O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning




Download 380.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana30.10.2022
Hajmi380.81 Kb.
#28586
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mustaqil ish (1)
1-NAZORAT TESTI, yuksak-manaviyatli-yoshlarni-tarbiyalashda-orta-osiyo-allomalarining-ilmiy-meroslarining-orni, Ta‘lim qonuniyatlari , формула билан ишлаш, Doc1, 05-02 ish reja 2023 yangix, 2 1 13 Rivojlanish markazlarida bolalar faoliyatini tashkil etish, Xayol va uning turlari, 01-01-1-21-санлы хат, yuzi, kuchmas mulk davlat ro\'yhatga olish, Amaliy mashg\'ulot 4, Adabiyot nazariyasi. o`quv dastur, atrof muhit zararlamishi
2.O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning 
yangi bosqichga ko’tarilishi. 
O’zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat boshqaruvini,jamiyat xayotini 
demokratlashtirish yo’lini tutdi. Lekin barcha sohalardagi islohotlar kabi, bu borada xam Islom 


Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari,tarixiy an’analari va 
xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat 
rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos holda demokratlashtirish 
jarayonini bosqichma- bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi. Demokratiya-xalq hokimiyati. U 
yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida 
fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim. 
1992- yil 8- dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu 
jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi. 
Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi.
2010- yil 12- noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va 
senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik 
islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” 
mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim 
vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada 
rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud- 
huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, 
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik 
tashabbuslari ilgari surildi.
1
Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek,o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda davlat 
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda 
muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga 
tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali 
tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining 
vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va 
uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan 
edi. 
Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999- yil.) asari mamlakatimizning 
yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berar ekan, avvalo siyosiy, 
iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa 
qilib quyilgan edi. Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik 
jamiyatini shakillantirishda asosiy e’tibor kutidagi masalalarga qaratilgan edi.
2
1) hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash; 
2) nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish. 
Bunda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi belgilab berildi. 
Bu masalalarni bevosita amaliyotga tatbiq qilish uchun “Ozod va obod Vatan, erkin va 
farovon xayot – pirovard maqsadimiz ” (2000yil.) risolasi xam 7 ta ustuvor vazifadan birinchi 
va ikkinchi vazifa qilib siyosiy sohada quyidagi masalalar belgilab berildi. 
1
Bekmatov B. Davlat xokimyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi. // Xalq so’zi.-2011.-14-iyun 
2
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan. T.,- O’qituvchi., 2011.-29-b 


1.Siyosiy sohada; 
1) siyosiy xayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish 
2) ko’ppartiyaviylik muxitini ta’minlsh; 
3) nodavlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish; 
4) fikrlar xilma-xilligiga erishish. Ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda “To’rtinchi 
hokimiyat” darajasiga ko’tarish; 
Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy 
organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash 
borasidagi vakolatlarini, xujalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin 
qisqartirishgakatta e’tibor berildi. 
Ularning vakolatlarini bozor tamoillariga muofiqlashtirish va pirovard natijada 
davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutildi. Boshqaruv 
sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika 
darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi 
boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakillantirish masalalariga katta 
axamiyat qaratildi. 
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002- yil 27- 
yanvarda o’tkazilgan referendum yakunlari ba shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat 
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul 
qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi. 
Bundan tashqari ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini 
amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini 
shakillantirish,qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish,umumdavlat va xududiy 
manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq 
deputatlari mahalliy Kengashlari vakilaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning xududlar 
manfaatlarini ifoda etishi, kuyi-Qonunchilik palatasi esa o’z faoliyatini doimiy professional 
asosda amalga oshirishi xisobga olindi. Milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi 
parlament va uning xar bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq 
belgilab berildi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to’grisida”gi va 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’grisida”gi konstitusiyaviy qonunlarning 
2003- yilda qabul qilinishi aloxida axamiyat kasb etdi. 

Download 380.81 Kb.
1   2   3   4   5




Download 380.81 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning

Download 380.81 Kb.
Pdf ko'rish