• Mustahkamlash uchun savollar
  • BUG’DA OVQAT PISHIRISH SHKAFLARI, QAYNATGICHLAR VA SUV ISITGICHLAR




    Download 11.65 Mb.
    bet17/101
    Sana24.03.2017
    Hajmi11.65 Mb.
    #1179
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
    2.5. BUG’DA OVQAT PISHIRISH SHKAFLARI, QAYNATGICHLAR VA SUV ISITGICHLAR.
    Bug’da pishirish shkaflarioziq-ovqat mahsulotlarini bevosita burg’da qizdirib pishiriladigan apparatlardir. Bular bug’da kartoshka va sabzavotlarni pishirish uchun mo’ljallanadi. Bunday pishirish prosessining mohiyati quyidagicha: to’yingan bug’ mahsulotlarga bevosita tegib turadi, kondensasiyalanadi. Bunda kartoshka va sabzavotlarni tayyor holgacha pishirish uchun foydalaniladigan bug’ hosil qilish yashirin issiqligini ajratadi. Bug’ mahsulotlarga tekkanda hosil bo’ladigan kondensat shkaf ish kamerasining tubiga okib tushadi, so’ngra bug’ general toriga-bug’lanish qutisi yoki kanalizasiyaga yo’naladi. Bevosita bug’da pishirilganda mahsulotlardagi mineral moddalarning ishkor ajratish prosessi suvda pishirgandagidan ancha kamayadi. Mahsulotlar yaxshi ta’mli bo’lib pishadi va ulardagi foydali moddalar to’laroq saqlanadi. Mahsulotlarni bevosita bug’da pishirish uchun maxsus apparatlar bug’da pishirish shkaflaridan foydalaniladi, ular bulmaganda esa turli usullarda qizdiriladigan ovqat pishirish qozonlari yoki plita ichiga qo’yiladigan qozonlar va katta kastryulkalardan foydalaniladi. Bug’da pishirish shkaflari konstruksiyasi jihatidan bir-biridan farq qiladi, masalan, ularning bir xilida bug’ bevosita shkafning o’zida olinadi (birinchi gruppa), ikkinchisida esa ayni korxonaning qozon qurilmasidan olinadi (ikkinchi gruppa). Birinchi gruppaning bug’da pishirish shkafida maxsus qurilma bug’ generatori bo’lib, undan bug’ zmeeviklari bilan qizdiriladigan suvdan to’yingan bug’ olinadi. Bug’ shkafning ish kamerasiga yo’naladi. U erda to’rli savatga solingan kartoshka yoki sabzavotlar pishiriladi. Kondensat ish kamerasidan bug’ generatoriga oqib ketadi Bug’da pishirish shkaflarining birinchi gruppasiga hozir umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatilayotgan chet el shkafi (20-rasm) ham kiradi. U bitta yoki ikkita zich yopiladigan eshikcha 2 lari bo’lgan og’ir cho’yan shkafdan iborat. Eshiklarda rezina qistirmalar va to’rtta vintli qulf 3 bor.Shkafning pastki kismida suv rezervuaribug’ generatori 4 joylangan. Shkaf korpusi shu generatorga o’rnatilgan. Shkafda ishlash qulay bo’lsin uchun uning korpusi vertikal to’siq yordamida ikkita teng bo’limgaish kamerasi 5 larga bo’lingan. Korpusning ichki devorlariga yo’naltiruvchi plankalar mahkamlangan. Har qaysi bulimga 10 ta panjarali savat (tova) 6 qo’yiladi. Atrofdagi muxitga issiqlik yo’qolishini kamaytirish uchun eshikchalar va korpusining devorlari 30-40 mm qalinlikdagi issiqlik izolyasiyasi bilan qoplangan, tashqi tomondan esa emallangan po’lat listlar bilan qoplangan.Qerakli miqdorda bevosita bug’ hosil qilish uchun bug’ generatoriga uch qator trubadan iborat isitish kamerasi (bug’ zmeviklari) 7 qo’yilgan, zmeeviklarga korxona qozonxonasidan bosimi 0,5 dan 2 ati gacha bo’lgan bug’ keladi.Bug’ generatoriga ma’lum sathigacha suv quyilib, qaynaguncha qizdiriladi, so’ngra to’yingan bug’ga aylanadi va kartoshka hamda sabzavotlarni pishirish uchun foydalaniladi.Shkafning yon devoriga: zmeeviklariga bug’ kelishini rostlab turuvchi bug’ bekitish ventili 8, kondensat trubasi, sovuq suv truboprovodi va to’kish krani (sath krani) o’rnatilgan. Shkaf tubiga esa bug’ generatoridan suvni to’kish uchun shtuser 9 mahkamlangan. Ikki tavaqali shkafning bug’ generatori rezervuari sig’imi (to’kish kranigacha) 140 l. Shkaf qopqog’ida saqlash kla-pani-turbinka 10 va shkaf ichidagi temperaturani ko’rsatuvchi bimetall termometr 11 o’rnatilgan. Shkafning orqa devoriga tashki tomonidan saqlash klapanidan bevosita bug’ kondensatin idishga yig’uvchi truba montaj qilingan. Ventilyasiya (so’rish) trubasi 12 saqlash klapani turbinka bilan ulangan. Trubaning ochilish darajasi dasta 13 yordamida rostlab turiladn.Bug’ generatoriga bug’ zmeeviklari ustiga bevosita bug’ kondensati oqib tushishi uchun teshikli po’lat idish o’rnati.ladi. Shkaflar bir tavaqali va ikki tavaqali bo’lishi mumkii. Ikki qavaqali shkafga bir vaqtda 300 kg kartoshka ketadi, savat sig’imi 12-15 kg. Kartoshka 40-50 minutda pishadi. Shkafning balandlign 1700 mm, eni 1200 mm.Ikkinchi gruppa bug’da pishirish shkafida kartoshka va sab-zavot, ayni korxonaning qozonxonasidan yoki shu korxonaga yaqin joylashgan zavod yokp fabrika qozonxonasidan olingan bug’da pishiriladi. Bunda bug’ shkafga bug’ trubasi orqali keltiriladi. Shkaf (21-rasm) uchta mustaqil bo’lim (seksiya)dan iborat bo’lib, ularning har biriga bug’ ayrim-ayrim keltiriladp va har qaeisidan kondeneat ayrim-ayrim olib ketiladi. Maxsulot har qaysi bo’limda mustaqil pishirilishi mumkin. Masalan, bir bo’limda kartoshka pishirilsa, ikkinchisida sabzi, uchinchisida esa lavlag’i pishirilishi mumkin. Sabzavotlar har qaysi bo’limga o’rnatiladigan, o’lchami 590x240x180 mm bo’lgan to’g’ri burchak shaklli panjarali ikkita savat 2 ga solinadi. Shundan so’ng shkaf seksiyalari eshikcha 3 lar bilan germetik berkitiladi va ularga bug’ trubasi 4 dan bosimi 0,5 ati bo’lgan bug’ keladi.



    Bug’ keluvchi trubaning yuqori qismiga manometr 5 va eaqlash klapani o’rnatiladi. Shkaf eshikchalari butunlay berkitilmaguncha bo’limlarga bug’ kela olmaydigan qilib loyihalangan. Bug’ trubasidagi kran berkitilmaguncha shkaf eshigini ham ochish mumkin emas. Buning uchun bug’ keltirish trubasiga maxsus qurilma zatvor 6 o’rnatilgan bo’lib, u bo’lim eshikchalari bilan bog’langan. Bo’limga kiradigan bug’ mahsulotlarga bevoeita tegadi va kondeneasiyalanib, bug’ hosil qilish yashirin issiqligini ajra-tadi. Bu issiqlik yordamida kartoshka yokn sabzavot tayyor holgacha pishiriladi. Qondeneat har qaysi bo’lim tubiga joylashgan teshik ordali chiqarib yuboriladi. Tubning past tomoniga teskari klapan 8 o’rnatilgan, truba 7 payvandlab qo’yilgan. Har qaei olib ketuvchi truba umumiy kondensat trubasi 9 bilai ulangan. Kondensat trubasi balandligi 360 mm li gidravlik zatvor (sifon) 10 ga ega. Kondensat kanalizasiya trubasiga yo’naladi. Shkaf stoyka 11 ga o’rnatilgan. Shkafning gabarit o’lchamlari (mm): uzunligi 805, eni 800, balandligi 1430, shkafning ogirligi 293 kg, savatnrshg eig’imi 10 kg, umumiy ish unum-dorligi 50-60 kg/soat pishirilgai sabzavot. Shkafning afzalligi uchta mustaqil bo’limi borligidir. Shu tufayli bir vaqtda turli sabzavotlarni pishirish mumkin va agar zarur bo’lsa, ularni kichik porsiyalar (shkaf ish unumdorligining 1/3 qismi) tarzida pishirish mumkin. Qozonxonadan keladigan bug’ ifloslanishi yoki yomon hidga ega bo’lishi mumkinligini ko’zda tutish kerak Bu esa tayyor mahsulot sifatiga ta’sir qiladi. Bug’da pishirish shkaflari bo’lmagan hollarda turli vkladishlar, metall disklar, to’rlar (22-rasm) va hokozolardan foydalanish mumkin. Ular turli sig’imdagi ovqat iishirish qozonlariga qo’yiladi. Burda ovqat pishirish qozoniga yoki plita ustiga qo’yiladigan qozonga oqartirilgan po’lat, alyuminiy yoki zanglamas po’latdan kilingan teshikln vkladishlar qo’yiladi. Ularning o’lchamlari qozonlarning o’lchamiga mos bo’lishi kerak Vkladishlarning chetlariga taxtachalar yoki probka 2 lar mahkamlab qo’yiladi. Poddon markazita ichi bo’sh trubka 3 tiqib qo’yiladi. Bu trubkaning bir key'ingi uchi bug’ bilan ovkat pishirish qozonining to’kish teshigiga o’rnatiladi. Bunda poddondan qozon tubigacha bo’lgan maeofa kamida 20-30 sm bo’lishi kerak Kartoshka yoki sabzavot vkladishga solinadi, vkladish esa ko’pi bilan xajmining choragicha suv to’ldirilgan qozonga o’rnatiladi. Qozon qopqog’ini yopib, qayirma boltlar bilan zich burab qo’yiladi. Bug’ g’ilofiga bug’ kiritiladi. Bir oz vaqt o’tgach, ichki qozonda bug’ hosil bo’lib, mahsulotlarga bevosita tegib, ularni qizdiradi va hil hil bo’lguncha pishiradi. Vkladish o’rniga tegishli diametrli teshiklari bo’lgan metall disk to’rlardan foydalanish mumkin. Ovqat pishirish qozoniga beshta disk qo’yiladi. Diskning har birida to’rttadan dasta bo’lib, ular yuqori disk uchun tayanch vazifasini o’taydi. Birinchi disk ikkita ayqashuvchi yoy 5 larga o’rnatiladi. Plitaga qo’yiladigan qozonlarga diametrlari 10 mm gacha bo’lgan teshiklari bor maxsus vkladish 6 lar qo’yiladi. Bunday vkladishlar balandligi 100 mm li oyoq 7 larga tayanadi. Olov yoqib qizdiriladigan qaynatkichlarni bug’da qizdiradigan qilib jihozlash mumkin.Buning uchun suv isitkichdan (sovuq suv idishidan) gaz trubalari bilan birga o’txona olib tashlanib, o’rniga to’g’ri trubalar yokp zmeeviklardan yasalgan isituvchi kamera o’rnatiladi. Zmeevikning umumiy uzunligi qaynatkichning bir soatli normal ish unumdorligi bilan aniqlanadi. Bug’ zmeeviklariga bosimi 2 ati gacha bo’lgan to’yingan bug’ beriladi. Beriladigan bug’ning miqdori bug’ berkitish ventili bilan rostlab turiladi. Zmeeviklarda bug’ kondensasiyalanib, bug’ hosil qilish yashirin issiqligini ajratib, kondensat esa zmeevikning tagidan kondensat tuvagi orqali kondensat trubasiga chiqarib yuboriladi. Uzluksiz ishlovchn bug’ qaynatkichlarning ishlash prinsipi qizish sirti boshqa usulda qizdiriladigan uzluksiz ishlovchi qaynatkichlarning ishlash prinsipiga o’xshashdir. 23-rasmda ichiga to’g’ri trubkali isitish kamerasi o’rnatilgan uzluksiz ishlovchi qaynatkich ko’rsatilgan. Suv isitkich (24-rasm) idish-tovoq yuvish va uni sterilizasiya kilish uchun ishlatiladigan suv taierlashga mo’ljallanadi. Suv isitkich metall kojux 2 ichiga olingan payvandlab yasalgan silindrik idishdan iborat. Idish bilan kojux orasiga issiqlik isrofini yo’qotish uchunissiqlik izolyasiyasi 3 qo’yilgan. Suv pastdan vodoprovod trubasidan bosim ostida to’ldiriladi. siqilgan suv shunday bosim ostida idish tovoq yuvish mashinasining chayuvchi dushlariga yuboriladi.Suv diametri 1/3 li trubadan tayyorlangan silindrik zmeevik 4 yordamida isitiladi. Isituvchi bug’ zmeevikka yuqoridan kelib, kondensat esa pastdan kondensat tuvagi orqali ketadi. Bug’ berkitish ventili 5 yordamida zmeeviklarga bug’ berilishini rostlash nuli bilan suvni ma’lum temperaturada tutib turish mumkin. Purkovchi dushlarga keluvchi suvning temperaturasi suv isitkichga urnatilgan distansion termometr yordamida aniqlanadi. Suv isitkichni mashina bilan bog’lovchi qaynoq suv trubo-provodiga saqlash klapani urnatilgan bo’lib, u vodoprovoddagi bosim 4 ati dan sshib ketgapda suv isitishni to’xtatadi.Suv isitkichnnng gabarit o’lchamlari (mm): uzunligi 550, eni 485, balandligi 725. Suv isitkichning ogirligi 55 kg, idishning sig’imi 45,7 l, ish unumdorligi 300 l/soat, bug’niig temperaturasi 106,b'S, bug’nning bosimi 0,3 ati, zmeevikning qizish sirti 0,7 m.
    Mustahkamlash uchun savollar:

    1.Bug’da ovqat pishirish shkaflari haqida nimalarni bilasiz.

    2.Bug’da ovqat pishirish shkaflari vazifasini ayting.

    3.Bug’da ovqat pishirish shkaflari qandaytuzilishgan?

    4.Qaynatgich vazifasi va tuzilishi qanday?



    Download 11.65 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




    Download 11.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BUG’DA OVQAT PISHIRISH SHKAFLARI, QAYNATGICHLAR VA SUV ISITGICHLAR

    Download 11.65 Mb.