• «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»da nimalar o‘rganiladi
  • Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati




    Download 4.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/93
    Sana08.12.2022
    Hajmi4.48 Mb.
    #33808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
    Bog'liq
    5-sinf geografiya uzb
    F2RHiywULrwp938yYOLdq6tmEAaxlClEPr4riDad (1), Oliy-talimda-matematika-fanlarini-oqitish-metodikasi, 2 5332514769171648861, 10-sinf olimpiada, Документ Microsoft Word, 4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205, 3 52 01 02 Аппарат ва дастурий таъминот созловчиси УД OZGARTIRILGAN, O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiy, jfjnjh, elektronika 10 MDYa (1), imtixon natijalari[ matem, OBYEKTIVKA. Ozoda, Masofaviy ta’lim texnologiyasi, анкета талабгор учун 4 docx63ca356b6c424
    Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati. Tabiiy geogra -
    fiya Yer yuzi tabiatining holati, uning o‘zgarishi, ro‘y beradigan tabiiy 
    hodisalarni, tabiatdan foydalanganda nimalarga e’tibor berish zarur -
    ligini o‘rganadi. Shuning uchun Siz, aziz o‘quvchilar, tabiiy geogra -
    f iyani boshdanoq puxta o‘rganishga harakat qiling.
    Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani – havo va 
    suvni, oziq-ovqat va foydali qazilmalarni tabiatdan oladi. U uy-joylar, 
    zavodlar, shaharlar quradi, konlarni ochadi, g‘alla, paxta va boshqa 
    ekinlar ekadi, bog‘lar bаrpo qiladi, chorva mollarini boqadi. Tabiat 
    boyliklaridan unumli foydalanish, uni avaylab asrash uchun esa, albatta, 
    geogra
    f iya fanini juda yaxshi bilish zarur.
    Tabiiy geografiya Yer yuzi yoki uning biror joyi tabiatiga ta’-
    rif berish bilan chegaralanmaydi. Tabiiy geografiya sayyoramiz 
    i bob. GEoGRafiya fani va uninG RivojlaniShi
    http://eduportal.uz


    Ge
    o
    G
    r
    afi
    ya
    f
    ani 
    va
    uni
    n
    G
    r
    ivojl
    ani
    shi
    5
    tabiatining nima uchun xilma-xil ekanligi sabablarini tushuntiradi. 
    Masalan, cho‘l zonalarida yog‘ingarchilikning kam, tog‘li hududlarda 
    esa aksincha, ko‘p bo‘lishini; tog‘lar ustida jazirama yozda ham qor 
    erimasligini; ayrim joylarda yil bo‘yi ob-havo bir xil – issiq bo‘lishini; 
    boshqa hududlarda esa to‘rtta fasl aniq almashinib turishini tushuntirib 
    beradi.
    Shuningdek, tabiat «kambag‘allashib» ketmasligi, ifloslanmasligi, 
    yerlarni sho‘r bosib, tuproq unumdorligi pasaymasligi, daryolar qurib 
    qolmasligi uchun tabiatdan, uning boyliklaridan qanday foydalanish 
    kerak, qanday ishlarni amalga oshirish zarur, degan savollarga ham 
    javob beradi.
    «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»da nimalar o‘rganiladi? 
    Siz, Yer yuzi tabiatining asosiy umumiy qonuniyatlarini bilib olasiz, 
    tabiatni, unda ro‘y beruvchi hodisalarni eng oddiy kuzatish usullarini 
    o‘rganasiz.
    «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» Sizni 6-sinfda o‘rga ni-
    ladigan materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini oson o‘zlash-
    tirishga tayyorlab boradi.
    Qo‘lingizdagi ushbu darslik yettita bobdan iborat. Har bir bobdan 
    muayyan bilimlarni egallaysiz. Geografik xaritalar bobini o‘qib, globus 
    va xaritada Yer yuzasining katta qismlari qanday qilib tasvirlanishini 
    bilib olasiz va ulardan qanday foydalanish mumkin, degan savolga 
    javob beradigan bo‘lasiz.

    Download 4.48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Download 4.48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati

    Download 4.48 Mb.
    Pdf ko'rish