|
Mahsulotning sifat ko‘rsatkichini aniqlash usullari
|
bet | 28/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari
Oziq-ovqat mahsulotlarining konsistentsiyasi, tuzilishi hamda harorati barmoqlar uchida hamda og‘iz bo‘shlig‘i shilimshiq pardasida joylashgan sezgi retseptorlari orqali aniqlanadi. Mahsulotni qo‘l bilan ushlab, uning qattiq yoki yumshoqligini aytish mumkin yoki mahsulot iste’mol qilinganda til uchi yordamida darrov ularning harorati haqida xulosa chiqarish mumkin. Ba’zi oziq- ovqat mahsulotlarining sirtiga biror buyum bilan urib va shundan chiqgan tovushni eshitib ham shu mahsulotning sifati to‘g‘risida ma’lum bir xulosaga kelsa bo‘ladi.
Hozirgi kunda organoleptik usulning aniqligini oshirish va uni takomillashtirish borasida ancha ishlar qilinmoqda. Mahsulotlarga organoleptik jihatdan baho berishning bir necha usullari bo‘lib, ulardan keng qo‘llaniladiganlari ball bilan baholash va taqqoslab baho berish usullaridir.
Ball ko‘rsatkichi bilan baho berish. Bizda asosan, 5, 10, 30 va 100 ballik baho bilan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati tekshiriladi. Mahsulot sifatini ball orqali baholashda ularning umumiy yig‘indisi sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha ajratiladi. Misol sifatida sariyog‘ning sifatini 100 balli baho bilan tekshirishni ko‘rib chiqamiz. Bu usul bo‘yicha sariyog‘ning asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagicha ballar beriladi:
Ta’mi va hidi – 50 Konsistentsiyasi – 25
Rangi – 5 Tuzlanishi-10
O‘rab-joylanishi -10: - Jami 100 ball
Ball ko‘rsatkichi bilan baholash tekshirilayotgan oziq-ovqat mahsulotini shu mahsulot etalonlariga, ya’ni standart namunalariga taqqoslashga asoslangandir.
Agar mahsulotning namuna holda etaloni bo‘lmasa, tekshirilayotgan mahsulot ko‘rsatkichlari shu mahsulot qo‘llaniladigan tegishli normativ-texnik hujjatlarda yozilgan ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi.
Bundan tashqari, mahsulotlar sifatini baholashning sotsiologik usuli ham mavjuddir.
Sotsiologik usul bu - oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini xaridorlar fikriga ko‘ra aniqlashga aytiladi. Xaridorlarning talablari esa oziq-ovqat mahsulotlariga sotish ko‘rgazmalari tashkil qilinganda, xaridorlar konferentsiyalarida va anketalarni tarqatish yo‘li bilan o‘rganiladi.
Hozirgi kunda mahsulotlar sifatini aniqlashda ekspert usuli ham keng qo‘llanilmoqda.
|
| |