|
Oziq-ovqat mahsulotlarining sorbtsion xossalari
|
bet | 19/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullariOziq-ovqat mahsulotlarining sorbtsion xossalari. Oziq-ovqat mahsulotlarining bu xususiyatlari ularning atrof-muhitdan suv bug‘larini va uchuvchan moddalarni o‘ziga singdirish qobiliyatidir. Oziq-ovqat mahsulotlarining bu xususiyati ularni tashishda va saqlashda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Sorbtsiyaning to‘rtta turi mavjud.
Birinchisi, adsorbtsiya, ya’ni mahsulotning yuzasining suv bug‘lari va uchuvchan moddalarni yutishidir.
Ikkinchisi, absorbtsiya, ya’ni mahsulotning butun massasiga begona moddalarning singishi bilan tavsiflanadi.
Uchinchisi, xemosorbtsiya deb yuritiladi, bunda mahsulot bilan yutilayotgan modda kimyoviy reaktsiyaga boradi.
To‘rtinchisi, kapillyar kondensatsiyasi deb ataladi. Bunda mahsulotning makro va mikro kapillyarlarida suyuq faza hosil bo‘ladi.
Sorbtsiyaning teskarisiga desorbtsiya deb ataladi. Bunda modda oziq-ovqat mahsulotining tashqi qavatidan atrof-muhitga tarqaladi.
Bug‘lar va gazlarning sorbtsiyasi va desorbtsiyasi mahsulot o‘zining atrof- muhitga suvini berishi natijasida qurishi, shuningdek, atrof-muhitdan yomon
hidlarni yutib olishi hisobiga sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
Amaliyotda ko‘pincha mahsulotlarning suv bug‘lari bilan bog‘liq sorbtsiyasi va desorbtsiyasi kuzatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining namlikni singdirish xususiyati Mahsulotlarning namlanib qolishi - qachonki, uning sirtida suv
bug‘larining portsional bosimi havodagi suv bug‘larining portsional bosimidan
kichik bo‘lgan holatlarda yuz beradi. Agar havodagi bug‘ning bosimi atrof- muhitdagi suvning bosimiga teng bo‘lsa, unda dinamik tenglik holati ro‘y beradi. Tenglik holatiga mos keladigan mahsulotning namligi teng namlik deb yuritiladi. Bu namlik mahsulotning kimyoviy tarkibiga va xolatiga, shuningdek, havoning nisbiy namligiga bog‘liq bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda va tashishda ularning gigroskopiklik xususiyati ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
|
| |