-Ma’ruza:Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari




Download 1.31 Mb.
bet8/20
Sana20.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#74519
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
птм маруза матни
buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, 1-mavzu.-1, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
3-Ma’ruza:Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari.
Reja:
3.1. Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari hakida umumiy ma’lumot
3.2. Payvand yoyi ta’minlash manbalarini tasnifi.
3.3. Payvand yoyi ta’minlash manbalarini belgilanishi.

3.1. Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari hakida umumiy ma’lumot. Yoyni lozim bo‘lgan tok turi va tok kuchi bilan ta’minlovchi qurilma payvandlash yoyning ta’minlash manbai deyiladi.
Ta’minlash manbai va payvandlash yoyi o‘zaro bog‘langan energetika tizimini tashkil qiladi, unda ta’minlash manbai quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: yoyni boshlang‘ich yonishi uchun sharoit yaratadi, payvandlash jarayonida uni turg‘un yonishini ta’minlaydi va rejim parametrlarini rostlash (sozlash) uchun imkoniyat yaratadi.
Ta’minlash manbaining muhim texnik tavsifi unga yoyning u yoki bu turi bilan ishlash imkonini beradigan ta’minlash manbaining «payvandlash» klemmalaridagi kuchlanish U ni payvandlash toki I ga bog‘lanishidir. Bu bog‘lanishni ta’minlash manbaining tashqi voltamperli tavsifi (VAT) deydilar. Bizga ma’lum ta’minlash manbalari uchun eng xarakterli tavsiflar: tez pasayib boradigan 1, o‘rtacha pasayadigan 2 va qattiq 3 tavsiflaridir (3.1-rasm).

3.1-rasm. Ta’minlash manbaining tez pasaib boradigan (1), o‘rtacha pasayadigan (2) va kattiq (3) tavsifi birgalikda turli uzunlikdagi payvandlash yoyining volt-amper tavsifi bilan (4,5,6) birga.

Yoyni turg‘un yonishi, demak, payvand chokning sifatli shakllanishi bir qator shartlarni bajarishga bog‘liq. Ulardan biri – ta’minlash manbaining kuchlanishi va toki yoyning kuchlanishi va tokiga tengligidir. Bunga manbaning VAT va yoyning VAT biror nuqtada kesishganda erishish mumkin. Masalan, agar manbaning VAT-1 dastaki yoy bilan payvandlashga tegishli bo‘lgan 4,5 va 6 VAT bilan kesishsa yoy turg‘un bo‘ladi, bu esa faqat manba tez pasayib boradigan VAT ga ega bo‘lganda mumkin. Yoy bilan dastaki payvandlash jarayonida ko‘pincha yoy uzunligi anchagina o‘zgarib turadi demak, kuchlanish pasayishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlarda VAT larning kesishgan nuqtasi masalan, A2 nuqtasidan A3 nuqtasiga siljiydi. Bu tok kuchini I ga o‘zgarishiga olib keladi, u manbaning VAT qancha tez pasayadigan bo‘lsa shuncha kichkina bo‘ladi. Demak, dastaki payvandlash uchun tez pasayib boradigan tavsifli manba yaxshiroqdir.


Sekin pasayib boradigan VAT manbalar flyus bilan avtomatik payvandlash uchun; qattiq VATli manbalar himoyalovchi gazlarda suyuqlanadigan elektrod bilan yarimavtomatik va avtomatik payvandlashda qo‘llanadi. Bunda VAT lardan foydalanish tez pasayib boradigan VAT ga qaraganda payvandlash transformatorlaridagi nobudlik quvvatini kamaytiradi va yoyni suyuqlangan elektrodda yongandagi o‘z-o‘zidan rostlanish effektini kattalashtiradi. Bu effektning mohiyatini ko‘rib chiqamiz: masalan, yoy uzunligi kattalashganda, elektrod metallining suyuqlanish tezligi kamayadi. Simni yuborib turish tezligi o‘zgarmas bo‘lganda, agar suyuqlanish tezligi kichkina bo‘lsa uning uchi buyumga yaqinlashadi. Yoy uzunligi kamayadi, tok kuchi va simni suyuqlanishi oshadi. Jarayon tok kuchi va yoy uzunligining oldingi qiymati tiklangancha davom etadi. Yoy uzunligi tebranishi bilan bu effekt kuchliroq namoyon bo‘ladi, bu sekin pasayadigan va qattiq VAT li manbalarda kuzatiladi.
Manbaning yana bir muhim tavsifi tokni Imin dan Imax gacha rostlash diapazoni, bu payvandlanayotgan metallni qalinligi va elektrod diametri o‘zgarganda kerak bo‘ladi. Bu diapazon Kr = Imax/Imin nisbati bilan xarakterlanadi va rostlash karraligi deyiladi. Xozirgi zamon manbalari Kr = 3...6 ga ega. Suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlashda yoyning yonish jarayoni juda qisqa vaqt (sekund ulushlarida) elektrodni buyum bilan qisqa tutashishidan boshlanadi. Ta’minlash manbalari yoyning ishchi toki kuchidan 1,5...2 marta katta bo‘lgan qisqa tutashish toki Ikt qiymatini ta’minlashlari lozim.
Har qanday manbalarning ishini uchta asosiy holat xarakterlaydi: salt yurish rejimi (payvandlash zanjiri ulanmagan, yoy yonmagan) qisqa tutashish rejimi (payvandlash zanjiridan qisqa tutashish toki Ikt o‘tadi) va yuklamali rejim (berilgan ishchi tokda yoy yonadi). VAT da bu holat to‘g‘ri keladigan ma’lum nuqtalar bor.
Payvandlash ishlari bajarilayotganda manba yoki tu vaqti ichida ishchi holatda, yoki ts vaqt ichida salt yurish rejimida bo‘ladi. Ikkala holat galma-galdan takrorlanadi. Shuning uchun ta’minlash manbai (davriy) qaytalama-qisqa vaqt rejimda ishlaydi deyish qabul qilingan, bu rejim ulanishining davom etishi (UDE) bilan xarakterlanadi:
UDE= . 100%;
GOST 18311-72 ga binoan manbalarning ishlash sharoitiga qarab UDE=5%; 10%; 15%; 30%; 65%; 100% qiymatlarini ko‘zda tutadi, buni hisobga olgan holda har bir tok manbaining turiga qarab nominal tok ni hisoblaydilar, bu tokda manba qizib ketmaydi:

Bu erda – UDE 100% bo‘lganda uzoq muddat yo‘l quyiladigan tok. Ta’minlash manbalari turli quvvatlarda 40 dan 5000 A nominal toklarga mo‘ljallab ishlab chiqariladi, konkret qiymatlari shu chegaralarda GOST tomonidan belgilangan.
UDE va nominal tok qiymatlari - ta’minlash manbaining parametrlaridir. Bular qatorida manbaning payvandlashda imkoni va qo‘llanish sohasi, payvandlash tokini rostlash diapazoni, tarmoq kuchlanishi va f.i.k. bilan xarakterlanadi.

Download 1.31 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 1.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza:Payvandlash yoyning ta’minlash manbalari

Download 1.31 Mb.