• Qurutishning baraban usuli
  • Suyuq mahsulotlarni maxsus bashniyalarda
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus moslamalarda issiq havo yordamida qurutish




    Download 0,74 Mb.
    bet32/39
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #110149
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
    Bog'liq
    Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari
    95826, Amaliy 3, 5-MAVZU-1, 1 ot, pisa-xalqaro-dasturida-matematik-savodxonlik, Najim aka, 3.7 ASOSIY VOSITALARNI INVENTARIZATSIYA QILISH HISOBI, statistika fani kitobi, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi, atv va ra, atv maruza 14, 3-ma\'ruza, C#, 5-лаборотория, 8-лаборотория
    Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus moslamalarda issiq havo yordamida qurutish amalda eng ko‘p qo‘llaniladigan usuldir. Bu usulda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi suv maxsus quritgich kameralarida ularga 80-120 °C gacha qizdirilgan havo yuborish yo‘li bilan chiqarib yuboriladi. Issiq havo mahsulot tarkibidagi namlikni o‘ziga tortib, mahsulotni qurishga olib keladi. Bu usul bilan quritishning kamchiligi shundan iboratki, mahsulotni quritish fermentlarning va mikroblarning aktivligi uchun qulay bo‘lgan 60-70 °C haroratda bir necha soat mobaynida olib boriladi. Natijada, quritilayotgan mahsulot tarkibida uning sifatining pasayishiga olib keladigan bir qancha o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, vitaminlar, rang beruvchi, oshlovchi moddalarning kislorod ta’sirida oksidlanishi, mahsulot rangining melanoid moddalari hosil bo‘lishi natijasida o‘zgarishi, mahsulot hidi va ta’mining pasayishi va boshqalar.
    Qurutishning baraban usuli bilan faqatgina suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini quritish mumkin, Masalan, quritilgan sut va sut mahsulotlari, kartoshka va sabzavotlar pyurelarini olish shu usul bilan olib boriladi. Bu usulda quritilayotgan suyuq mahsulot isib turgan aylanuvchan baraban yuzasiga quyiladi, natijada mahsulot ma’lum darajada tarkibidagi suvni yo‘qotadi. Bu usul ham kamchiliklardan holi emas. Mahsulot bevosita isib turgan baraban yuzasiga quyulganda oqsillarning ivishi, melanoid moddalarining hosil bo‘lishi, qandlarning karameliziatsiyaga uchrashi, vitaminlarning parchalanishi, hid beruvchi moddalarning uchish hollari yuz beradi. Bu o‘zgarishlarning hammasi mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi.
    Suyuq mahsulotlarni maxsus bashniyalarda juda mayda zarrachalarga ajratib 140-160 °C issiqlikka ega bo‘lgan quruq havo oqimi ta’sirida purkash yo‘li bilan quritilgan mahsulotlar olish, quritishning eng progressiv usullaridan biridir. Bu usul bilan quritish bir necha soniya mobaynida juda qisqa muddatda davom etadi va quritilayotgan mahsulot harorati ham 50-60 °C dan oshmaydi. Shuning uchun ham bu usul bilai quritilgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida deyarli o‘zgarish bo‘lmaydi, oqsillar, vitaminlar va boshqa moddalar o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Bu usul yordamida quritilgan sut mahsulotlari, tuxum oqsillari, quritilgan meva-sabzavot sharbatlari va paroshoklari ishlab chiqariladi.

    Download 0,74 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus moslamalarda issiq havo yordamida qurutish

    Download 0,74 Mb.