|
Oziq-ovqat mahsulotlarini kislotalar yordamida konservalash
|
bet | 37/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari Oziq-ovqat mahsulotlarini kislotalar yordamida konservalash.
Bu usul bilan konservalashda asosan, sulfit kislotasi va ularning tuzlari, benzoy ham sorbin kislotalari ishlatiladi.
Agar oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda sulfit kislotasi va uning tuzlari yoki oltingugurt gazi ishlatilgan bo‘lsa, bunday mahsulotlar sulfitlangan mahsulotlar deb yuritiladi. Sulfit kislotasi va oltingugurt meva, rezavor meva va sharbatlarni konservalashda ishlatiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarida oltingugurt gazi o‘riklarni quritib, ulardan quraga mahsulotini olishda keng ko‘lamda ishlatiladi. Ko‘raganing chiroyli, toza, tipik, o‘ziga xos sariq rangi o‘rikni oltingugurt gazi bilan ishlov berib dudlanganligi natijasida vujudga keladi. Bu gaz mahsulotlarni emas, ba’lki idishlar, omborlarni mahsulot saqlashdan oldin dezinfektsiya qilish ishlarida ham ishlatiladi.
Oltingugurtning oziq-ovqat mahsulotlariga belgilangan me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilanganidan ko‘p bo‘lishi inson organizmi uchun zararlidir. Shuning uchun ham mahsulotlarga sulfit kislotasi va oltingugurt gazi yordamida ishlov berganda tegishli qoidalarga rioya qilinishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda yuqorida ko‘rsatilganidek, benzoy kislotasi (C6H5COOH) va benzoy kislotasining natriyli tuzi (C6H5COONaJ ham ishlatiladi. Bu moddalar asosan, meva va sabzavot pyurelari, sharbatlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini antibiotiklar yordamida konservalash.
Hozirgi kunda oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan antibiotiklarga biomitsin, nistatin, pizin kiradi. Bu antibiotiklar odam organizmi uchun zararsiz bo‘lib, mikroblar va po‘panak bakteriyalarining rivojlanishini to‘xtatadi. Bu antibiotiklar ko‘pincha uzoq masofalarga tashiladigan go‘sht va baliqlarga ishlov berishda ishlatiladi.
Agar oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda sulfit kislotasi va uning tuzlari yoki oltingugurt gazi ishlatilgan bo‘lsa, bunday mahsulotlar sulfitlangan mahsulotlar deb yuritiladi. Sulfit kislotasi va oltingugurt meva, rezavor meva va sharbatlarni konservalashda ishlatiladi.
|
| |