Muammoda fikrni jamlash.
Muammo – konflikt, ya’ni
kelishmovchilikning yuzaga kelishi uchun sabab bo‘lgan vaziyat,
hodisa, voqea hisoblanadi. Mana shu vaziyat, hodisa, voqea o‘z-
o‘zidan kelib chiqmaydi. Uning sabablari mavjud. Sizlarni to‘q-
nashtirgan narsa xuddi shu vaziyat, hodisa va voqeadagi maqsad-
laringiz, manfaatlarning to‘qnashuvi hisoblanadi. Muammoni
yuzaga keltirishda rol o‘ynagan siz va opponentingizning maq-
sadlarini bir-biriga solishtirish orqali, ulardagi umumiy va qa-
rama- qarshi tomonlarni belgilang. Ammo bu jarayonda, shu
bilan birga, umuman, konflikt yechimida, qo‘llash mumkin bo‘l-
magan qoidalar mavjud. Ular:
• ziddiyat bahonasida opponentingiz bilan umr bo‘yi bo‘lib
o‘tgan barcha nizolarni sanab chiqish, ularni ular kelib chiqqan
paytda emas, aynan yangitdan vujudga kelgan ziddiyatli vazi-
yatga qo‘llash, esga olish va opponentingizni avvalgi ayblari
uchun jazolashga intilish mumkin emas! Shuningdek, “u sizni
qachon behurmat qilgan-u, qachon sizga boshqacha ko‘z bilan
qaragan”, ya’ni barcha nizolar tarixini doston qilish, hissiyotlarga
berilib ketish, butun hayotingiz davomida opponentingiz bilan
bo‘lib o‘tgan barcha nizolarni qayta tahlil qilishga urinish –
mumkin emas! Konflikt jarayonida “Sen har doim menga
shunday munosabatda bo‘lgansan, bir yil avval bu qilgansan, ikki
171
yil avval boshqa narsa qilgansan...” qabilida nizolar tarixiga
mukkasidan ketish, ularni doimiy yodda saqlashga urinish, har
gal nizo chiqqanida ularni ataylab esga solish - mutlaqo mumkin
emas!. Opponentingizga doimiy ta’na qilish, muhokama etilgan
va avvallari kechirimlar bilan tugallangan konflikt vaziyatlarni
ham esdan chiqarmasdan, ularni o‘z psixologik-ruhiy holatining
muhim “yuki” sifatida asrab-avaylab yurish - bu ham mutlaqo
mumkin emas! Shu bilan birga, e’tiborni muammoga emas, balki
o‘z hissiyotlari va ulardan qolgan hafagarchilikka qaratish -
mutlaqo mumkin emas!
Konfliktdan chiqib ketish, avvalo, inson o‘zining emotsional-
psixologik holatini pokiza tutishi va ozoda qilishdan boshlanishi
lozim. Agar siz o‘zingizning konfliktga bo‘lgan munosa-
batingizni tarixiy hodisalar va ziddiyatlar girdobida boshlasangiz
va ularga suyansangiz, hech vaqt ziddiyatni muvaffaqiyatli yecha
olmaysiz. O‘ziga va o‘zgalarga kechirimli, haqiqiy kechirimli
bo‘la olish – ziddiyatlar yechimiga qaratilgan qadamlardan biri
hisoblanadi. Demak, birinchidan, aniq konflikt davrida avvalgi
konfliktlarni yangi konfliktga qo‘shib bo‘lmaydi, ikkinchidan,
ziddiyatlar tarixini qo‘zg‘ab bo‘lmaydi. Chunki opponentingiz
ham xuddi shu yo‘ldan ketishi mumkin. Oldin o‘tgan ziddi-
yatlarni eslash yo‘lidan emas, balki muammoni aniqlash yo‘lidan
ketgan ma’qul. Konflikt sharoitida, uning kelib chiqishida,
umuman, uning rivojida kim ko‘proq aybdor ekanligiga bor
kuchni berish mumkin emas. Umuman, konflikt vaziyatda kim
haq, kim nohaq ekanligini aniqlash - konfliktni tupikka kiritish
usuli hisoblanadi. Chunki har bir odamning o‘z haqiqati mavjud
bo‘ladi. Shu bois, ziddiyatni yechish - kim aybdor ekanligini
qidirish emas, konflikt yechimini qidirish - ziddiyatdagi aybdor
insonni topish va uni jazolash ham emas! Chunki konfliktlarda
odatda barcha o‘zini noan’anaviy tutishi mumkin. Hamma ham
g‘azabga kirishi, o‘zini himoyalash, yoki dag‘dag‘a uchun qo‘pol
so‘zlarni ishlatishi mumkin. Yoki agressiya bilan duch kelganda
inson faqat o‘zini himoya qilish yo‘liga o‘tib olishi mumkin.
172
Konfliktlarda aybdor shaxs bo‘lmaydi! Konfliktlarda ikki
qarama-qarshi manfaat bo‘ladi xolos.
Konfliktlarda ikki qarama-qarshi inson ham asli bo‘lmaydi,
chunki konfliktda insonlar qarama-qarshiligi aslida manfaatlar
qarama-qarshiligi mavjudligini ko‘rsatadi, uni oydinlashtiradi
xolos. Shu bois, agar siz ziddiyatda opponent shaxsni aybla-
sangiz, diqqatingizni konfliktni keltirib chiqargan muammoga
emas, balki shaxsga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Siz konflikt yechimini
emas, balki aybdor shaxsni qidirayotgan bo‘lasiz. Siz uchun
birovni jazolash, aybiga iqror qildirish muhim, aslida haqiqat esa
boshqa tarafda bo‘lib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, siz
boshqa manfaatni, ya’ni o‘zingizga yoqmay turgan insonni
ayblash, o‘zingizni esa oqlash yo‘lidan ketgan bo‘lasiz. Aslida
siz o‘zingizni oqlashingiz kerakmi? Yo‘q. Chunki siz ham
aybdor emassiz. Ikkinchidan esa, siz konflikt yechimidan uzoq-
lashib, uning yechimini boshqa yo‘ldan olib ketgan bo‘lasiz. Bir-
birini turli ayblarda, qilgan ishlarda ayblash orqali hali biror bir
konflikt yechilmagan. Bu usulda, ya’ni tomonlar faqat bir-
birlarini ayblash usulini qo‘llagan vaqtda konfliktni keltirib
chiqargan muammo yutib chiqadi. Chunki muammo borasida
hech kim o‘ylamaydi, muammo esa sizning va opponenttingi-
zning salbiy his-tuyg‘ulari ichida yanada chuqurlashib boradi.
Deylik, konflikt yechimida kim aybdor ekanligini surishtirish
mutlaqo mumkin emas. Bu noto‘g‘ri, xato bo‘lgan yo‘l.
Konfliktda aybdor shaxslar bo‘lmaydi. Aybdorni qidirish – uni
jazolashni talab etadi. Opponentingizga “Sen aybdorsan”
desangiz, u “Meni jazolashmoqchi” deb anglashi tabiiy. Ammo u
o‘zini aybdor his qilmaydi-ku?! Demak, u “Nima uchun meni
jazolashmoqchi?’’, - deb kontr-hujumga o‘tadi. Bu holatda,
opponentning kontr-hujumi, aslida, hujum qilish uchun emas,
balki o‘zini himoya qilish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi.
- konflikt yechimini topishda fikr va emotsiyalarni muam-
moga yo‘naltirish, vujudga kelgan muammo borasida qayg‘urish,
butun energiyani muammo mazmunini belgilashga qaratish
yaxshi natijalar beradi. Muammo bo‘yicha fikrlashing, undan
173
chetga chiqib ketishga o‘zingizga va opponentingizga yo‘l
bermang. Gaplaringiz va so‘zlaringiz osuda, bosiq, tinch, hurmat
va izzat qilgan holda yuzaga chiqsin. Chunki siz konfliktning
kelib chiqishida qarshingizda turgan inson emas, balki uning
manfaati yotganini bilasiz. O‘ylab ko‘ring, balki mana shu
manfaatlarda juda ko‘p umumiy tomonlar mavjuddir. Balki
opponentingiz o‘sha umumiy tomonlarni sizga bildirmoqchidir.
Muammoni aniq belgilab olsangiz, mana shu savollarga javob
topgan bo‘lasiz.
- konfliktli vaziyatni manfaatlar to‘qnashuvi deb atadik. Shu
bilan birga konfliktda har ikki tomon ham g‘olib chiqishi
mumkinligini bildik. Shunday ekan, o‘z oldingizga konfliktda
g‘olib kelish, yutib chiqishni maqsad qilib qo‘ymang. Sizning
maqsadingiz o‘z manfaatlaringiz bilan opponentingiz manfaat-
larini uygunlashtirishdir, ularning o‘xshash tomonlarini topib,
sizni ham, uni ham qoniqtiradigan yechimga kelishdir. Sizning
yutug‘ingiz uning yutug‘iga teng kelgan holdagina siz konflikt
yechimini topgan bo‘lasiz. Ya’ni, konfliktli vaziyatdan har ikki
tomon qoniqqan va tinchlangan, uning yechimidan xursand bo‘l-
gan holdagina “g‘olib-g‘olib” sharoiti yaratilgan bo‘ladi. Shu
bois, sizning bosh maqsadingiz – konfliktning adolatli yechimini
qidirish va topishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
|