|
Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar
|
bet | 13/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari
Ko‘pchilik mikroorganizmlar esa salbiy ro‘l o‘ynaydi. Ular inson, hayvonlar va o‘simliklar uchun kasallik qo‘zg‘atuvchi, oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishini keltirib chiqarib, har xil materiallarni parchalab, xalq xo‘jaligiga katta zarar keltirishi ham mumkin. Shu sababli mikroorganizmlar xossalarini o‘rganish ham talab etiladi. Zamonaviy mikrobiologiyaning yutuqlari fizika, kimyo, biologiya, biokimyo va molekulyar biologiya fanlarining rivojlanishiga tayanadi. Bugungi kunda undan ixtisoslashgan fanlar - meditsina, veterinariya, texnik, oziq- ovqat, kosmik mikrobiologiyalar ajralib chiqdi.
Dastlab mikroorganizmlarni 1695 yilda Antoniy Levenguk [1632-1723 y.) kuzatgan. U 200-300 baravar katta qilib ko‘rsatadigan linza yasab, mikroorganizmlarni o‘rgangan.
Mikroorganizmlarning asosiy guruhlari - bu bakteriyalar, unga shakli bo‘yicha yaqin bo‘lgan zamburug‘lar va viruslar hisoblanadi. Bakteriyalarning asosiy formalari shar, tayoqcha shaklida va egik shakllarda bo‘ladi. Endi esa ana shu xavfli mikroorganizmlarning ba’zilari xaqida ma’lumotlarni keltiramiz.
Salmonella - spora hosil qilmaydigan bakteriya, shakli tayoqchasimon. Buning nomi Amerika veterinari Daniel Elmer Salmon nomi bilan bog‘liq [1850- 1914]. Hayvonlar va odamlar uchun u patogen hisoblanadi.
Salmonellalar laktoza, mannoza, ksiloza, dekstrin va spirtlarni parchalab kislotalar hamda gazlar hosil qiladi. Optimal rivojlanishi – 37 °C va, pH esa - 7,2- 7,4 bo‘lgan sharoit hisoblanadi.
Salmonellalar tirik organizmdan tashqarida 1 haftacha yashashi mumkin. Ultrabinafsha nurlar va issiqlik ishlovi ularning tezroq halokatga uchrashini keltirib chiqaradi. Ular 55 °C haroratda 1,5 soatdan keyin, 60 °C haroratda esa 12 daqiqadan keyin halokatga yuz tutadi. Salmonella bilan kasallanishdan himoya qilish uchun ovqatni 75 °C haroratda kamida 10 daqiqa davomida ushlab turish tavsiya etiladi. Salmonellalar muzlatilganda halok bo‘lmaydi. Ular asosan, odamlarning va hayvonlarning oshqozonida yashaydi.
|
| |