• 2- Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar.
  • Payvandlash ta’minlash manbalari




    Download 1.31 Mb.
    bet4/20
    Sana20.06.2023
    Hajmi1.31 Mb.
    #74519
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    птм маруза матни
    buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, 1-mavzu.-1, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
    Nazorat savollari:
    1. Elektr tokining gazlar orqali o‘tishi jarayonini izohlab bering?
    2. Ionlash va uyg‘otish potensiallari jarayonini tushintirib bering?
    3. Elektronlar emissiyasi jarayoni necha asosiy turlardan iborat va shular haqida aytib bering?

    2- Ma’ruza Payvand yoyi haqida asosiy ma’lumotlar.
    Reja:
    2.1. Payvand yoyining turlari va yoyining statik volt-amper xarakteristikasi.
    2.2. Payvand yoyining asosiy qismlari.
    2.3. O‘zgaruvchan tok manbaidan hosil qilingan payvandlash yoyining xususiyatlari.
    2.4. Magnitaviy maydon va ferromagnit massalarning payvandlash yoyiga ta’siri.
    Elektrodlar orasida yoki elektrod va buyum orasidagi gaz muhitida hosil bo‘lgan quvvatli turg‘un elektr zaryadsizlanishi payvandlash yoyi deb ataladi. Payvandalash yoyi katta miqdorda issiqlik energiya ajralib chiqishi va kuchli yorug‘lik effekti bilan xarakterlanadi. Payvandlash yoyi issiqlik konsentrlangan manba bo‘lib, bu issiqlik asosiy materialning ham, payvandlovchi qo‘shimcha materialning ham suyuqlanishi uchun qo‘llaniladi.

    Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bo‘layotganiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi:


    havoda yonayotgan ochiq yoy, bunda yoy zonasini gazli muhiti payvandlanaetgan metall, elektrodlar materiali va elektrodlar qoplamalari materiali bug‘larining havo bilan aralashmasi tarkibidan iborat bo‘ladi;
    flyus ostida yonayotgan berk yoy, bunda yoy zonasidagi gazli muhit asosiy metall, sim va himoya flyusining bug‘lari aralashmasidan iborat bo‘ladi;
    himoya gazlari muhitida yonayotgan yoy, bunda yoy zonasi gaz muhiti tarkibiga himoya gazining atmosferasi, simning va asosiy metall bug‘larining aralashmasi kiradi. Payvandlash yoyi ishlatiladigan tokning xiliga qarab (o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, uch fazali) va yonish muddatiga qarab (statsionar impulsi) klassifikatsiyalanadi. O‘zgarmas tok ishlatilayotganda to‘g‘ri va tezkari qutbli yoy bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qutblilikda kuch zanjirining manfiy qutbi – katod – elektrodda, musbat qutbi – anod – asosiy metallda bo‘ladi. Teskari qutblilikda musbat elektrodda, manfiy esa buyumda bo‘ladi.
    Ishlatilayotgan elektrodning turiga qarab yoy eriydigan (metall) yoki erimaydigan (ko‘mir, volfram va boshqalar) elektrodlar orasida yondirilishi mumkin. Ishlash prinsipi jihatidan yoylar bevosita, bilvosita va kombinatsiyalangan ta’sirli bo‘lishi mumkin (2.1.2-rasm). Elektrod va buyum orasida bo‘ladigan yoy razryad bevosita yoy deyiladi. Bilvosita yoy ikki elektrod orasidagi yoy zaryadsizlanishidir (atomvodorodli payvand). Kombinatsiyalangan yoy bevosita va bilvosita yoylarning qo‘shilishidir. Kombmnatsiyalangan yoyga misol qilib, ikki yoyi elektrodlarni buyum bilan bog‘laydigan, uchinchi eyi esa bir-biridan izolyasiyalangan ikki elektrodlar orasida yonayotgan yoyni keltirish mumkin.

    2.1 - rasm. Elektr yoy:
    a - bevosita ta’sir qiluvchi, b - bilvosita ta’sir qiluvchi, v - kombinatsion ta’sir qiluvchi.

    Yoyni yoqish uchun bevosita elektrodlar tekkiziladi yoki gugurt chaqqandagi singari surtib olinadi, yoylarning yoqilishi 2.1.3-rasmda ko‘rsatilgan.



    2.2 – rasm. Yoy zaryadsizlanishini yoqish chizmasi:
    a — bevosita tegizib yoqish, b — chaqnatib yoqish

    Payvandlash yoyida yoy oralig‘i uch asosiy sohaga bo‘linadi: anod sohasi, katod sohasi va yoy ustuni. Yoyning yonish jarayonida elektrod va asosiy metallda faol dog‘lar hosil bo‘ladi, ular elektrod va asosiy metallning eng qizigan uchastkalari bo‘lib, yoyning hamma toki ana shu uchastkalar orqali o‘tadi. Katodda bo‘ladigan faol dog‘lar katod dog‘lari, anoddagilar esa anod dog‘lari deb ataladi.


    Payvandlash yoyning umumiy uzunligi (2.3 - rasm) har uchala sohaning yig‘indisiga teng:
    Lyoy = Lk+Lu+La,
    bu erda Lyoy – payvandlash yoyining umumiy uzunligi, sm;
    Lk – katod sohasi (taxminan 10-5 sm ga teng);
    Lu – yoy ustunining uzunligi, sm;
    La – anod sohasi uzunligi (taxminan 10-3-10-4 sm ga teng).

    2.3 - rasm. Elektr yoyida kuchlanish tushishining taqsimlanish chizmasi:
    1 — buyum, 2 — yoy ustuni, 3 — elektrod.

    Payvandlash yoyining umumiy uchlanishi yoyning har bir sohasidagi kuchlanish tushishlarini yig‘indisiga teng:


    Uyoy = Uk+Uu+Ua,
    bu erda Uyoy – yoyda kuchlanishning umumiy tushishi, V;
    Uk – kuchlanishning katod sohasida tushishi, V;
    Uu – kuchlanishning yoy ustunida tushishi, V;
    Ua – kuchlanishning anod sohasida tushishi, V.
    Payvandlash yoyining ustunida harorat 5000 dan 12000oK gacha bo‘ladi va yoyning gaz muhiti tarkibiga, materialga, elektrod diametriga va tokning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Haroratni Ukraina Fanlar akademiyasining akademigi K.K. Xrenov tavsiya qilgan formula yordamida taxminan aniqlash mumkin:
    Tus = 810∙Uef,
    bu erda Tus – yoy ustunining temperaturasi, oK;
    Uef - ionlash effektiv potensiali.


    Download 1.31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1.31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandlash ta’minlash manbalari

    Download 1.31 Mb.