|
Mahsulotning gigroskopikligi deganda
|
bet | 20/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullariMahsulotning gigroskopikligi deganda uning atrof-muhitdan namlikni yutishi va uni kapillyarlarida hamda butun yuzasi bilan ushlab turish xususiyati tushuniladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining gigroskopiklik xususiyatlari ularning strukturasiga, tarkibiga, shuningdek haroratga va havoning nisbiy namligiga yuqori darajada bog‘liqdir. Kukun holidagi oziq-ovqat mahsulotlari (Quruq, sut, qahva), choy, quritilgan mevalar va sabzavotlar yuqori gigroskopiklik xususiyatiga ega ekanligi bilan farq qiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining gigroskopiklik xususiyatini ularning tarkibida atrof-muhit atmosferasidagi suv bug‘larini yutishi yuqori bo‘lgan moddalarning bo‘lishi keskin darajada oshiradi. Bunday moddalar qatoriga asalning gigroskopikligini keltirib chiqaradigan fruktoza, osh tuzining gigroskopikligini oshiradigan kaltsiy va magniy tuzlarini misol qilib keltirish mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida gigroskopik suvning miqdori havoning nisbiy namligiga bog‘liq bo‘ladi. Nisbiy namlik deganda havodagi suvning absolyut miqdorining, shu haroratda havoni butunlay to‘yintirish uchun zarur bo‘ladigan suv bug‘larining miqdoriga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik tushuniladi.
Havoning nisbiy namligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Mabc ∙ 100 W ꞊ ––––––––––
Mmakc
Bu yerda: W - nisbiy namlik, %;
Mabc - havodagi suv bug‘larining absolyut miqdori, g/m3;
Mmakc- shu haroratda va bosimda havodagi suv bug‘larining maksimal miqdori, g/m3.
Amaliyotda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda havoning nisbiy namligi psixrometr asbobi yordamida aniqlanadi.
Saqlash rejimlarini tartibga solishga asoslangan usullar
Mahsulotlarni saqlash turlari
Texnologik jarayonlarning xarakteri va yo‘nalishlariga qarab saqlash usullarini 3 ta guruhga ajratish mumkin:
saqlash rejimlarini boshqarishga, tartibga solishga asoslangan usullar;
mahsulotlarni har xil joylashtirishga asoslangan usullar;
mahsulotlarga har xil usullar bilan ishlov berishga asoslangan usullar.
Hap bir guruh aniq usullarni o‘z ichiga oladi. Ularning soni ilm-fan taraqqiyoti asosida takomillashib va rivojlanib bormoqda.
Lekin ko‘pgina usullar ilmiy-tadqiqotlar darajasida qolib ketmoqda. Buning asosiy sabablari ularning qimmat turishi, iqtisodiy samaradorligining pastligi, pul mablag‘larining yetishmasligi va boshqalar bilan tushuntiriladi.
Temperatura rejimini boshqarishga asoslangan usullarga sovutish va muzlatish usullari kiradi.
|
| |