Konfliktlar yechimida qo‘llaniladigan adolatparvarlik




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/79
Sana04.06.2024
Hajmi3 Mb.
#259988
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Bog'liq
pedagogik konfilikt

 2. Konfliktlar yechimida qo‘llaniladigan adolatparvarlik 
mezonlari
, ya’ni qoidalari quyidagilardan iborat: 
1. Muammoni aniqlash. Muammo – nima? Muammoning 
ichki mazmunini anglashga harakat qiling. Muammo chega-
ralarini belgilashda xolis hamda vijdonli bo‘ling. Muammoni 
avval o‘zingiz aniq idroq etib olishga harakat qiling. Muammoni 
anglash jarayonida sabrli va bosiq harakat olib boring. 
Konfliktli jarayondagi haqiqatni anglashga say’-harakat 
qiling. O‘zingizning hissiyotlaringiz hamda boshqalarning so‘z-
lari, ularning emotsiyalariga ham diqqat-e’tiborli bo‘ling. Muam-
moni qanday qabul qilayotganligingizni to‘g‘ri va aniq anglab 
yeting. Muammoni umumlashtiring, uni ma’lum miqdorda 
xulosalashga erishing. Fikrlaringizni umumlashtiruvchi va yaqin-
lashtiruvchi o‘rinlarni topib, umumkelishuv yo‘lida ulardan 
to‘g‘ri foydalaning. Muammoni ro‘kach qilmang. Opponen-
tingizga ham muammoni o‘zi anglab yetishi uchun imkon bering. 
U ham siz anglab yetgan muammoni sizning darajangizga yaqin 


170 
darajada his qilishini kuting. Muammoni ikkalangiz qanday 
ko‘rayotganligingiz haqida sabr bilan suhbat va mushohada 
qiling. Muammoni anglashda sizlarning fikringizni umumlash-
tiruvchi xususiyatlar va belgilarni aniqlab, belgilab oling. 
Opponentiz bilan o‘z diqqatingiz va e’tiboringizni aynan muam-
moga qaratishga kelishib oling. Opponentingiz biror narsani tez 
anglab yetmasa, uni shoshiltirmang. Uning mushohadaga, xulo-
saga yetishi uchun imkon bering. Konflikt - muammo mavjudligi 
uchun kelib chiqayotganligini o‘zingiz qabul qiling hamda o‘z 
diqqatingizni muammoga qarating. Konfliktning kelib chiqishida 
muammo rol o‘ynashini esingizdan chiqarmang. Eng muhimi - 
diqqat va energiyani o‘zga shaxsga qarshi emas, balki muam-
moga qarating. 

Download 3 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Konfliktlar yechimida qo‘llaniladigan adolatparvarlik

Download 3 Mb.
Pdf ko'rish