Konfliktga mayin bosim o‘tkazish




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/79
Sana04.06.2024
Hajmi3 Mb.
#259988
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Bog'liq
pedagogik konfilikt

4. Konfliktga mayin bosim o‘tkazish.
Agar urishgan, 
janjallashgan, ya’ni konflikt vaziyatiga kirgan odam bizga qadrli 
bo‘lsa, ko‘pincha mana shu yo‘l tanlanadi. Bizning ongimiz 
o‘zaro ziddiyat mavjudligini tan olgisi kelmaydi, chunki bu odam 
bizga yaqin. Bizning bu odamga nisbatan ijobiy ichki emot-
sional-ruhiy holatimiz ziddiyatning chuqurlashib ketishidan bizni 
tabiiy va instinktiv tarzda himoya qilishga o‘tadi. Biz nima bo‘lsa 
ham, yaxshi munosabatlarni saqlab qolish yo‘lidan ketamiz. Bu 
yo‘l o‘zini ikki holatda oqlaydi, birinchisi, agar muhim 
bo‘lmagan narsalar ustida konfrontatsiyaning kuchayib ketishi, 
bizga yaqinlarning kuchli stress olishi kuzatilsa, ikkinchidan, 
opponent so‘zlarimiz va argumentlarimizni tinglashga tayyor 
bo‘lmasa, o‘zini ochiq muloqotdan olib qochsa. Bu vaziyatl-
arning har birida ham tanlangan taktika asta-sekin ziddiyatni o‘z-
o‘zidan keskinlikdan olib chiqib ketishi mumkin. Chunki biz 
do‘stona va iliq munosabatdan voz kechmagan bo‘lamiz. 
Ammo konfliktga nisbatan mayin bosim o‘tkazish uni keltirib 
chiqargan muammolar yo‘q bo‘ldi degani emas. Agar ochiq 
muloqot bo‘lmasa, sizning opponentingiz qalbingizda bo‘layot-
gan emotsiyalarni bilmay qolaveradi. Natijada u noto‘g‘ri 
xulosalarga kelishi tabiiy. Agar u nimadir odatdagiday emasligini 
sezsa ham, aynan bu “nima” - nimada ekanligini bilmay qolave-
radi. Munosabatlardagi “tanglik” yo‘qolmaydi, balki ko‘ngillar-
ning ich-ichiga singib ketadi. 
Mayin bosim o‘tkazish quyidagilarda o‘zini namoyon etadi: 
- siz o‘zingizni “hamma narsa odatdagidek” qabilida tutasiz; 
- hech narsa bo‘lmagandek o‘z munosabatlaringizni davom 
ettiraverasiz; 
- tinchlik va osudalikni saqlash uchun, bo‘layotgan vaziyatga 
beparvo bo‘lasiz; 
- o‘zingizni jahl va g‘azabni his qilganingiz uchun koyiysiz; 


167 
- butun mahoratingizni ishga solib, faqat iliq muomalaga o‘tib 
olasiz; 
- avval “jim” bo‘lasiz, ammo ko‘nglingizda ma’lum istiqbol 
rejalar tuzasiz; 
- hamma 
negativ 
emotsiyalaringizni 
bosasiz, 
ulardan 
foydalanmaslikka harakat qilasiz. 
Shunday qilib, konfliktning yechimini topish usullari mav-
jud, ularni bilish kerak va ularni real hayotda qo‘llash zarur. 
Konfliktlarning “g‘olib-g‘olib» usuli har ikki tomonning 
manfaatlarini saqlab qolishga qaratilgan yo‘ldir. Demak, mazkur 
paragrafda ko‘rib chiqqan masalalar asosida “Konflikda kim 
yutib chiqadi?’ degan savolni “Konfliktda hamma yutib chiqish 
imkoniyati mavjud-mi?’ savoli bilan o‘zgartirish lozim. Chunki, 
haqiqatan ham, ziddiyatli vaziyatda barcha ishtirok etuvchi 
tomonlar g‘olib bo‘la oladi. Konfliktlar yechimi aynan G‘olib 
bo‘la olish qonuniyatlarini o‘rgatadi. Buning uchun “G‘oliblik 
strategiyasi”ni qo‘llash lozim: 
g‘olib bo‘lishlikning birinchi talabi o‘z opponentiga qarshi 
kurash emas, balki uning maqsadlari va manfaatlarini tushu-
nishga harakat qilishdir; norozillikka rozilik amallarini qo‘llash; 
boshqalarning fikrlari, qarashlari va xulosalari biznikidan 
o‘zgacharoq bo‘lishi mumkinligini tushunish va qabul qilish; 
ochiq samimiy muloqotga tayyorlik
birovlarning his-tuyg‘ulari va emotsiyalarini hurmat qilish; 
boshqalarning manfaatlarini aniq belgilashga harakat qilish; 
manfaatlar orasidagi uyg‘unlik asosida yagona strategiyani 
ishlab chiqish.
Konfliktli vaziyatlardagi stereotip harakatlar o‘zini konflikt-
dan qochish va unga mayin bosim o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. 
Ammo bu say’- harakatlar konfliktni to‘la yechib bermaydi va 
tomonlar orasidagi muammoni ham hal eta olmaydi. Faqat o‘zaro 
umumiy kelishuv asosida tomonlarning bir maqsad sari samimiy 
intilishi, butun kuch va diqqatni qarshi tomon shaxsiyatiga emas, 
balki konfliktni keltirib chiqargan muammoga qaratish ziddiyat-
ning to‘la va haqiqiy yechimi uchun asos bo‘la oladi. Konflikt 


168 
yechimiga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish masalasida shuni 
bilish va rioya egish zarurki, ziddiyatda har ikki tomon ham 
g‘olib bo‘lishi mumkin. Har ikki tomonning g‘olibligi konflikt-
ning to‘g‘ri hal qilinganligini namoyon qiladi, ammo mana shu 
g‘oliblik ortida har ikki tomonning mehnati, say’-harakatlari, 
irodasi va intilishi yotganligini ham bilish, g‘oliblik o‘z-o‘zidan 
kelib chiqmasligini anglash zarur. 

Download 3 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish