|
Mahsulotlarni saqlash muddatlari
|
bet | 23/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari Mahsulotlarni saqlash muddatlari
Mahsulotlarni saqlash muddatlari - bu shunday muddatki, bu davrda kerakli saqlash sharoitlari o‘rnatilganda mahsulotlar iste’mol xossalarini va miqdorini
deyarli o‘zgartirmaydi. Bunday muddatlar tez buzilmaydigan mahsulotlar uchun o‘rnatiladi.
Saqlash muddati o‘rnatiladigan mahsulotlarning o‘ziga xosligi, ularning iste’mol qiymatini, shuningdek, xavfsizligini o‘zgartirmasdan saqlanishi bilan izohlanadi. Masalan, un va yorma mahsulotlarining saqlanish muddati ularning xavfsizligini tekshirgandan keyin uzaytirilishi mumkin. Lekin yetarli darajada huquqiy baza yaratilmaganligi sababli, ko‘pgina mahsulotlarning saqlanish muddati tugagandan keyin, ular utiliziatsiya qilinadi, Bu esa nobudgarchiliklarning oshishini va tabiiy resurslardan optimal foydalanmaslikni keltirib chiqaradi.
Saqlash muddatlari kafolatlangan va prognozlashtirilgan saqlash muddatlariga bo‘linadi.
Kafolatlangan saqlash muddati - ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatiladigan muddat bo‘lib, bu davrda ishlab chiqaruvchi mahsulotning sifatining barqarorligini kafolatlaydi. Mahsulot yetkazib beruvchining kafolatlangan saqlash muddati standartlarda, texnik shartlarda va boshqa me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Prognozlashtiriladigan saqlash muddati - aniq mahsulot guruhlari uchun ularning saqlash sharoitlari va xossalarini hisobga olgan holda mahsulotshunoslar va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o‘rnatiladigan saqlash muddatidir. Prognozlashtirilgan saqlash muddati kafolatlangan saqlash muddatidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Mahsulotni saqlaganda ularga ishlov berish usullari Mahsulotlarni saqlaganda ularga ishlov berish usullari saqlash usulining
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, ularning asosida esa har xil mahsulot ishlovining texnologik jarayonlari yotadi. Bu guruh usullar ikki klassifikatsion belgilari bo‘yicha, ya’ni ishlov berish turlari va ishlov berish vaqtlari bo‘yicha ajratiladi. Ularning har birining mohiyati 6- rasm ma’lumotlarida keltirilgan.
|
| |