-mavzu: Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyefi




Download 0.79 Mb.
bet5/10
Sana31.12.2019
Hajmi0.79 Mb.
#6702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

14-mavzu: Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyefi (1 soat (A2+: 2 soat))

Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi, okean tubi relyefi. Materik sayozligi (shelf), materik yonbag‘ri (batial), okean tubi (abissal), cho‘kmalar.



15-mavzu: Okean suvining xususiyatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Okean suvlarining harorati, sho‘rligi va oqimlari. Okean suvining harorati. Haroratning kenglik va chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishi. Okean suvlarining sho‘rligi, o‘rtacha sho‘rligi, eng sho‘r va chuchuk dengizlar. Eng sho‘r mintaqalar. Okean oqimlari. Sovuq va iliq oqimlar. Qalqish, to‘lqinlar.



16-mavzu: Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri (1 soat (A2+: 2 soat))

Dunyo okeani issiqlik «akkumulatori», «okean – atmosfera – quruqlik - okean» tizimi va uning tahlili. Dengiz va kontinental havo massalarining «okean-quruqlik» tizimidagi holati. Musson oqimlari, passat oqimlari, oqimlarning hosil bo‘lishida shamollar va Koriolis kuchining o‘rni. Oqimlarning materiklar tabiatiga ta’siri.



17-mavzu: Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish.

Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Dunyo okeanining boyliklari va ulardan foydalanish. Okeanning biologik, kimyoviy, ma’danli va yoqilg‘i-energetika resurslari, ularning tarqalishi va foydalanish. Dengiz transporti, yirik portlar va shaharlar. Dengiz turizmi. Dunyo okeanining ifloslanishi, uni muhofaza qilish.



Amaliy mashg‘ulot: Yozuvsiz xaritaga Dunyo okeani qismlarini, oqimlarini tushirish. Atlasdagi xaritalar yordamida okean suvining harorati, sho‘rligi, muzlash xususiyatlarini tavsiflash.
3-bob. Materiklar va okeanlar tabiati

Afrika materigi (51 soat (A2+: 102 soat))
18-mavzu: Afrika materigining geografik o‘rni, o‘rganish tarixi (1 soat (A2+: 2 soat))

Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, chekka nuqtalari, tabiatini o‘rganish tarixi. Afrika qadimgi sivilizatsiya markazi. Ibn Battuta, B.Dias, Vasko da Gama, D.Livingston, G.M.Stenli, V.Yunker, N.I.Vavilov tadqiqotlari va sayohat yo‘nalishlari.



19-mavzu: Geologik tuzilishi, relyefi va foydali qazilmalari (1soat (A2+: 2 soat))

Geologik tuzilishi, platforma va quruqlik yuzasidagi eng yirik yer yorig‘i. Relyefi. «Past» va «Baland» Afrika. Foydali qazilmalarning tog‘ jinslari va tektonik tuzilmalar bilan bog‘liqligi.



20-mavzu: Materik iqlimining xususiyatlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimi: tarkib topishi va xususiyatlari. Iqlimining tarkib topishi. Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim xususiyatlari. Eng issiq materik.



21-mavzu: Afrikaning iqlim mintaqalari (2-soat)

Iqlim mintaqalari. Iqlim mintaqalarining geografik joylashish qonuniyatlari. Asosiy va oraliq iqlim mintaqalari; bitta ekvatorial va ikkitadan subekvatorial, tropik, subtropik iqlim mintaqalarining mavjudligi.



22-mavzu: Ichki suvlari Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Ichki suvlari. Daryo va ko‘llari. Nil, Kongo, Niger, Zambezi, Senegal, Oranj daryolari. Afrika ko‘llari: Viktoriya, Tanganika, Nyasa, Chad. Ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimoti: Atlantika, Hind va berk havza suvlari.



23-mavzu: Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar (1 soat (A2+: 2 soat))

Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar tabiati. Tabiat zonalarining geografik tarqalishi, xususiyatlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami.



24-mavzu: Tropik cho‘llar va subtropiklar (1 soat (A2+: 2 soat))

Tropik cho‘llar va subtropiklar tabiati. Tabiat zonalarining geografik tarqalishi, xususiyatlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami.



25-mavzu: Tabiiy geografik o‘lkalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Afrikaning tabiiy sharoitiga ko‘ra tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi. Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika. O‘lkalar tabiati va ularning o‘ziga xosligi.



26-mavzu: Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri (1 soat (A2+: 2 soat))

Afrika aholisi va uning hududiy tarqalishi. Aholisi soni, irqlari, joylashishi. Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish. Milliy bog‘lari, qo‘riqxonalari.



Amaliy mashg‘ulot:

1.Yozuvsiz xaritaga materikning iqlim va tabiat zonalari xaritasini tushirish.

2. Tabiat zonalaridagi o‘simlik va hayvon turlariga oid jadvalni Atlasdagi xaritadan foydalanib to‘ldirish.

27-mavzu: Atlantika okeani (1 soat (A2+: 2 soat))

Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.



28-mavzu: Hind okeani (1 soat (A2+: 2 soat))

Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.


Avstraliya va Okeaniya

29-mavzu: Avstraliyaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi. (1 soat (A2+: 2 soat))

Avstraliyaning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganlishi tarixi, materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi, tog‘ va tekisliklari, eng baland va past joylari.



30-mavzu: Iqlimi, ichki suvlari va tabiat zonalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari. Iqlimi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari. Ichki suvlari, yer usti va yer osti suvlari. Tabiat zonalari, tabiiy geografik o‘lkalari.



31-mavzu: Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri (1 soat (A2+: 2 soat))

Avstraliya aholisi va uning hududiy tarqalishi. Aholisi soni, irqlari, aborigenlar, joylashishi.Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish.



Amaliy mashg‘ulot: Yozuvsiz xaritaga Avstraliyaning tabiiy, iqlim, tabiat zonalari xaritalarini tushirish, o‘simlik va hayvonlarning tabiat zonalari bo‘yicha tarqalishini aks ettiradigan jadval tuzish.

32-mavzu: Takrorlash. Nazorat ishi (1soat)

O‘quv yilining birinchi yarmidagi mavzular yuzasidan takrorlash darsi.




O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A2

tabiatdagi modda va energiya almashinuvi, davriylik, tabiat komplekslarining bir butunligi, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi kabi qonuniyatlarni, tabiatda doimo o‘zgarish va rivojlanish jarayonlari ro‘y berishini; tektonik tuzilish va jarayonlarining Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligiga ta’sirini; iqlim mintaqalarining o‘zaro farqini va ularni vujudga keltiradigan omillarni; tabiat zonalari, balandik mintaqalarining vujudga kelish sabablarni kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzida aholining tarqalishi, irqlarning vujudga kelishiga tabiiy omillarning ta’sirini, tabiiy landshaftlar antropogen landshaftlarga aylanib borish jarayonini kuzatadi va tushunadi.



A2+

dunyo okeani tubining relyefi tektonik tuzilish bilan bog‘liqligini; Yer yuzasida relyef, foydali qazilmalar va geologik tuzilish orasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi tushunadi va misollar bilan izohlay oladi.



Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A2

materiklar, qit’alar, okeanlar, litosfera plitalari, iqlim mintaqalari, tabiat zonalari, orol, yarimorollar, dengizlar, daryolar, ko‘llarning nomlarini, Afrika va Avstraliya materiga tegishli geografik ob’ektlarni, atrofidagi suv havzalari va oqimlar, yirik relyef shakllari (tog‘ va tekisliklari), qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.



A2+

materiklardagi ayrim joy nomlarini toponimini ayta oladi.



Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A2

globus va tabiiy xaritalardan foydalanib materik, qit’a va okeanlarni geografik o‘rnini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Xaritalardan ob’ektlar oralig‘idagi masofalarni (masshtab asosida), o‘quv atlasi xaritalaridan (shartli belgilar yordamida) ob’ektlarning mutlaq balandligi, suv havzalarining chuqurligini, ob’ektlarni geografik koordinatalarini aniqlay oladi, tektonik xarita orqali hududlarning seysmik faolligi, zilzila va vulqonlar, foydali qazilma konlarining joylashuvini aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. iqlim va tabiat mintaqalari xaritalarini, materiklarning tabiiy, iqlim va tabiat zonalari xaritalarini o‘qiy oladi yozuvsiz xaritaga tushira oladi.



A2+

Mavzuga doir amaliy topshiriqlarni bajara oladi.



Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A2

tabiat komplekslarining inson tomonidan o‘zgartirilishini, ko‘plab yovvoiy o‘simlik va hayvonlarning turlari inson xo‘jalik faoliyati tufayli muhofazaga muhtojligini; Dunyo okeanining tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini, materiklardagi ekologik muammolar va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini tushunadi va misollar bilan izohlay oladi. Tabiatni muhofaza qilishga doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.



A2+

o‘z o‘lkasi noyob tabiat ob’ektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish tadbirlarida o‘z fikrini bayon eta oladi.



33-mavzu: Tinch okean (1 soat (A2+: 2 soat))

Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.



34-mavzu: Okeaniya (1 soat (A2+: 2 soat))

Okeaniyaning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, Melaneziya, Mikroneziya va Polineziyaga bo‘linishi, orollarning kelib chiqishiga ko‘ra turlari, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, vulqonlari, foydali qazilmalari, relyefi.



35-mavzu: Okeaniya iqlimi, tabiat zonalari va aholisi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlim mintaqalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Aholisi va uning yashash tarzi.



Antarktida materigi

36-mavzu: Geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi.

Antarktidaning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni. Antarktida va antarktika atamalari, ularning farqlari.o‘rganish tarixi, materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi, muz osti relyefi.



37-mavzu: Iqlimi va tabiat komplekslari (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimi, organik dunyosi. Antarktida iqlimi, «Shamollar oqimi», sayyoramizning «sovuqlik qutbi». Muz qoplami. Organik dunyosi. «Antarktida vohalari». Antarktida-pingvinlar vatani. Materikka tutash dengizlardagi organizmlar. Ekologik muammolari.



Amaliy mashg‘ulot:

1. Atlasdan foydalanib, qoplama muzliklar qalinligini va iqlim xaritasini yozuvsiz xaritalarga tushirish.

2. Mavzularga tegishli atama, tayanch tushuncha va nomlarni geografiya lug‘at daftariga yozish;

3. Antarktidada yashovchi hayvonlarni geografiya daftariga yozish.


Janubiy Amerika materigi

38-mavzu: Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi. (1 soat (A2+: 2 soat))

Materikning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, Amerikaning kashf etilishi, o‘rganilish tarixi (A.Gumboldt sayohatlari). Materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi: tog‘lar va tekisliklar, ularning geografik tarqalishi.



39-mavzu: Iqlimi va ichki suvlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimi va ichki suvlari. Janubiy Amerikaning iqlimi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari, havo harorati, yog‘in-sochinlar. Ichki suvlari, yer usti va yer osti suvlari. Asosiy daryolari: Amazonka, Parana, Orinoko va qo‘llari: Marakaybo, Titikaka.



40-mavzu: Janubiy Amerika tabiat zonalari va balandlik mintaqalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Tekislikdagi tabiat zonalarining va And tog‘larining o‘simlik va hayvonot olami.



41-mavzu: Tabiiy geografik o‘lkalari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy geografik o‘lkalari. Relyefiga ko‘ra tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi: tog‘li g‘arb va tekislikli sharq.



42-mavzu: Janubiy Amerika aholisi (1 soat (A2+: 2 soat))

Janubiy Amerika aholisi va uning hududiy tarqalishi. Aholisi, soni, joylashishi, irqlari, metislar, mulatlar, sambolar. Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish. Milliy bog‘ va qo‘riqxonalari.



Amaliy mashg‘ulot: 1. Yozuvsiz xaritaga Janubiy Amerikaning asosiy relyef shakllari va foydali qazilmalarini tushirish.

2. Yozuvsiz xaritaga materikning iqlim va tabiat zonalari xaritasini tushirish.



Shimoliy Amerika materigi

43-mavzu: Geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi. (1 soat (A2+: 2 soat))

Materikning asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi (vikinglar, Kabot, Gudzon sayohatlari). Materikning paydo bo‘lishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi: tog‘lar va tekisliklar, ularning geografik tarqalishi.



44-mavzu: Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim mintaqalari, havo harorati, yog‘in-sochinlar. Ichki suvlari. Daryolarning okean havzalariga tegishliligi. Missisipi, Makkenzi daryolari. Buyuk ko‘llar tizimi va boshqa yirik ko‘llar. Niagara sharsharasi.



45-mavzu: Shimoliy Amerika tabiat zonalari va balandlik mintaqalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiat zonalari va balandlik mintaqalari. Tabiat zonalarining va Kordilera tog‘larining o‘simlik va hayvonot olami.



46-mavzu: Shimoliy Amerika tabiiy geografik o‘lkalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Tabiiy geografik o‘lkalari. Tabiiy geografik o‘lkalarni ajratishga asos bo‘lgan sabablar (omillar). Sharq-tekislik o‘lkasi va g‘arb tog‘li o‘lka, ularning tabiati.



47-mavzu: Shimoliy Amerika aholisi (1 soat (A2+: 2 soat))

Shimoliy Amerika aholisi va uning hududiy tarqalishi. Aholisi, soni, joylashishi, irqlari, materikka yevropaliklar va Afrikadan qo‘llarning kelishi. Metis va mulatlar. Tabiatiga insonning ta’siri, antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish. Milliy bog‘ va qo‘riqxonalari.



Amaliy mashg‘ulot:

1. Atlasdan foydalanib, yozuvsiz xaritaga materikning relyefi, foydali qazilmalari, milliy bog‘ va qo‘riqxonalarini tushirish.

2. Iqlim mintaqalari va tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tushirish.

3. O‘z tanloviga ko‘ra birorta tabiiy geografik o‘lkaga yoki tabiat zonalariga tavsif yozish.



48-mavzu: Shimoliy Muz okeani Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Asosiy xususiyatlari, geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, okean tubi relyefi, suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari, organik dunyosi, iqlim mintaqalari, insonning xo‘jalik faoliyati, ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.



Yevrosiyo

49-mavzu: Yevrosiyoning geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi (1 soat (A2+: 2 soat))

Yevrosiyoning asosiy xususiyatlari, tabiiy geografik o‘rni, chekka nuqtalari. Yevropa va Osiyo qit’alari. O‘rganilish tarixi. Marko Polo, Afanasiy Nikitin, Nikolay Prjevalskiy sayohatlari.



50-mavzu: Geologik tuzilishi, relyefi, foydali qazilmalari. Relyefi.

(1 soat (A2+: 2 soat))

Geologik tuzilish va foydali qazilmalari. Relyefi. Materikning paydo bo‘lishi, Yevrosiyoning geologik tuzilishi, platformalar va geosinklinal mintaqalar. Relyefi, tog‘lar, Alp-Himolay va Tinch okean tog‘li mintaqalar. Tekisliklar va ularning platformalarga mos kelishi. Foydali qazilmalari, yoqilg‘i va rudali qazilmalarning yirik zahiralari.



51-mavzu: Yevrosiyo iqlimi (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlimi. Materik iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlimini hosil qiluvchi omillar.



52-mavzu: Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Iqlim mintaqalari va ularning hususiyatlari. Arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim



53-mavzu: Issiq iqlim mintaqalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Issiq iqlim mintaqalari. Subtropik, tropik, subekvatorial va ekvatorial mintaqalari.



54-mavzu: Ichki suvlari (1 soat (A2+: 2 soat))

Ichki suvlari. Ichki suvlarining tarqalishi, daryolari, ko‘llari, ko‘p yillik muzloq yerlar.



55-mavzu: Sovuq va mo‘tadil mintaqalaridagi tabiat zonalari (1 soat (A2+: 2soat))

Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari. Arktika mintaqasining tabiat zonalari. Subarktika mintaqasining tabiat zonalari. Mo‘tadil mintaqaning tabiat zonalari.



56-mavzu: Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari (1 soat (A2+: 2 soat))

Subtropik mintaqaning tabiat zonalari. Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi. Subtropik chalacho‘l va cho‘l zonasi. Tropik mintaqa tabiat zonalari. Tropik savannalar zonasi. Subekvatoril mintaqaning tabiat zonalari. Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi. Ekvatorial mintaqaning tabiat zonalari.



57-mavzu: Balandlik mintaqalari. Nazorat ishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Balandlik mintaqalari. Alp va Himolay tog‘lardagi balandlik mintaqalanishining o‘ziga xos jihatlari. Qor chizig‘i va uning tabiiy geografik omillarga bog‘liqligi.



58-mavzu: Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))

Aholi soni va uning hududiy tarqalishi, irqlari, xalqlari. Hududi jihatidan yirik va kichik davlatlari. Aholi soni jihatidan yetakchi davlatlari.



59-mavzu: Antropogen tabiat komplekslari (1 soat (A2+: 2 soat))

Materik tabiatiga insonning ta’siri. Antropogen landshaftlar, ekologik muammolari, tabiatini muhofaza qilish, milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar.



60-mavzu: Materik hududining tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi (1 soat (A2+: 2 soat))

Yevrosiyo hududining yirik tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishi, buning mezonlari. Yevrosiyo tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linishining sxematik xaritasi.



61-mavzu: O‘rta Yevropa (1 soat (A2+: 2 soat))

O‘rta Yevropaning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.



62-mavzu: Sharqiy Yevropa (1 soat (A2+: 2 soat))

Sharqiy Yevropaning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.



63-mavzu: G‘arbiy va Sharqiy Sibir (1 soat (A2+: 2 soat))

G‘arbiy va Sharqiy Sibirning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.



64-mavzu: Markaziy Osiyo (1 soat (A2+: 2 soat))

Markaziy Osiyo tabiiy geografik hudud va nom sifatida. Markaziy Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.



65-mavzu: Sharqiy Osiyo (1 soat (A2+: 2 soat))

Sharqiy Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.



66-mavzu: Janubiy Osiyo (1 soat (A2+: 2 soat))

Janubiy Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.



67-mavzu: Old Osiyo Nazorat ishi (1 soat (A2+: 3 soat))

Old Osiyoning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari.



68-mavzu: Takrorlash (1soat)

Yil davomida o‘tilgan mavzular yuzasidan takrorlash


Mavzularni o‘rganish uchun- 68 soat (A2+: 102 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A2

o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va qoplama muzliklarning vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini tushunadi va izohlay oladi. Daryolarning to‘yinishini iqlim bilan bog‘liqligini, materiklar ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimlanishini, tabiat zonalarining vujudga kelishini, o‘simlik va hayvonlar, tuproq turlarining geografik tarqalishini, qor chizig‘ining tabiiy geografik omillariga bog‘liqligini, aholining geografik joylashuvini, tabiiy geografik o‘lkalarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning vujudga kelish sabablarini tushunadi va tushuntira oladi.



A2+

Relyef va dengiz oqimlarining materiklar iqlimga ta’sirini anglaydi va misollar orqali tushuntira oladi.



Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A2

materiklardagi geografik ob’ektlarning (davlat, poytaxt va shahar) nomlarini; qo‘riqxona va milliy bog‘lar, yirik tabiiy geografik o‘lkalarning nomlarini to‘g‘ri aytadi va yoza oladi.



A2+

materiklardagi ayrim geografik joy nomlarini toponimini ayta oladi.



Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A2

tabiiy, siyosiy, aholi, tektonik, iqlim, tabiat zonalari xaritalaridan manba sifatida foydalana oladi va yozuvsiz xarita bilan ishlay oladi.



A2+

xarita va atlaslardan foydalanib materiklar, davlatlarga tavsif bera oladi.



Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A2

Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, Qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida borilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi.



A2+

maktabda, mahallasida tabiatni asrash va ekologiyaga doir o‘tkaziladigan tadbirlarida ishtirok etadi.


7- SINF

GEOGRAFIYa

(O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi)

(68 soat haftasiga 1 soat, (A2+:102 soat haftasiga 3 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A2

mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, loyihalarni tuzish va himoya qila olish.



A2+

mavzuga doir geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish.


Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyefi

Download 0.79 Mb.