179
uchun aziyat ham chekamiz. Insonning
eng halokatli xatolaridan
biri – yaxshi ishni ham yomon bajarib, barbod etishdir. Konfliktlar
sharoitida o‘z so‘zi ustida turish - konflikt yechimiga qaratilgan
va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi. Agar konflikt yechimi
ichida siz o‘z xohishingiz bo‘yicha o‘zingizga ba’zi mas’uliyatli
vazifalarni olsangiz, ularni bajarishga say’-harakat
qilishingiz
lozim. Agar ularning uddasidan chiqolmayotgan bo‘lsangiz, ular
borasida ham ochiq muloqotda so‘zlab, ishni bajara olmayotgan-
ligingiz haqida o‘rtoqlashishingiz lozim bo‘ladi. Konflikt sha-
roitida quyidagi amallarga rioya qilish maslahat beriladi:
- tomonlar o‘rtasidagi turli shartnomalar va o‘z mas’uliyatin-
gizdagi vazifalarni albatta bajaring.
- agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va
yordam bermayotganligini sezsangiz,
harakatlaringizni qaytadan
boshlang va opponentingiz bilan samimiy o‘rtoqlashing.
Bu amallar noto‘g‘ridir!
1. Tahqirlamoq.
2. Ayblamoq, doimo ayb qidirishga intilish.
3. Nafratlanish, xazar qilish va odamlar ustidan kulish.
4. Suhbatdoshni tinglamaslik, uning so‘zlari va fikrlariga
bepisandlik, e’tiborsizlik.
5. Tengma-teng bo‘lish.
6. O‘tgan ishlarni yuziga solish.
7. Bosim o‘tkazishga harakat qilish.
8. Boshqalarning so‘zlarini eshitmaslik, ular so‘zini qo‘pol
ravishda bo‘lish.
9.
Tahdid qilish, qo‘rqitish, nafsoniyat va hayotga havf
solish.
10. Psixologik va jismoniy shantaj.
11. Kinoya, piching qilish, istehzo bilan munosabatda
bo‘lish.
12. Boshqalarga tazyiq o‘tkazish.
13. Agressiv munosabatga o‘tish va zo‘ravonlik ko‘rsatish.
14.
Kuch ishlatish, qo‘lga erk berish.
15. O‘z dilsiyohligini o‘zidan zaif odamlarga to‘kish.
180
16. Boshqalar haqida bo‘xton gaplar tarqatish, g`iybat, gap
tashuvchilik.
17. Ranjitish, dilsiyohlik, boshqalar ko‘nglini og‘ritish.
18. Buyruqbozlik, o‘zini boshliq deb bilish.
19. Mas’uliyatidagi vazifalarni bajarmaslik.
20. Mas’uliyatli qarorlar qilishdan cho‘chish.
Shunday qilib, ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezon-
laridan sanalgan - e’tiborni muammoga qarata olish, muammoda
shaxslarni ayblamaslik,
muammoni aniqlash, muammo mazmu-
nida fikrni jamlash, shaxsga emas,
muammoga hujum qilish,
o‘zgani tinglashga tayyorlik va faol tinglash malakalarini qo‘l-
lash, birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish, o‘z va’dalari va
amallariga mas’uliyatli bo‘lish kabi qoidalarga rioya etish
konflikt yechimini qidirish va uni hal etishga yo‘naltirilgan talab-
lardan hisoblanadi. Ana shu talablarga qat’iy bo‘ysunush muam-
moda har ikki tomonning aziyat chekmasdan, hafa bo‘lmasdan,
o‘z insoniy qadriyatlarini saqlagan va o‘zga kishi nafsoniyatiga
tegmagan tarzda chiqib ketish, muammoni hal etish imkoniyatini
beradi. Konflikt yechimida va bo‘lib o‘tgan
voqea tahlilida umr
bo‘yi bo‘lib o‘tgan nizolar va ular tarixini emas, balki kelajakda
qanday qilib mazkur nizolar va ular tarixisiz yashashni o‘rganish
lozim bo‘ladi. Konfliktda ortga, tarixga qarab emas, balki
oldinga, istiqbolga qarab yashash lozim bo‘ladi.