• Mahsulotning sifat ko‘rsatkichini aniqlash usullari
  • Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M




    Download 0,74 Mb.
    bet29/39
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #110149
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
    Bog'liq
    Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari

    Ekspert usul bu 7 kishidan kam bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassis- ekspertlardan (Mahsulotshunos, dizayner, degustator) tashkil topgan ekspert komissiyasining fikri asosida baho berish tushuniladi.


    Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini aniqlashning fizik-kimyoviy usullari




    Mahsulotning sifat ko‘rsatkichini aniqlash usullari


    Mahsulotlar sifatini tekshirishning tajriba usuli ularning kimyoviy tarkiblarini, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
    Tajriba usuli - o‘z navbatida, fizikaviy va fizik-kimyoviy, kimyoviy, mikrobiologik, maxsulotshunoslik-texnologik usullarga bo‘linadi. Bu usulning qulayligi shundan iboratki, unda natija raqamlar bilan va bu natija katta aniqlikda ifodalanadi. Uning kamchiliklari shundaki, mahsulotning sifatini aniqlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi, aniqlash uchun reaktivlar va maxsus jihozlangan laboratoriya talab qilinadi.
    Tekshirishning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishning bu usullari mahsulotning solishtirma og‘irligini, yopishqoqligini, erish, qotish va qaynash haroratini, optik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og‘irligi va zichligini areometr, piknometr va gidrostatik tarozilar yordamida o‘lchash mumkin. Ularning solishtirma og‘irligi asosida ma’lum darajada kimyoviy tarkibi va sifati haqida so‘z yuritish mumkin.
    Yog‘larning erish va qotish harorati asosida ularning tabiatini, tozaligini va ma’lum darajada uning tarkibida qanday yog‘ kislotalari borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Yog‘larning erish va qotish harorati yog‘ning qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan qattiq holatga o‘tish paytidagi haroratini termometr bilan o‘lchash natijasida aniqlanadi.
    Oziq-ovqat mahsulotlarining optik xususiyatlari esa polyarimetriya, refraktometriya, fotokalorimetriya, lyuminestsent hamda xromotografiya usullari yordamida aniqlanadi.

    Download 0,74 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M

    Download 0,74 Mb.