|
Mikroorganizmlar va ularning metabolitlari bilan ifloslanishi
|
bet | 11/39 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #110149 |
Bog'liq Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullariMikroorganizmlar va ularning metabolitlari bilan ifloslanishi
MIKROORGANIZMLAR – asosan, bir xujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga:
A). Bakteriyalar. B). Aktinometsitlar. D). Achitqilar.
Mog‘or zamburug‘lari.
Mikroskopik suv o‘tlar va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Mikroorganizmlarning turlari:
Prokariotlar (Xujayrasida yadro va xromosoma apparati yo‘q organizmlar);
Eukariotlar (Xujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki ko‘p xujayrali organizmlar) ga bo‘linadi.
Mikroorganizmlar tabiat (Tuproq, suv, o‘simlik qoldiqlari va boshqalar) da keng tarqalgan. 1gramm tuproq yoki suv osti guruntida 2-3 mlrd gacha mikroorganizmlar bo‘ladi. Mikroorganizmlarning o‘lchami turlicha bo‘lib, ular
mikronning o‘ndan bir qismidan bir necha mikrongacha. Mikroorganizmlarning fiziologik, morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Ko‘pgina mikroorganizmlar bir xujayrali, ba’zilarimas, mog‘or zamburug‘lari ko‘p xujayrali iplar (Mitseliy) ga ega. Mikroorganizmlar, odatda, xlorofillsiz, ammo ba’zilarida bakterio xlorofill va xlorofill bor. Ko‘pchiligi bo‘linib, ba’zilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib ko‘payadi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar ham mavjud. Mikroorganizmlar tashqi muhitning har xil omillari ta’siriga juda chidamli. Mikroorganizmlar tabiatda moddalar aylanishida katta ro‘l o‘ynaydi. Mikroorganizmlar o‘simlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil o‘simliklar o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan mineral birikmalar (mas, karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar) ga aylantiradi. Azot to‘plovchi mikroorganizmlar fosfor, azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda ko‘payib, so‘ng nobud bo‘lib, uni organik moddalarga boyitadi. Mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi.
O‘simliklar va hayvonlarning hujayralarida, to‘qimalarida va organlarida hosil bo‘lgan moddalar, moddalararo almashinish jarayonida va keyingi assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlarida qatnashadigan moddalar fiziologiya va tibbiyotda mikroorganizmlar odatda hujayra ichidagi metabolizm mahsulotlarini nazarda tutadi, ular yakuniy parchalanish va tanadan chiqarilishi kerak. Qonga kirib, mikroorganizmlarning aksariyati biokimyoviy va fiziologik jarayonlarga o‘ziga xos va o‘ziga xos bo‘lmagan ta’sirlarni amalga oshiradigan funktsiyalarni gumoral tartibga solishda ishtirok etadi.
|
| |