• Sun’iy sovutish
  • Ikkinchidan
  • Sovutish va muzlatish usullari




    Download 0,74 Mb.
    bet21/39
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #110149
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
    Bog'liq
    Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari

    Sovutish va muzlatish usullari tabiiy sovuqlikdan foydalanish va sun’iy sovuqlik hosil qilishga asoslanadi.
    Tabiiy sovutish, muzlatish tashqi va omborxonalardagi havo yordamida amalga oshiriladi. Bu usul go‘sht, ba’lki, meva va sabzavot, sariyog‘larni sovuq iqlim sharoitida qish fasllarida muzlatish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, tabiiy sovutish sovutilmaydigan omborxonalarda muz, qor, muz-tuz eritmasi yordamida amalga oshiriladi.
    Sun’iy sovutish esa tez buzuladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sovutish va muzlatish uchun qo‘llaniladi. Bu usul amalda nooziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda foydalanilmaydi. Sun’iy sovuqlik sovutish jihozlari yordamida hosil qilinadi. Bugungi kunda xo‘jaliklarda, savdo bazalarida va chakana savdo tarmoqdarida sovutkichlarning har xil turlari va markalaridan foydalanilmoqda.
    Saqlashda namlikni boshqarish usullari nisbiy namlikni boshqarish yo‘nalishiga qarab, ikki xil bo‘ladi: namlikni oshirish va namlikni kamaytirish.
    Yuqori nisbiy namlikda, ya’ni nisbiy namlik 90 % va undan ham yuqori bo‘lgan sharoitda yaxshi saqlanadigan mahsulotlarni saqlashda namlik oshiriladi. Bunday tovarlar guruhiga xo‘l mevalar va sabzavotlar kiradi. Bu maxsulotlarni saqlaganda omborxonalardagi havoning nisbiy namligini oshirish avtomatik va oddiy usullar yordamida amalga oshiriladi.
    Avtomatik usulda havoning nisbiy namligini oshirish maxsus jihozlar orqali yuqori namlikka ega bo‘lgan havoni omborxonalarga changlatib yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Albatta, bu usul qo‘shimcha harajatlarni talab etadi.
    Nisbiy namlikni oshirishning oddiy usulida esa suv, qor, muz kabi oddiy vositalardan foydalaniladi. Bunda suv bilan pollar tez-tez yuvulib turiladi yoki qor va maydalangan muz to‘shaladi. Bu usul birinchi usulga nisbatan ancha arzon tursa-da, juda ko‘p qo‘l mehnatini talab etadi. Ikkinchidan, bu usulda namlikni oshirish samaradorligi birinchi usuldagiga nisbatan past bo‘ladi.
    Omborxonalarda havoning nisbiy namligini pasaytirish usuli faqatgina quruq va gigroskopik moddalarni saqlaganda qo‘llaniladi.
    Sovutilmaydigan omborxonalarda nisbiy namlikni pasaytirish uchun ko‘pincha oddiy vositalardan foydalaniladi. Bunday vositalarga ohak, qirindilar, bo‘r va boshqalarni kiritish mumkin. Bu vositalar havodagi ortiqcha namlikni o‘ziga singdirib olish qobiliyatiga ega.
    Mahsulotning saqlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri havo almashinuvi hisoblanadi. Omborxonalarda havoning almashinuvini ikki xil usul bilan tashkil etish mumkin.
    Birinchisi - bu havo almashinuvi tabiiy ravishda amalga oshiriladi. Masalan, tashqarida havo sovuqroq bo‘lganda omborxonalarning eshiklari yoki derazalarini ochib havo sirkulyatsiyasi orqali xonalarda havo harorati pasaytirilishi mumkin.
    Ikkinchidan, xonalardagi havoni majburiy ravishda maxsus qurilmalardan yuborilgan sovuq havo yordamida ham shamollatish mumkin.



    Download 0,74 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




    Download 0,74 Mb.