|
Oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum-sushilkalarda qurutish
|
bet | 33/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullariOziq-ovqat mahsulotlarini vakuum-sushilkalarda qurutish, asosan, havosi so‘rib olingan, past bosimda ishlaydigan mahsus moslamalar yordamida olib boriladi. Vakuumda quritiladigan mahsulotning harorati 50 °C dan oshmaydi. Qo‘shimcha suyuq moddalarni quyuqlashtirishda ham shu usuldan ko‘proq foydalaniladi. Vakuum-sushilkalarda quyuqlashtirilgan mahsulotlarning organoleptik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi va tarkibida ham deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Sublimatsion usul. Keyingi paytlarda oziq-ovqat mahsulotlarini quritishda sublimatsion usulga katta e’tibor berilmoqda. Sublimatsiya usuli muzlatilgan mahsulot tarkibidagi suvni ma’lum bir sharoitda muz holidan suvga aylantirmasdan, bevosita bug‘ga aylantirishga asoslangan. Sublimatsiya usuli bilan quritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati boshqa usul yordamida quritilgan mahsulotlar sifatiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Ularning tarkibida vitaminlar va boshqa faol moddalar to‘lig‘icha saqlanadi. Bu usul bilan mahsulotlarni quritishning amalda keng ishlatilmayotganligining sababi, hozircha sublimatsiya uchun ishlatiladigan asbob-uskuna va jihozlarning qimmatligidadir.
Quritilgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida suv kam bo‘lganligi tufayli havodan o‘ziga namlikni va har xil hidlarni shimib olish xususiyatiga egadir, Shuning uchun ham savdo shaxobchalarida bu mahsulotlarni saqlash va tashishga aloqador mutaxassislar, ayniqsa, oziq-ovqat tovarshunoslari quritilgan mahsulotlarning shu xususiyatlarini esda tutishlari lozimdir.
Oziq-ovqat mahsulotlarini shakar qo‘shib konservalash. Bu usul oziq- ovqat mahsulotlari tarkibida qandning miqdorini 65 foizga yetkazib va shu asosida mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun noqulay sharoit yaratib konservalashga asoslangandir. Masalan, bunday konservalash usuli jem, qiyom, marmelad, povidlo tayyorlashda va quyuqlashltirilgan sut mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Odatda, bu mahsulotlar germetik yopilgan idishlarda uzoq saqlanadi. Bu mahsulotlarning uzoq saqlanishiga birinchi sabab, qand miqdorining yuqoriligida bo‘lsa, ikkinchi sabab, mahsulotlar qaynatilganda mikroorganizmlarning o‘lishidadir.
|
| |