• Tovarlarning oddiy assortimenti deganda
  • Oziq-ovqatlarning murakkab assortimenti
  • Tovarlar assortimentining guruhlanishi Kattalashtirilgan assortiment
  • Turlar bo‘yicha assortiment
  • Markali assortiment
  • Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M




    Download 0,74 Mb.
    bet3/39
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #110149
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari

    Savdo assortimenti – bu savdo tarmoqlarida taqdim etilgan tovarlar assortimentidir. Savdo assortimenti sanoat assortimentidan farq qilib, har xil ishlabchiqaruvchilarning tovarlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Faqat ishlab chiqaruvchining o‘z magazinida sotilayotgan tovarlar bundan istisnodir.
    Tovarlarning qamrab olish kengligiga qarab tovarlar assortimenti oddiy, murakkab, kengaytirilgan, kattalashtirilgan, aralash kabilarga bo‘linadi.
    Tovarlarning oddiy assortimenti deganda, uch belgisidan ko‘p bo‘lmagan belgilari bo‘yicha guruhlanadigan 7ovar turlari assortimentiga aytiladi.
    Oddiy assortiment mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari yetarli bo‘lmagan joylarda kundalik ehtiyoj tovarlarini sotayotgan magazinlar uchun xarakterlidir. Masalan, qishloq joylarda non va sut mahsulotlari sotayotgan magazinlarni bunga misol qilish mumkin.
    Oziq-ovqatlarning murakkab assortimenti deganda, uch belgisidan ko‘proq belgilari bo‘yicha guruhlanadigan 7ovar turlari assortimentiga aytiladi.
    Murakkab assortimentga ulgurji bazalar va universal univermaglar orqali sotilayotgan tovar assortimentini kiritish mumkin.

    1-jadval




    Tovarlar assortimentining guruhlanishi Kattalashtirilgan assortiment deganda, (guruhli assortiment) umumiy bir
    belgilari bo‘yicha biriktirilgan tovarlar assortimentiga aytiladi. Masalan, oziq- ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari. Yoki oziq-ovqat tovarlarining don va don mahsulotlari, meva va sabzavotlar guruhlar kabi guruhlarga biriktirilishini shu assortiment guruhiga kiritish mumkin.
    Turlar bo‘yicha assortiment deganda, bir xil ehtiyojni qondiradigan tovarlar nomlari, har xil tovarlar to‘plami tushuniladi. Masalan, sutning pasteriziatsiya qilingan, steriliziatsiya qilingan, normallashtirilgan va hokazo turlarini turlar bo‘yicha assortimentga kiritish mumkin.
    Markali assortiment - bu har xil savdo markasiga ega bo‘lgan bir xil tovarlar to‘plamidir. Bunday tovarlar fiziologik ehtiyojni qondiribgina qolmasdan, bal’ki mijozlarning sotsiol (ijtimoiy) va psixologik ehtiyojlarini ham qondiradi.

    Download 0,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M

    Download 0,74 Mb.