• Sifatini aniqlash usullari
  • Birdan-bir
  • Integral sifat ko‘rsatkichi.
  • Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M




    Download 0,74 Mb.
    bet6/39
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,74 Mb.
    #110149
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    Oziq ovqat maxsulotlarini saqlash usullari

    Mahsulotning xossasi. Bu mahsulotni yaratish, baholash saqlash va iste’mol qilish, foydalanishda mavjud bo‘lgan ob’ektiv o‘ziga xosligidir. Mahsulotning xossasi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin.
    Mahsulotning oddiy xossasi uning birlik ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi.
    Masalan, sutning yog‘liligi, nordonligi va boshqalar.
    Murakkab xossalari - kompleks tavsif va ko‘rsatkichlarni ifodalaydi. Masalan, oziq-ovqat tovarlarining ozuqaviy qiymati, o‘zida kompleks xossalarni mujassamlashtiradi. Bu xossalarga energiya berish qobiliyati, biologik qiymati, fiziologik qiymati, hazm bo‘lish darajasi kabilar kiradi.
    Sifat ko‘rsatkichi deganda, mahsulotning yoki tovarning xossasini miqdor va sifat jihatdan ifodalash tushuniladi.
    Sifatini aniqlash usullari Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha guruhlanadi:

    1. birdan-bir sifat ko‘satkichi;

    2. kompleks sifat ko‘rsatkichi;

    3. integral sifat ko‘rsatkichi;

    4. tayanch sifat ko‘rsatkichlari;

    5. belgilovchi sifat ko‘rsatkichi.

    Birdan-bir sifat ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich mahsulotning oddiy xossalarini ifodalaydi. Masalan, mahsulotning rangi, hidi, g‘ovakligi, elastikligi va boshqalar.
    Kompleks sifat ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich mahsulotninglarning murakkab xossalarini ifodalaydi. Masalan, non mag‘zining ko‘rsatkichi. Bunga non mag‘zining rangi, g‘ovakligi, qayishqoqligi kabi ayrim ko‘rsatkichlari kiradi.
    Integral sifat ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich mahsulotdan foydalanishdagi foydali samara summasining tovarni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq harajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.
    Tayanch sifat ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkich mahsulotlar sifatini nisbiy tavsiflaganda asos qilib olinadigan ko‘rsatkichdir. Tayanch sifat ko‘rsatkichi sifatida eng yuqori sifatli tovarning sifat ko‘rsatkichi yoki me’yoriy hujjatlar, standartlardagi o‘rnatilgan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.

    Download 0,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi nazorati M

    Download 0,74 Mb.