• DABIYOTLAR RO‘YXATI
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini gazlar yordamida konservalash




    Download 0,74 Mb.
    bet38/39
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #110149
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
    Bog'liq
    Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari

    Oziq-ovqat mahsulotlarini gazlar yordamida konservalash.


    Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda, ya’ni ularni saqlash muddatini uzaytirishda keying paytlarda, karbonat angidrid gazi yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash muddatini oshirish mumkinligini G.V.Plexanov nomidagi Moskva xalq xo‘jaligi institutining professori Y.Y.Nikitinskiy XX asrning 30- yillaridayoq o‘tkazgan tadqiqotlari asosida ishlab chiqqan edi.
    Oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zgartirib turiladigan gaz muhitda saqlash printsipi ularni o‘ralgan holida yoki muzlatgich kameralarida kislorod va azotning pasaytirilgan, karbonat angidrid gazining esa oshirilgan konsentratsiyasida saqlash bilan bog‘liqdir. Lekin karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi 10 foizdan oshmasligi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini gaz o‘zgartirilgan muhitda ularning uzoq saqlanishiga sabab shuki, bunday sharoitda kislorodsiz yashay olmaydigan mikroblarning hayot faoliyati sekinlashadi rivojlanishga ham yo‘l qo‘ymaydi.



    1. rasm. Suyuq oziq-ovqat mahsulotlari


    Keyingi paytlarda mamlakatimizda va chet ellardagi olimlarning bu sohadagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, karbonat angidrid gazining yuqori konsentratsiyali gaz muhitida meva-sabzavotlardan tashqari, go‘sht, baliq, kolbasa, pishloq, don va boshqa xil mahsulotlarning ham sifatini pasaytirmasdan uzoq saqlash mumkin ekan.


    Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini uzoq saqlashda azon gazi ham ishlatiladi. Azon kuchli oksidlovchi modda bo‘lganligi uchun ham havodagi va mahsulotlardagi mikroblar va bakteriyalarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
    Azon gazining idishlari va oziq-ovqat mahsulotlari tashiladigan transport vositalarini, mahsulot saqlanadigan ombor va kameralarni dezinfektsiya qilishda ham ishlatish mumkin. Lekin azon gazining inson organizmiga ta’siri to‘la o‘rganilmagan. Bu sohada esa tadqiqot ishlari olib borilmoqda.


    DABIYOTLAR RO‘YXATI





    Download 0,74 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat mahsulotlarini gazlar yordamida konservalash

    Download 0,74 Mb.