178
siz chekinishni istamaysiz. Siz yana unga nisbatan o‘z so‘zingizda
qolganingizni ko‘rsatmoqchi bo‘lib, bee’tibor bo‘lasiz.
Ammo otangizning kechqurundagi salbiy kayfiyati kunduzi
bo‘lgan janjal oqibatida o‘zini yomon his qila boshlagani natijasi
bo‘lishi mumkinligini xayolga ham keltirmaysiz. Siz o‘zingizni
o‘z baxti ustida kurashayotgan odam sifatida qabul qilasiz, o‘z
so‘zingizdan qaytmasligingiz aniq. Ammo,
bu degani, umuman
bee’tiborlik degani emas-ku?! Otangiz sizni hafa qilmaslik uchun
o‘z ahvoli haqida so‘z demaydi, u indamaydi, o‘zini yomon his
qilayotganligini yashiradi. Uning yurak huruji og‘irlashadi. Siz
esa o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lib qolaverasiz.
Bunday
yaqinlaringiz emotsional holatiga bo‘lgan bee’tiborlik juda
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini siz hali bilmaysiz.
Konflikt sharoitida har ikki tomon ham ishonchga muhtojdir,
o‘zaro ishonch esa konflikt yechimini topishga imkon beradi.
Yuqoridagi holatda, kechqurun uyga qaytgandan so‘ng (aslida
ko‘chada yurganda ham bir telefon qilib ahvol so‘rasangiz bo‘ladi),
“Dada, mayli, hafa bo‘lmang. Bu masalalar birdaniga hal bo‘l-
maydi. O‘ylashib ko‘rarmiz... Biror chorasi chiqib qolar... Siz men-
ga yaqin odam.. O‘zingizni avaylang...” desangiz, otangiz yurak
xuruji bezovta qilayotganligini ochiq aytadi. O‘rtada
ikki tomon
orasida yana ishonch vaziyati tug‘iladi. Inson insonga har jihatdan
zarur va muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Chunki inson
axloqi uning boshqalarga bo‘lgan munosabati orqali bilinadi, o‘zini
ko‘rsatadi, ammo uning axloqiyligini yaratuvchi mohiyat inson
ichki olamida tarbiyalangan bo‘lsagina, u yuzaga chiqadi.