavsif. Aholisi, xo‘jaligi. Tashqi iqtisodiy aloqalari.



47-mavzu: Eron, Afg‘oniston, Pokiston (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, tabiiy sharoiti va resurslariga xo‘jalik jihatdan tavsif. Aholisi, xo‘jaligi. Tashqi iqtisodiy aloqalari.



48-mavzu: Xitoy Xalq respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi, demografik siyosati.



49-mavzu: Xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Xo‘jaligi, sanoati va qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari. Iqtisodiy zonalari (sharqiy, markaziy, g‘arbiy).



50-mavzu: Koreya Respublikasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va uning ko‘rsatkichlari. Xo‘jaligi. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti.



51-mavzu: Yaponiya. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va uning ko‘rsatkichlari.



52-mavzu: Yaponiya iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Xo‘jaligi. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Qishloq xo‘jaligi. Transporti. Iqtisodiyotidagi ichki tafovutlari.



53-mavzu: Hindiston (1 soat (A2+: 2 soat))

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi.



54-mavzu: Hindiston iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Xo‘jaligi, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti. iqtisodiyotidagi ichki tafovutlari.



55-mavzu: Fors qo‘ltig‘i Arab mamlakatlari davlatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasining shakllanishi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Yoqilg‘i-energetika resurslari va ularning mintaqa davlatlari xo‘jaligi rivojlanishidagi ahamiyati. Aholisi. Sanoati va qishloq xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlari.



56-mavzu: Indoneziya, Malayziya, Singapur (1 soat (A2+: 2 soat))

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Davlat tuzumi. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi. Xo‘jaligining xalqaro ixtisoslashgan sohalari.


7-bob. Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika mamlakatlari

12 soat (A2+: 24 soat))

57-mavzu: Afrika geografik o‘rni va siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Maydoni, chegaralari, geografik o‘rni. Siyosiy xaritasi shakllanishidagi asosiy bosqichlar va o‘ziga xos xususiyatlari. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasi. Afrika subregionlari.



58-mavzu: Tabiiy resurslari va aholisi. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat)) Tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari: mineral, yer, suv, biologik, rekreatsiya. Aholisining joylanishi, takror barpo bo‘lishining xususiyatlari. Aholi madaniy tarkibi jihatidan Shimoliy (Arab) Afrika va Tropik Afrikaga bo‘linishi. Urbanizatsiya darajasi va shaharlari.


Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi

Download 0.79 Mb.