|
Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M
|
bet | 30/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullariPolyarimetriya usuli ba’zi optik faol moddalar eritmalarining nur tebranishlari yo‘nalishlarini o‘zgartirish qobiliyatiga asoslangan. Masalan, bu usul bilan saxarometr asbobi yordamida shakar eritmalari tarkibidagi saxarozaning foiz miqdorini va ularning tarkibida qanday shakar moddalari turi borligini aniqlash mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlarini quritish.
Quritish - o‘simlik va hayvonot mahsulotlarini konservalashning eng qadimiy usullaridan biridir. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida bo‘ladigan suvlar, asosan, erkin suvlar mahsulotlarda kechadigan kimyoviy, biologik o‘zgarishlarni tezlashtirib va ularda uchraydigan mikroblarning rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘dirib, mahsulotning tezda buzulishiga sabab bo‘ladi. Demak, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida suvning kamayishi ularni tezda buzulishdan saqlaydi.
Meva va sabzavotlar, sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, donlar, baliq, tuxum va boshqa mahsulotlarni quritish yo‘li bilan uzoq saqlashga erishish mumkin. Ko‘pincha quritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida 8-12 foiz miqdorida suv bo‘ladi. Bu darajadagi suvi bo‘lgan mahsulotlar esa mikroorganizmlar va bakteriyalar ta’siriga juda chidamli bo‘ladi. Mahsulotlarni quritish yo‘li bilan saqlash konservalashning boshqa usullariga qaraganda bir muncha qulayliklarga egadir. Birinchidan, mahsulotlarni quritish usuli bilan konservalash ko‘p qo‘shimcha harajatlarni talab qilmaydi. Ikkinchidan, quritilgan mahsulotlarning hajmi va og‘irligi ancha kamayadi. Bu esa mahsulotlarni idishlarga joylashda, ularni mamlakatimizning oziq-ovqat mahsulotlari kam yetishtiriladigan shimoliy o‘lkalariga tashib yetkazishda ancha qulayliklar tug‘diradi. Lekin shuni ham aytish kerakki, mahsulotlarni quritganda ularning fizik
holati ancha o‘zagaradi, ularning tarkibidan oziq-ovqat maxsulotlariga o‘ziga xos hid va lazzat beradigan uchuvchan moddalar chiqib ketadi hamda vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar oksidlanib, mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi, quritishning quyidagi usullari mavjuddir:
|
| |