Magnitaviy maydon va ferromagnit massalarning payvandlash yoyiga ta’siri




Download 1.31 Mb.
bet7/20
Sana20.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#74519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
птм маруза матни
buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, 1-mavzu.-1, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
2.4. Magnitaviy maydon va ferromagnit massalarning payvandlash yoyiga ta’siri
Payvandlash yoyida yoy ustuni elektr toki o‘tib turadigan va elektr magnitaviy maydon ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirib turadigan yumshoq o‘tkazgich deb qarash mumkin. Agar payvandlash yoyi atrofida hosil bo‘ladigan elektromagnitaviy maydon begona magnitaviy maydonlar bilan, payvandlash zanjirining xususiy maydoni bilan, shuningdek, ferromagnit materiallar bilan o‘zaro ta’sir qilishiga sharoit yaratilsa, u holda yoy zaryadsizlanishi o‘zining dastlabki xususiy o‘qidan og‘ishini kuzatish mumkin. Bunda ba’zida payvandlash jarayonining o‘zi ham buzilishi mumkin. Bu hodisa magnitaviy shamol deb nom olgan.
Tashqi magnitaviy maydonning payvandlash yoyiga ta’sirini ko‘rsatuvchi bir qancha misollarni ko‘raylik.
1. Agar yoy atrofida simmetrik magnitaviy maydon hosil qilinsa, yoy og‘maydi, chunki hosil qilingan maydon yoy ustuniga simmetrik ta’sir ko‘rsatadi (2.7 - rasm, a).
2. Payvandlash yoyiga buyum orqali o‘tayotgan tok hosil qilayotgan nosimmetrik magnitaviy maydon ta’sir qiladi, bu holda yoy ustuni tok o‘tayotgan simga qarama-qarshi tomonga og‘adi (2.7 - rasm, b).

2.7 – rasm. Yoy og‘ishining tokning qanday kelishiga bog‘liqligi.

Elektrodning qiyalik burchagi ham yoyning og‘ishiga katta ta’sir ko‘rsatadi (2.8-rasm).



2.8 - rasm. Elektrod qiyaligining yoyning og‘ishiga ta’siri.

Yoyning og‘ishiga ta’sir qiluvchi kuchli faktor ferromagnitaviy massaladir: katta massali payvandlanuvchi buyumlar (ferromagnitaviy massalar) havoga nisbatan katta magnitaviy singdiruvchanlikka ega bo‘ladi, magnitaviy kuch chiziqlari esa hamma vaqt kam qarshilikli muhit orqali o‘tishga harakat qiladi, shuning uchun ferromagnitaviy massaga yaqin turgan yoy razryadi hamma vaqt uning tomoniga og‘adi (2.9-rasm).



2.9 – rasm. Payvandlashda yoyning og‘ishiga ferromagnit massalarning ta’siri:
a – massiv detal tomonga; b – burchak chokini payvandalshda, v – uchma uch ajratib chokni payvandlashda; g – uchma-uch chokni payvandlashdagi og‘ishlar.

Magnitaviy maydonlar va ferromagnitaviy massalarning ta’sirini hamma vaqt tok keltiruvchi simlarning o‘rnini almashtirish, elektrod qiyaligini o‘zgartirish, simmetrik maydon hosil qilish uchun vaqtincha ferromagnitaviy materiallar qo‘yib turish va o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tok bilan almashtirish yo‘li bilan bartaraf qilish mumkin.


Nazorat savollari:
1. Yoyning statik voltamper tavsifini tushintirib bering?
2. Payvand yoyining asosiy qismlari.
3. O‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyining xususiyatlari nimadan iborat?
4. Magnit maydoni va ferromagnit massalarning payvandlash
yoyiga ta’siri.


Download 1.31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Download 1.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnitaviy maydon va ferromagnit massalarning payvandlash yoyiga ta’siri

Download 1.31 Mb.