Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M




Download 0,74 Mb.
bet26/39
Sana03.12.2023
Hajmi0,74 Mb.
#110149
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari

Namuna olish qoidalari. Savdo tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari bir vaqtning o‘zida katta hajmda keltiriladi. Shuning uchun ham bu mahsulotlarning hammasini birma-bir tekshirib chiqishning imkoni bo‘lmaydi, natijada ularning ma’lum bir qismi tekshiriladi. Mana Shu olingan ma’lum bir miqdordagi mahsulot o‘rtacha namuna deb yurutiladi. O‘rtacha namuna olish qoidasiga amal qilish asosidagina tekshirilayotgan yoki qabul qilinayotgan mahsulotning sifatiga ob’ektiv, to‘g‘ri baho berish mumkin bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olish bu mahsulotlarning turiga va ular qanday idishlarga joylanganligiga qarab, har xil bo‘ladi. Masalan, baliq va baliq mahsulotlari uchun 7631-85 raqamli davlat standartining talabi bo‘yicha transport taralarida keltirilgan mahsulotlarning soni 2 donadan 25 donagacha bo‘lsa, o‘rtacha namuna uchun 2 dona, 26 donadan 90 tagacha bo‘lsa, 3 dona, 91 donadan 150 tagacha bo‘lsa 5 dona namunalar shunday tartibda olib boriladi; non va non-bo‘lka mahsulotlaridan esa 5667-65 raqamli davlat standartining talabi bo‘yicha namuna olinadi, bunda non va bo‘lka solingan latok yoki savatlarning 10 foizidan namuna olinadi.
Un va yorma kabi to‘kiladigan mahsulotlarning bir xil partiyasidan o‘rtacha namunalar olish uchun maxsus qop cho‘pi bilan har bir qopning yuqori, o‘rta va pastki qismidan namuna olinib, hammasi aralashtiriladi. Agar mahsulotlar quyuq bo‘lib, ular sisterna, bo‘chka va bitonlarga joylashtirilgan bo‘lsa, avval ular yaxshilab aralashtirilib maxsus namuna oladigan asboblar yordamida pastki, o‘rta va yuqori qismidan namunalar olinib aralashtiriladi. Vazni 16 tonnagacha bo‘lgan partiyadan 1 litr miqdorda, 50 tonnagacha bo‘lgan partiyadan esa 2 litr miqdorda namunalar olinadi
Shundan so‘ng o‘rtacha namuna uch qismga ajratilib, bir qismi organoleptik ko‘rsatkichlarini tekshirish uchun ishlatiladi, bir qismi esa toza va quruq mahkam berkitiladigan keng og‘izli bankalarga joylanib, so‘rg‘ichlanadi va kimyoviy tahlil qilish uchun tajribaxonalarga jo‘natiladi. O‘rtacha namunaning qolgan uchinchi qismi esa mahsulot qabul qilib olinayotgan tashkilotda saqlanadi. Bu namuna
mahsulotni ishlab chiqargan va shu mahsulotning iste’molchilari orasida kelishmovchilik chiqganda ularning sifatini qayta tekshirish uchun ishlatiladi.



Download 0,74 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Download 0,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M

Download 0,74 Mb.