O‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyining xususiyatlari




Download 1.31 Mb.
bet6/20
Sana20.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#74519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
птм маруза матни
buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, 1-mavzu.-1, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
2.3. O‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyining xususiyatlari. O‘zgaruvchan tok (sanoat chastotasi 50 Gs) yoyi bilan payvandlashda katod va anod dog‘lari sekundiga 100 marta o‘rin almashadi. Qutbligi o‘zgarganida tok qisman to‘g‘rilanadigan «ventil effekti» yuzaga keladi. Tok uzluksiz o‘zgaruvchi elektron emissiya tufayli to‘g‘rilanadi, chunki tok yo‘nalishi o‘zgarishida elektroddan va buyumdan emissiya toklarining chiqish sharoitlari bir xil bo‘lmaydi.
Bir xil materiallarda tok deyarli to‘g‘rilanmaydi, payvandlash yoyida tokning to‘g‘rilanishi o‘zgarmas tokning tashkil etuvchisi deb ataladi va argon yoyi vositasida alyuminiy payvandlashda jarayonga salbiy ta’sir qiladi. O‘zgaruvchan tokdan hosil qilinadigan payvandlash yoyi o‘zgarmas tokdan hosil qilinadigan payvandlash yoyiga nisbatan turg‘unroq yonadi. Buning sababi shuki, tokning noldan o‘tish jarayonida va qutblilik o‘zgarayotganda har bir yarim davrning boshi va oxirida yoy so‘nadi. Yoy so‘nish paytida yoy oralig‘i harorati pasayadi va yoy ustunidagi gazlarning deionlanishini yuzaga keltiradi. Bu bilan bir vaqtda faol dog‘larning harorati ham pasayadi. Harorat, ayniqsa, payvandlash vannasining sirtidagi faol dog‘da pasayib ketadi, chunki bu erda issiqlik buyumga o‘tib ketadi. Jarayonning issiqlik inersiyasi tufayli harorat pasayishi tokning noldan o‘tishida faza bo‘yicha bir muncha orqada qoladi. Har bir yarim davrning boshida ionlanishning past bo‘lgani tufayli yoy faqat elektrod bilan buyum orasida yuqori kuchlanish bo‘lganidagina yonadi, bu kuchlanish yonish piki deb ataladi. Agar katod dog‘i asosiy metallda bo‘lsa, u holda yonish cho‘qqisi kattaligi ancha balandroq bo‘ladi. Yonish cho‘qqisi kattaligiga ionlash effektiv potensiali ta’sir ko‘rsatadi: ionlash effektiv potensiali qancha katta bo‘lsa, yonish cho‘qqisi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar payvandlash yoyida oson ionlanadigan elementlar bo‘lsa, yonish cho‘qqisi pasayadi va aksincha yoy atmosferasida musbat ionlar bilan osongina neytral molekulalar hosil qiladigan ftor ionlari bo‘lsa, yonish cho‘qqisi ortadi.
O‘zgaruvchan tok payvandlash yoyining asosiy afzalliklari – uskunalarning nisbatan oddiy bo‘lishi va arzon turishi, magnitaviy shamolning bo‘lmasligi, alyuminiyni argon yoyi bilan payvandlashda oksid pardasining katod changlanishi mavjudligidir. Katod changlanish deb buyum katod paytida payvandlash vannasining musbat ionlar bilan bombardimon qilinish jarayoniga aytiladi, bu jarayon hisobiga oksid pardasi emiriladi.

Download 1.31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyining xususiyatlari

Download 1.31 Mb.