175
yo‘llarini qidirish shart. Konflikt yechimini topish yaqin odamlar
munosabatini mustahkamlash deganidir. Shu bois, konfliktli
vaziyatda muammo haqidagi o‘z g‘oyalaringizni shakllantirish,
ularni hayotga tatbiq eta olish muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘oyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Bu yo‘llar
ichida ikkala tomon uchun ham eng maqbullarini aniqlash lozim
bo‘ladi. Muhimi, shaxsga emas, muammoga hujum qilish
zarurdir. Chunki ko‘pincha bu shaxs sizga yaqin inson bo‘lib,
uning aybi isbotlanmagan bo‘ladi.