O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi




Download 0.79 Mb.
bet2/10
Sana31.12.2019
Hajmi0.79 Mb.
#6702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

3-SINF


TABIATShUNOSLIK

(34 soat haftasiga 1 soat (A1+: 68 soat haftasiga 2 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.



A1+

mavzuga doir tayanch so‘z va atamalarni xorijiy tilda ayta olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib ulardan samarali foydalana olish.

A1+

manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.

dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik xis etish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.



A1+

Maktabda tabiatni muxofaza qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.



A1+

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish, Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lib ulg‘ayib borish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.



A1+

o‘zi yashaydigan joyning tabiiy boyliklari haqida kichik referatlar tayyorlay olish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish, jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish.



A1+

o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan narsalardan ( suv, yoqilg‘i boyliklari) tejab foydalanish; bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish.


Kirish (1 soat (A1+: 1 soat))

1-mavzu: Tabiatshunoslik nimani o‘rganadi? (1 soat (A1+: 1 soat))

Tabiatning tarkibiy qismlari. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari.


1-bob. Tabiatda suv va havo (6 soat (A1+: 12 soat))

2-mavzu: Yer usti va yer osti suvlari (1 soat (A1+: 2 soat))

Okean va dengizlar. Daryo va ko‘llar. Muzliklar. Yer osti suvlari.



3-mavzu: Suv – hayot manbai. (1 soat (A1+: 2 soat))

Suvning ahamiyati. Suvning xususiyatlari. Suvning uch holati.



4-mavzu: Suvni muhofaza qilish va tejash (1soat (A1+: 2 soat))

Oqar suvlar. Toza va chuchuk suvlar. Suvlarning ifloslanishi. Ichimlik suvlari. Suvlarni tejash va muhofaza qilish.



5-mavzu: Tabiatda havo (1 soat (A1+: 2 soat))

Havo nima? Havoning ahamiyati. Havo harorati.



6-mavzu: Ob-havo (1 soat (A1+: 2 soat))

Ob-havo. Ob-havoning mahalliy belgilari. Shamolning paydo bo‘lishi.



7-mavzu: Yog‘inlar Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

Yog‘inlar, ularning turlari. Tabiatda suvning aylanishi.


2-bob. Yer osti boyliklari (5 soat (A1+: 12 soat))

8-mavzu: Foydali qazilmalar qaerdan olinadi? (1 soat (A1+: 2 soat))

Foydali qazilma haqida tushuncha. Foydali qazilmalar qanday hosil bo‘ladi? Ular qaerlardan qazib olinadi?



9-mavzu: Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalar. (1 soat (A1+: 3 soat))

Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, ulardan olinadigan mahsulotlar.



10-mavzu: Qora va rangli metallar. (1 soat (A1+: 2 soat))

Qora metallar. Temirtosh rudalari: magnitli, qo‘ng‘ir, qizil temirtosh. Ulardan temir eritib olish. Rangli metallar: oltin, mis, aluminiy. Ulardan yasalgan buyumlar.



11-mavzu: Qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklar. (1 soat (A1+: 2 soat))

Marmar. Granit. Ohaktosh. Qum va gil. Ularning ishlatilishi.



12-mavzu: Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish. Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3 soat))

Foydali qazilmalarni nima uchun tejash kerak? Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish va ularni tejash.


3-bob. Tuproq ( 2soat (A1+: 4 soat))

13-mavzu: Tuproq, uning tuzilishi (1 soat (A1+: 2 soat))

Tuproqning tarkibi va tuzilishi. Undagi jonzotlar. Tabiatdagi qattiq jismlarning parchalanishi, tuproqning xosil bo‘lishi.



14-mavzu: Tuproqning unumdorligi va ahamiyati (1 soat (A1+: 2 soat))

Tuproq unumdorligi. Tuproqning inson uchun ahamiyati. Tuproq-Ona zamin. Uning inson uchun ahamiyati, tuproqni muhofaza qilish.


4-bob. O‘simliklar dunyosi (8 soat (A1+: 14 soat))

15-mavzu: Tabiiy o‘simliklar (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘tlar, butalar, daraxtlar. O‘simliklarning nafas olishi va oziqlanishi, ularning rivojlanishi.



16-mavzu: Madaniy o‘simliklar (1 soat (A1+: 2 soat))

G‘o‘za, bug‘doy, sholi va makkajo‘xori, ularni parvarish qilish va hosilini yig‘ish. Foydali va zararli o‘simliklar.



17-mavzu: Kartoshka. Sabzavotlar (1 soat (A1+: 2 soat))

Kartoshka. Sabzavotlar: piyoz, sabzi, karam va pomidor. Qulupnay. Ularni parvarish qilish va hosilini yig‘ish.



18-mavzu: Begona o‘simliklar (1 soat (A1+: 2 soat))

Begona o‘simliklar haqida tushuncha. Zarpechak, g‘umay, machin, salomalaykum. Ekin maydonlarni begona o‘tlardan tozalash.



19-mavzu: Poliz ekinlari (1 soat (A1+: 2 soat))

Poliz ekinlari: tarvuz, qovun, pomidor, bodring va qovoq, ularni parvarish qilish. Mevali daraxtlar. Mevali butalar. Tok.



20-mavzu: Manzarali o‘simliklar (1 soat (A1+: 2 soat))

Manzarali o‘simliklar. Manzarali daraxt va butalar, ularni ko‘paytirish va parvarish qilish. Gullar, ularni ko‘paytirish va parvarish qilish. Maktab gulzorida gullarni ekish va parvarish qilish.



21-mavzu: Dorivor o‘simliklar (1 soat (A1+: 2 soat))

Dorivor o‘simliklar haqida tushuncha. Yalpiz, jag‘jag‘, isiriq, kashnich, maymunjon, na’matak. Ularning shifobaxshlik xususiyatlari.


22-mavzu: Tut daraxti. Ipak qurti. Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

Tut daraxti. Bargi va mevasi. Tutzorlar. Ipak qurti. Pilla. Ipak qurti kapalaklari.


5-bob. Hayvonot dunyosi (5 soat (A1+: 10 soat))

23-mavzu: Hayvonot olami va uning xilma-xilligi. Yovvoyi hayvonlar (1 soat (A1+: 2 soat))

Yirtqich hayvonlar: sher, yo‘lbars, ayiq, bo‘ri, ularning hayoti. O‘txo‘r hayvonlar: fil, jirafa, ularning hayot kechirishi.



24-mavzu: Hasharotlar (1 soat (A1+: 2 soat))

Hasharotlar. Zararkunanda hasharotlar: kolorado qo‘ng‘izi, karam kapalagi, chigirtka. Mart qo‘ng‘izi, uning hayoti. Foydali hasharotlar: asalari, xonqizi qo‘ng‘izi, ipak qurti, chumoli, o‘rgimchak.



25-mavzu: Qushlar va uy parrandalari (1 soat (A1+: 2 soat))

Qushlarning tabiatdagi ahamiyati. Hasharotxo‘r qushlar: chittak, jiblajibon, chug‘urchuq, sassiqpopishak, kakkuqush, so‘fito‘rg‘ay. Uy parrandalari: tovuq, o‘rdak, g‘oz, kurka, ularni parvarish qilish.



26-mavzu: Uy hayvonlari (1 soat (A1+: 2 soat))

Uy hayvonlari nima uchun boqiladi? Qoramollar, qo‘ylar, otlar, ularni parvarish qilish.



27-mavzu: Suvda yashaydigan hayvonlar (1 soat (A1+: 2 soat))

Suvda yashaydigan hayvonlar: baliqlar, delfinlar, kitlar, baqa va qurbaqa. Ozuqa zanjiri.


6-bob. Tabiat va inson salomatligi (3 soat (A1+: 6 soat))

28-mavzu: Odamning tuzilishi (1 soat (A1+: 2 soat))

Odam tanasi. Teri, uning ahamiyati va gigienasi, mayda yaralarni davolash. Skelet, uning vazifalari. Gavdani tik tutish, to‘g‘ri o‘tirish, jismoniy mehnat va sportning inson salomatligi uchun ahamiyati. Yurak va uning vazifasi. Tanada qonning harakati.



29-mavzu: Odam miyasi. Ovqat qanday hazm qilinadi? (1 soat (A1+: 2 soat))

Bosh miya, orqa miya, nerv tolalari. Og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, jigar, buyrak.



30-mavzu: Sog‘lom bo‘lay desangiz (1 soat (A1+: 2 soat))

Qanday nafas olamiz? O‘pka va uning vazifasi. Chekishning salomatlikka ta’siri. Spirtli ichimliklarning va giyohvand moddalarning odam organizmiga ta’siri.


7-bob. Tabiatni muhofaza qilish (3 soat (A1+: 7 soat))

31-mavzu: Tabiat va inson (1 soat (A1+: 2 soat))

Insonning tabiatga ta’siri (ijobiy va salbiy), tabiatni muhofaza qilish tadbirlari.



32-mavzu: Tabiat muhofazasi. Nazorat ishi (1 soat (A1+: 3 soat))

“O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”. “Qizil kito”»ga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar, ularni asrash.



33-mavzu: Ekologik xavfsizlik (1 soat (A1+: 2 soat))

Ekologik xavfsizlik, ifloslangan havo va suvdan himoyalanish, oddiy filtrlar.



34-mavzu: O‘quv yili davomida o‘tilgan mavzular yuzasidan takrorlash (1 soat (A1+:1 soat))
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A1

jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalarini, suvning uch holatini va tabiatda aylanib yurishini kuzatadi va suvning tirik organizimlar va insonlar uchun ahamiyatini aytib bera oladi. Ob-havodagi o‘zgarishlarni kuzata oladi, uni mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; yog‘in turlarini aytib bera oladi. Foydali qazilmalar qaerdan qazib olinishini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalarni, temir va rangli metallar eritib olinishini, qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklarni, ularning ishlatilishini hayotda kuzatadi va tushunadi. O‘z o‘lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi.



A1+

maktabda, to‘garakda jonli burchak tashkil etishda faol ishtirok eta oladi.



Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A1

globus va xaritalardan tog‘lar, tekisliklar, okeanlar, dengizlar, daryo va ko‘llarni ko‘rsata oladi.



A1+

O‘zbekistondagi tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalar va qadimgi yodgorliklar joylashgan hududlarni xaritalardan ko‘rsata oladi.



Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A1

havoni ifloslantirish inson sog‘ligi uchun zararli ekanligini anglaydi, foydali qazilmalarni tejab, isrof qilmasdan foydalanish kerakligini tushunadi, o‘zi yashaydigan joyda tuproqni muhofaza qilish, uni o‘g‘itlab minerallar bilan boyitish tadbirlarida ishtirok eta oladi.



A1+

insonning tabiatga ta’siri, tabiatni muhofaza qilish mavzularida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok eta oladi.





Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi

Download 0.79 Mb.