181
18-mavzu. PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYADA
TOLERANTLIK TUSHUNCHASI VA MEDIATSIYA
QOIDALARI
Reja:
1. Tolerantlik – umumbashariy bunyodkorlik g‘oyalarini
belgilovchi zamonaviy tafakkur ekanligi.
2. O‘zbeklar milliy qadriyatlari
tizimida tolerantlik tushun-
chasi.
3. Mediatsiya, uning qoidalari va shart-sharoitlari.
Tayanch tushunchalar:
Tolerant, tafakkur, elat, bag‘rikeng-
lik, g‘oya, jamiyat, mafkura, barqarorlik, hamjihatlik,
hurmatli
munosabat, diniy bag‘rikenglik, xayrixoh, multikulturalizm, po-
lietniklik, monomadaniyat, polimadaniyat,
madaniyatlararo dia-
log, mediatsiya, vositachilik, neytral, mahfiy (konfiditsial), qa-
noatlantiruvchi,
konflikt yechimi, konfliktlar yechimini qidirish,
kelishuv jarayoni, ma’qul bo‘lgan
qonun-qoidalar, xalqaro,
milliy, shaxsiy konfliktlar.
Bag‘rikenglik nizolarni hal qilish jarayonida muhim rol o‘y-
naydi.
Tolerantlik – bu turli xil mantiq va qarashlarni qabul qilishga
tayyorlik, farq qilish huquqi, o‘xshashlik, boshqalik, bu tizimni
(shaxsiyat, jamiyat) ichkaridan barqarorlashtiruvchi omil. Bag‘ri-
kenglik
qadriyat, munosabat va shaxsiyat sifatida qaraladi.
Ziddiyatli vaziyatda bag‘rikeng odamning xulq-atvori sama-
radorligi ancha yuqori boladi. Bu psixologik barqarorlik (stressga
chidamlilik, nizolarga qarshilik ) bilan ajralib turadi. Bag‘rikeng-
lik yo‘nalishi bo‘yicha quyidagilarni ajratish mumkin:
- tashqi bag‘rikenglik (boshqalarga nisbatan) - odamga
boshqalarning o‘z mavqei borligini, ziddiyatli vaziyatni turli nuq-
tai nazardan ko‘rib chiqish qobiliyatini, turli jihatlar va dalillarni
hisobga olish qobiliyatini tan olishga
imkon beradigan shakl-
langan e’tiqod;
182
- ichki bag‘rikenglik (ichki barqarorlik) - ziddiyatli vaziyatda
muvozanatni saqlash, qaror qabul qilish va shu sharoitda harakat
qilish qobiliyati.