|
Muddati cheklanmagan, uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlar
|
bet | 25/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullariMuddati cheklanmagan, uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlar - asosiy iste’mol qiymatini uzoq muddat, ya’ni bir necha yillar davomida saqlab qoladigan mahsulotlardir. Ularga un, yorma, makaron mahsulotlari, muzlatilgan mahsulotlar, konserva mahsulotlari va nooziq-ovqat mahsolotlari kiradi.
Mahsulotlarning saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati bo‘yicha nazoratni maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda namunalar olish qoidalari
Darsning maqsadi - oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda namunalar olish qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar olish, ular to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish.
Mahsulotlarning sifatini miqdor jihatidan aniqlaydigan fan hozirgi kunda kvalimetriya deb yurutiladi. Kvalimetriya so‘zi lotincha va grekcha so‘zlardan olingan bo‘lib, “Sifatni o‘lchayman” degan ma’noni beradi. 16504-81 raqamli davlat standartining ta’rificha, mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari qiymatini normativ-texnik hujjatlar talablariga taqqsoslab ko‘rish “Mahsulot sifatini tekshirish” deb ataladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirganda ularning yagona sifat ko‘rsatkichlari va kompleks sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Masalan, sutning tarkibida yog‘ning miqdori aniqlansa, bu ko‘rsatkich uning yagona sifat ko‘rsatkichiga kiradi. Kompleks sifat ko‘rsatkichlari esa ularning bir necha xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, meva va sabzavotlarning
tashqi ko‘rinishi, ularning rangi, pishgan-pishmaganligi, shakli, o‘lchamlari, jarohatlanganligi yoki jarohatlanmaganligi kabi bir necha xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Mahsulotlarning sifat darajasini aniq ifodalash uchun kompleks sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash zarur.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini tekshirishda namuna olish asosan, ulardan o‘rtacha namunalar olish bilan boshlanadi. Buning uchun tekshirilayotgan mahsulotlarning har bir partiyasidan namunalar tanlab olinadi. har qaysi turdagi mahsulotlardan namunalar olish usullari Davlat standartlarida yoki boshqa normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatiladi.
|
| |