Payvandlash ta’minlash manbalari




Download 1.31 Mb.
bet3/20
Sana20.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#74519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
птм маруза матни
buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, 1-mavzu.-1, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
1.4. Elektronlar emissiyasi.
Metallardan o‘tkazuvchan elektronlarning bug‘lanish, nurlanish yoki chiqish jarayoni elektron emissiya deb ataladi. Payvandlash yoyida bu jarayon juda katta rol o‘ynaydi. Elektron emissiya metallarni bombardimon qilish tufayli bo‘ladigan elektronlar emissiyasiga, fotoelektron emissiyaga, termoelektron emissiyaga va avtoelektron emissiyaga bo‘linadi.
Elektronlarning ionlar oqimi hisobiga emissiyalanishi shundan iboratki, bunda musbat ionlar katod sirtiga urilib neytrallashda issiqlik eki nur energiya ajratadi, bu energiya hisobiga katoddan tashqi muhitga elektronlar emissiyalanadi. Elektronlar, asosan, musbat ionlar tomonidan emissiyalanadi, chunki manfiy ionlar katod sirtida tormozlanadi. Ionlarning kinetik va potensial energiyasi hisobiga zarb bilan urilishi natijasida ajralgan energiya elektrod metallining ham, asosiy metallining ham erish tezligining ortishiga erdam beradi.
Fotoelektron emissiyada nur energiya katod sirtiga ta’sir qilib, elektronlarga ularning chiqishi uchun zarur bo‘lgan energiyani beradi. Nur energiya elektronlarni faqat katoddangina emas, shuningdek, qoplamalar tarkibiga kirgan materiallardan ham urib chiqaradi. Erug‘likning to‘lqin uzunligi qancha qisqa bo‘lsa, katod sirtidan elektronlar shuncha ko‘p ajralib chiqadi.
Termoelektron emissiya elektrod qiziganda manfiy qutb (katod) ning cho‘g‘langan sirtidan o‘tkazuvchan elektronlarning ajralishidir. Elektrod qiziganida elektronning kinetik energiyasi elektronning elektrostatik tortishishini engish uchun zarur bo‘lgan chiqish ishidan katta bo‘lib qoladi. Elektrod uchining qizish temperaturasi ortgani sari elektronning kinetik energiyasi ortadi, uning elektrostatik tortish kuchi esa kamayadi, natijada ajratib chiqarilaetgan elektronlar soni ortadi. Termoelektron emissiyada elektronlar o‘zi bilan katta miqdorda energiya olib ketgani uchun elektrod soviydi. Elektronlarning chiqishi metallning xossalari va sirtining tozaligiga bog‘lik. Agar volfram elektrod tarkibida 0,5 % miqdorida toriy oksidi (ThO2) qo‘shilsa, u holda bunday toriylangan elektrodning emissiyasi ancha ortadi.
Avtoelektron emissiya - elektronlarning kuchli elektromaydoni hisobiga emissiyalanishidir. Bunday emissiya katodning temperaturasi past bo‘lganda ham, yuqori bo‘lganda ham bo‘laveradi. Elektronlarning past temperaturada chiqishiga sabab shuki, tashqi elektrmaydoni metall sirtidan elektronlarning chiqib ketishiga etarli bo‘lgan energiya beradi.

Download 1.31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Payvandlash ta’minlash manbalari

Download 1.31 Mb.