|
Mahsulotlarni saqlash xavfsizligi
|
bet | 24/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullariMahsulotlarni saqlash xavfsizligi
Xizmat muddati- bu shunday muddatki, bu muddat davomida mahsulotdan maqsadli foydalanganda uning nuqsonsiz ishlashini ishlab chiqaruvchi kafolatlaydi.
Xizmat muddati (S) formula yordamida aniqlanadi:
S = Sf + Si
Bunda: Sf - foydalanish davri;
Si - mahsulotning ichgi saqlanish muddati;
Ba’zi mahsulotlar uchun, masalan, mashinalarning xizmat muddati, bilvosita yo‘l bilan ham aniqlanishi mumkin, ya’ni necha kilometr bosib o‘tganligi bilan.
Agar mahsulotning xizmat muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda iste’molchi olti oy davomida nuqsonlar bo‘yicha ishlab chiqaruvchiga e’tiroz bildirishi mumkin.
Bulardan tashqari, mahsulotlarga aniq xizmat muddati o‘rnatilishi mumkin.
Tez buzuluvchan mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus rejimlar yaratish talab etiladi. Tez buzuluvchan mahsulotlarning yaroqlilik muddati 30 sutkadan oshmaydi.
Tez buzulmaydigan mahsulotlar - bular shunday mahsulotlarki, saqlash qoidalariga amal qilganda, maxsus temperatura rejimlari yaratishni talab qilmaydigan mahsulotlardir.
Qisqa muddat saqlanadigan mahsulotlar - ular iste’mol qiymatini uncha uzoq bo‘lmagan muddatda saqlab koladi (0,5-30 sutka). Ular xavfsizligini o‘zgartirmaydi (Masalan, non qotadi).
O‘rtacha muddat saqlanadigan mahsulotlar (30-80 sutka). Bu muddatda ular iste’mol qiymatining ma’lum qismini yo‘qotadi, lekin xavfsizligini saqlaydi. Bularga konditer mahsulotlari, suxari, pivo maishiy mahsulotlar, dori-darmonlar, kuchsiz alkogol ichimliklari kiradi.
|
| |