• Mustahkamlash uchun savollar
  • Mahsulotlarni pishirish va yopish




    Download 11.65 Mb.
    bet19/101
    Sana24.03.2017
    Hajmi11.65 Mb.
    #1179
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
    Mahsulotlarni pishirish va yopish.

    Prosessi shkafning devorlariga to’plangan issiqlik hisobiga o’tadi (bunda devorning issiqlik izolyasiyasi yaxshi bo’lishi shart). Dimlash, qovurish, yopish, qizdirish va hokazolar uchun shkafdan foydalanishda yukorigi va pastki qizdirish elementlarini ayrim-ayrim rostlash kerak bo’ladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida eski ishlab chiqarilgan ShK-2 tipidagi pishirish konditerlik shkaflari bor. Unda har qaysi yopish kamerasi qizdirish elementlar bloki yordamida qizdiriladi. Blok tok keltiruvchi shinalari bo’lgan umumiy listga mahkamlangan to’rtta qizdirish elementidan iborat. Elektr qizdirish elementi to’g’ri to’rtburchak kesimli keramik plastina bo’lib, unga diametri 0,5 mm li nixrom simdan qilingan spiral presslangan. Kuchlanishi 220 v bo’lganda qizish elementlari blokining quvvati 2,25 ket ga teng bo’ladi. Plastinalar po’lat listdan qilingan kojuxga tiqilib, plankalar bilan umumiy listga mahkamlanadi; qizdirish elementlari bloki ship ostiga joylashgan yo’naltiruvchi qovurg’alar bo’ylab kameraga suriladi va remont qilish uchun osongina olinadi. Pastki elementlarni pod listi berkitpb turadi.

    ESh-3 elektr yopish shkafi (26-rasm) turli konditerlik mahsulotlarini yopish uchun foydalaniladi va pishirish shkafidan yopish kamerasining o’lchamlari bilan farq qiladi (u deyarli ikki marta past, ya’ni 170 mm), buning o’tga chidamli g’ishtdan terilgan podi ham boshqachadir. ESh-3 elektr yopish shkafi uchta yopish kamerasidan, ya’ni pastki, o’rtadagi 2 va yuqorigi 3 dan iborat. Ular bir-birining ustiga joylashgan bo’lib, har qaysisi elektr tarmog’iga mustaqil ulanadi. Yopish kamerasi qalinligi 1,5 mm li po’lat listdan qilingan metall quti 4 dir. Kameraning eshikchasi 5 pastga ochiladi. Kamera va eshikcha devorlari bilan shkafning tashqi qoplamasi 6 orasidagi bo’shliq shlak paxtasidan qilingan 65-95 mm qalinlikdagi issiqlik izolyasiyasi bilan to’ldirilgan. Kamera naychali elektr qizdirgichlar bilan yuqoridan va pastdan ayrim-ayrim qizdiriladi. Ular mustaqil ulanib, quvvati uch pog’onada rostlab turiladi. Yuqorigi naychali elektr qizdirgichlar kameraning yuqorigi elektr devori ostiga, pastki qizdirgichlar esa yopish kamerasining po’lat listdan qilingan podi ostiga mahkamlangan. Ustki va pastki qizish elementlari to’la quvvatga ulanganda yopish kamerasidagi harorat 400°S ga etadi. Yonish kamerasidagi harorat kameraning o’ng devoridagi ventilyasiya teshigiga o’rnatilgan termometr yordamida aniqlanadi. Shkafda issiqlik regulyatorining yo’qligi yopish kamerasining normal ishlatilishini qiyinlashtiradi. Elektr kommutasiya simlari va boshqarish asboblari yopish kamerasining o’ng tomonidagi maxsus quti 7 ga montaj qilingan. Unga ikkita ajralma shchit maxkamlanadi. Pereklyuchatellarning dastasi va qutining old tomoniga chiqarilgan, unda quvvat pog’onalari raqamlar bilan ko’rsatilgan. Shkaf korpusida erga ulash simi ulanadigan bolt bor.

    Mustahkamlash uchun savollar:

    1.Qanday elektr shkaflarini bilasiz?

    2.Elektr shkaflarining vazifasini ayting.

    3.Elektr shkaflaridan qanday foydalaniladi?

    4. Elektr shkaf tuzilishi undan foydalanishi haqidagapiring.



    Download 11.65 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




    Download 11.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarni pishirish va yopish

    Download 11.65 Mb.