O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi




Download 0.79 Mb.
bet3/10
Sana31.12.2019
Hajmi0.79 Mb.
#6702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

4-SINF


TABIATShUNOSLIK

((34 soat haftasiga 1 soat, (A1+:68 soat haftasiga 2 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, darslikdan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish; darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalanish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish.



A1+ atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytish va yoza olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

A1

kompyuter, televizor va boshqa manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, ulardan samarali foydalana olish.

A1+

manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

fan to‘garagida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik xis etish.

A1+

maktabda, fan to‘garaklarida tabiatni muxofaza qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.



A1+

o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A1

o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.



A1+

o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalari haqida kichik referatlar tayyorlay olish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.

A1+

suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikka doir masalalarni yecha olish.
1-mavzu: Kirish. O‘lkamiz tabiati. (1 soat (A1+: 2 soat))

Jonajon o‘lkamiz tabiati. Yozgi kuzatishlar. O‘simlik va hayvonlar hayotidagi yozgi o‘zgarishlar.
1-bob. Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora (6 soat(A1+: 12 soat))

2-mavzu: Yulduzlar. Quyosh (1 soat (A1+: 2 soat))

Yulduzli osmon. Quyosh – eng yaqin yulduz. Quyosh – Yerdagi hayot manbai.



3-4-mavzu: Sayyoralar (2 soat (A1+: 3 soat))

Quyosh sistemasi. Sayyoralar. Kichik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars.

Katta sayyorlar: Yupiter, Saturn, Uran, Neptun.

5-mavzu: Quyosh sistemasidagi boshqa osmon jismlari (1 soat (A1+: 2 soat))

Quyosh sistemasidagi boshqa osmon jismlari: kometalar, asteroidlar, meteorlar, meteoritlar. Kosmonavtikaning qisqacha tarixi, amaliy vazifalari.



6-mavzu: Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi (1 soat (A1+: 2 soat))

Oyning shakli va o‘lchamlari. Oyning harorati. Oyning harakati. Xilol oy, yarim oy, to‘lin oy. Oyning yorug‘ va qorong‘i tomonlari.



7-mavzu: Yer shari. Globus (1 soat (A1+: 2 soat))

Yerning shakli, o‘lchamlari. Globus – Yer sharining modeli. Shimoliy va janubiy qutblar, ekvator. Beruniy globusi.



8-mavzu: Kun va tun. Yil fasllari. Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

Yer yuzining Quyosh nuri bilan yoritilishi hamda isitilishi. Uning Yerdagi hayot uchun ahamiyati. Kun va tunning almashinishi. Yil fasllarining almashinishi.


2-bob. Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi (15 soat (A1+: 30 soat))

9-mavzu: Ufq va uning tomonlari (1 soat (A1+: 2 soat))

Ufq, uning asosiy tomonlari. Kompas. Mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash.



10-mavzu: Yer yuzasining asosiy shakllari (1 soat (A1+: 2 soat))

Yer yuzasining asosiy shakllari: tog‘ va tekisliklar. Materiklar va okeanlar.



11-mavzu: Yer osti boyliklari. (1 soat (A1+: 2 soat))

Foydali qazilmalar, yonuvchi, rudali, noruda foydali qazilmalar. Respublikamizda qazib olinadigan asosiy foydali qazilmalar. Yer osti boyliklarini tejash.



12-mavzu: Xaritalar (1 soat (A1+: 2 soat))

Yarimsharlar tabiiy xaritasi. Masshtab. Xaritalarning xilma-xilligi. Tabiiy xaritalardagi shartli belgilar.



13-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘zbekistondagi asosiy tog‘lar, tekisliklar, vodiylar va ularning tabiiy xaritadagi tasviri.



14-15-mavzu: Suv havzalari (2 soat (A1+: 4 soat))

Suv havzalari. Daryolar, kanallar. O‘zbekistondagi yirik daryolar va kanallar, ularning suvlaridan foydalanish.

Ko‘llar, suv omborlari. O‘zbekistondagi yirik ko‘llar va suv omborlari. O‘zbekistonda suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish.

16-mavzu: O‘simlik va hayvonot olami. Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘simlik va hayvonot olamining evolyusiyasi, paleontologiya haqida dastlabki ma’lumotlar, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish.



17-mavzu: Tabiat zonalari (1 soat (A1+: 2 soat))

Tabiat zonalari haqida dastlabki tushuncha, turli tabiat zonalaridagi o‘simlik va hayvonot olami, aholining turmush tarzi.



18-mavzu: Cho‘llar va vohalar (1 soat (A1+: 2 soat))

Cho‘l va voha tushunchalari. O‘zbekiston hududidagi cho‘llar. Cho‘llardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi. Respublikamiz cho‘llarining o‘zlashtirilishi. Cho‘l va vohalarda aholining turmushi.



19-mavzu: O‘zbekiston adirlari (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘lkamizdagi adirlar. Adirlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatidan foydalanish.



20-mavzu: O‘lkamiz tog‘lari tabiati (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘lkamiz tog‘lari tabiati. Tog‘lardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi. Tog‘ tabiatini muhofaza qilish. Tog‘larda aholining yashashi va mehnat faoliyati.



21-mavzu: O‘rmonlar (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘rmon tushunchasi. O‘lkamizdagi o‘rmonlar. O‘rmonlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi. O‘rmon tabiatini asrash.



22-mavzu: O‘zbekistondagi tabiat boyliklari (1 soat (A1+: 2 soat))

Insonning tabiatga ta’siri. O‘zbekistondagi o‘ziga xos tabiat boyliklari, diqqatga sazovor tabiat ob’ektlari, ularni muhofaza qilish. Alohida muhofaza etiladigan hududlar.



23-mavzu: O‘zbekiston qo‘riqxonalari (1 soat (A1+: 2 soat))

Qo‘riqxona xaqida tushuncha. O‘zbekiston qo‘riqxonalari: Chotqol, Zomin, Nurota, Surxon, Hisor, Kitob, Zarafshon, Qizilqum davlat qo‘riqxonalari va Quyi Amudaryo rezervati.


3-bob. Vatanimiz bo‘ylab sayohat (11 soat(A1+: 22 soat))

24-mavzu: Vatanimiz xaritasi yonida (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘zbekistonning ma’muriy xaritasi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning xaritadagi o‘rni.



25-mavzu: Toshkent shahri va viloyati (1 soat (A1+: 2 soat))

Toshkent shahri va viloyatining egallagan maydoni, tabiati, tabiiy boyliklari, aholisi va uning yashash tarzi, tabiatini muhofaza qilish.



26-mavzu: Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari. Nazorat ishi

(1 soat (A1+: 2soat))

Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining egallagan maydoni, tabiati, tabiiy boyliklari, aholisi va uning yashash tarzi, tabiatini muhofaza qilish.



27-28-mavzu: Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari (2 soat (A1+:4 soat))

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining egallagan maydoni, tabiati, tabiiy boyliklari, aholisi va uning yashash tarzi. tabiatini muhofaza qilish.



29-mavzu: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. (1 soat (A1+: 2 soat))

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining egallagan maydoni, tabiati, tabiiy boyliklari, aholisi va uning yashash tarzi, tabiatini muhofaza qilish.



30-mavzu: Buxoro va Navoiy viloyatlari (1 soat (A1+: 2 soat))

Buxoro va Navoiy viloyatlarining egallagan maydoni, tabiati, tabiiy boyliklari, aholisi va uning yashash tarzi, tabiatini muhofaza qilish.



31-mavzu: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati (1 soat (A1+: 2 soat))

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining egallagan maydoni, tabiati, tabiiy boyliklari, aholisi va uning yashash tarzi, tabiatini muhofaza qilish.



32-mavzu: O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish. Nazorat ishi (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi.



33-mavzu: O‘zbekistondagi tabiat yodgorliklari va tarixiy obidalar (1 soat (A1+: 2 soat))

O‘zbekistondagi tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalar va qadimgi yodgorliklar, ularni asrash.



34-mavzu: O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat (A1+: 2 soat))
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A1

Osmon gumbazida yulduzlarning o‘rni o‘zgarishini, Quyoshning “chiqishi” va “botishi”ni, Yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarga Quyoshning ta’sirini kuzatadi va tushunadi; ufq tomonlarni kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; daryo, ko‘l, kanal suvlarining yil fasllari davomida o‘zgarishini kuzatadi; Respublikamizda qazib olinadigan asosiy foydali qazilmalar, tabiat zonalaridagi o‘simlik va hayvonot olamiga doir ma’lumotlarni tushunadi va ayta oladi. O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish hamda tarixiy shaharlar va qadimiy obidalarni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni kuzatadi va tushunadi.



A1+ suv omborlarini qurish va ulardan qanday maqsadda foydalanishni tushunadi va ayta oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A1

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlaridagi joy va geografik ob’ekt nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.



A1+

o‘zi yashaydigan hudud joy nomlarini (shahar, tuman, mahalla) to‘g‘ri ayta oladi.



Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A1

Yer yuzasidagi materik va okeanlar, tog‘ va tekisliklarni, O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasidan tog‘lar, tekisliklar, suv havzalarini aniqlab ko‘rsata oladi. O‘zbekistonning ma’muriy xaritasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning joylashgan o‘rnini, tarixiy shaharlarini xaritadan aniqlab ko‘rsata oladi.



A1+

xaritalardan foydalanib o‘zi yashaydigan hudud (shahar, viloyat) ga tavsif bera oladi.



Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:.

A1

o‘zi yashaydigan joyda suv havzalarini tozalash va suvni tejash tadbirlarida ishtirok eta oladi, ichimlik suvlarini ifloslantirish sog‘lik uchun zararli ekanligini anglaydi. O‘zi yashaydigan joyda o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda o‘z hissasini qo‘sha oladi.



A1+

maktabda o‘z o‘lkasining noyob tabiat ob’ektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish mavzusida o‘tkaziladigan tadbirlarida ishtirok eta oladi.


5-SINF

GEOGRAFIYa

(Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi)

(34 soat haftasiga 1 soat (A2+:68 soat haftasiga 2 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A2

mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish; muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda yozilishini bilish.

A2+

geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tillarda aytib yoza olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :

A2

geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish.



A2+ manbalardan foydalanib geografik kashfiyotlar haqida referatlar tayyorlay olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

to‘garakda, kutubxonada, uyda mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.



A2+

dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik xis etish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

jamiyatda bo‘layotgan voqea, tabiiy hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish, maktabda, sinfda, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyatga ega bo‘lish.

A2 +

maktabda, sinfda, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish va o‘z fikrini ayta olish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2

umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik sayohat va kashfiyotlar tarixini insoniyat tarixining ajralmas qismi sifatida idrok etish, o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida aytib bera olish.



A2 +

geografik sayohat va kashfiyotlar, o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida qiziqarli referat va albomlar tayyorlash.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

Yer yuzi tabiati, aholisining hayoti va ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etishning zamonaviy usul va texnik vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lish, suvni isrof qilmaslik, tejamkorlikning ma’nosini tushunish va amal qilish, jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish.



A2 +

suvni isrof qilmaslik, tejamkorlikka doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish.



Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi tabiiyot va geografiya fani o‘quv dasturi

Download 0.79 Mb.